Главная » Hikoyalar » Chimildiq ko‘rmagan qizlar faryodi . . .

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Chimildiq ko‘rmagan qizlar faryodi . . .




Radiodan taralayotgan bir qo‘shiq Fotimaning
e’tiborini tortdi.
Baxt yo‘llaring o‘zing bog‘lading,
Chimildiq ko‘rmagan qizlar.
Eh, peshonangda bormidi
Chimildiq ko‘rmagan qizlar.
Yuz qarolig‘ing bormidi,
Chimildiq ko‘rmagan qizlar...
Ha, chimildiq ko‘rmagan qizlar ko‘paygandan
ko‘payib ketdi. Fotimaning ham orzulari bir
jahon edi. O‘zi yoqtirgan yigiti bilan qo‘l
ushlashib, go‘shangaga yo‘l olmoqchi, keyin u
bilan baxtli hayot kechirmoqchi edi. Biroq
barcha orzularini o‘z qo‘llari bilan tuproqqa
ko‘mdi...
Farog‘at ishlamasdan mo‘may pul topishni
xush ko‘radigan ayollardan edi. U o‘ziga
o‘xshagan “tadbirkor” ayollar bilan birgalikda
antiqa reja tuzishib, shuning ortidan daromad
olishni, shohona yashashni o‘ylashardi. U
Toshkentdan ko‘ra, ko‘proq Dubayda yashardi.
O‘zbekistonda uning o‘rtog‘i Tohira aytilgan
vaqtda qizlar jo‘natib turardi.
Kunlarning birida odatdagidek Farog‘at
Tohiraga qo‘ng‘iroq qilib, yana qiz kerakligini,
iloji bo‘lsa tezroq jo‘natib yuborishini aytdi.
Tohiraning boshi qotdi. Chunki hozircha uning
“zapas”ida qizlar yo‘q edi. Shu payt uning
yodiga qo‘shni mahalladagi, endigina kollejni
tugatgan, uyining ishlarini qilib, to‘rt-besh so‘m
choychaqaga ishlab yuruvchi Fotima keldi.
Darhol ularning uyiga yo‘l oldi.
Darvozani Fotimaning o‘zi ochdi va salom-
alikdan so‘ng u bu ayolni uyiga taklif qildi.
— Oying qani? Ko‘rinmaydi? — dedi u yoq bu
yoqqa alanglagan Tohira.
— Oyim bozorga ketgandi. Hozir kelib qolsa
kerak. Biror yumushingiz bormi? — dedi qizgina
uni ishga chaqirgani keldi deb o‘ylab.
— Qani yonimga o‘tir! Gap bor, — dedi Tohira
Fotimani yoniga o‘tqizib.
— Hozir Rossiyaga borib kelayotganlar
qanchadan-qancha dollar bilan qaytishayapti.
Sen ham yolg‘iz onangning qo‘liga qarab
o‘tirmasdan u yerga borsang-chi! Bir yilga
qolmay millioner bo‘lib qaytasan. Sen menga
yoqib qolganing uchun bu taklifimni
aytayapman. Aslida “Rossiyaga ishga
jo‘nating! O‘zim sizni rozi qilaman!” deb
ortimdan yurganlar qancha. Senlarga rahmim
keladi. Hademay onang seni uzatishi kerak.
Buning uchun bilasanmi qancha pul kerak?
— Oyim Rossiyaga yuborishga rozi
bo‘lmasalarchi? Axir shu yerdan yaxshiroq ish
topib bering. Men ishdan qochmayman,
ishlayman, — dedi soddagina qiz uning
gaplariga laqqa tushib.
— Oying rozi bo‘ladi. Rozi bo‘lmay qayoqqa
ham borardi. U sening qo‘llaringda jaraq-jaraq
pullarni ko‘rganidan so‘ng lom-mim ham
demaydi. Qachongacha qo‘l uchida kun
ko‘rasanlar! Senlarga rahmim kelganidan,
o‘zimga yaqin olganimdan aytayapman, —
deya Tohira Fotimaga boshdan-oyoq razm
soldi. — Aytgancha, u yoqdan ishlab kelgan
pulingga o‘zingga alohida bir xonali “dom”
olsang ham bo‘ladi. Xohlasang mashina
olarsan. Axir hademay kelin bo‘lasan. Onang
seni uzatishi kerak. Ikki-uchta tilla taqinchoqlar
olib qo‘ysang zarar qilmaydi. Do‘stu
dushmanning oldida tiling bir qarich bo‘ladi.
Manavilarga qara, — deya ayol qo‘llaridagi
qo‘sha-qo‘sha tilla uzuklarni, bo‘ynidagi qalin
tilla zanjirni, qulog‘idagi tilla ziragini unga ko‘z-
ko‘z qildi.
Bularni ko‘rib Fotimaning ichidan qirindi o‘tdi.
Chunki unda shulardan loaqal bittasi ham yo‘q
edi.
— Bularning barchasini Rossiyaga borib, ishlab
topganman. Nahotki senda orzu-havas yo‘q
bo‘lsa. Uyimni ko‘rgansan. Meni uyimday
shohona qasrda yashashni havas
qilmaysanmi?
Fotima o‘ylanib qoldi. Ko‘z oldiga o‘zini
mashinaning rulida o‘tirgani, dugonalariga
kerilib qaragani kelib, jilmaydi.
Shunday qilib Tohira qizginani aldab-avrab
uning pasportini qo‘lga kiritdi.
— Oyingga bu haqda aytib yurma. Mavridi
kelganida o‘zim sekin yotig‘i bilan
tushuntiraman. Syurpriz qilamiz. Albatta, bu
ishingdan xursand bo‘ladi, — deya uning
qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi.
Ertasi kuni Tohira qizni uyiga chaqirtirib olib,
ular birgalikda Qozog‘istonning Chimkent
shahriga borishdi. O‘sha yerdan Fotimani
Dubayga — sheriklari Farog‘at va Jamilaning
oldiga jo‘natib yubordi.
Fotimani Dubayda kutib olganlar unga avvaliga
judayam yaxshi muomilada bo‘lishdi.
Qizginaning tim qora uzun sochlarini aldab-
avrab kestirishdi, bo‘yantirishdi. Xullas,
o‘zlarining ramkasiga solishdi. Biroq uni “seni
ertaga ishga joylashtiramiz” deb aldab olib
o‘tirishdi.
Kunlarning birida ular yashaydigan xonadonga
ellik yoshlardagi bir arab kishi keldi. Farog‘at
bilan Jamila uni xursandchilik bilan kutib
olishdi. Fotimaga “Bu bizning aziz
mehmonimiz”, deya tanishtirishdi. Ular
birgalikda tushlik qilishdi. So‘ngra Farog‘at
Fotimani xonasiga olib kirdi. Birozdan so‘ng u
yerga boyagi mehmon ham kirdi. Shundan
so‘ng Farog‘at u yerdan chiqib, xonani qulflab
qo‘ydi.
Xonada Fotimaning dodini hech kim eshitmadi.
U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, devdek
keladigan arabga kuchi yetmadi. Oqibatda
nomusi poymol bo‘ldi.
Farog‘at qizginani bu arabga 8.000 AQSh
dollariga sotgan edi.
Qizning bu ko‘rgan qiyinchiligi hali holva edi.
Ertasi kuni qo‘shmachilar uni yana bir arabga
5.000 AQSh dollariga pullashdi.
— Iltimos, opajon, bunday qilmang! Undan ko‘ra
meni o‘ldirib qo‘ya qoling, — deya Fotima
Farog‘atning oyoqlaridan mahkam
quchganicha yig‘lay boshladi.
— O‘chir ovozingni! Kim senga bu yerga kelsin
dedi. O‘z xohishing bilan kelgansan. Shuning
uchun shunday qilishga majbursan!
— Opajon, bir umr xizmatkoringiz bo‘lay! Men
bunaqangi ish deb kelmaganman. Mayli, har
qanday og‘ir yumushingizni bajaray, faqat iflos
ishlarga buyurmang!
— Sen uchun biz ozmuncha pul sarfladikmi?
Bo‘yningdagi qarzlaringdan qutulsang,
shundagina yurtingga, onajoningning oldiga
ketasan! Gap tamom! — deya ayol qizni sudrab
xonaga olib kirdi. U yerda uni sovuq basharali
arab tirjayganicha kutib turardi.
Farog‘at eshik tomonga yo‘naldi. Fotima dod
solib yana uning oyoqlariga yopishdi.
— Qochishni xayolingga ham keltirma! Bu yer
senga O‘zbekiston emas! Dod-voyingni ham
to‘rt devordan boshqasi eshitmaydi. Undan
ko‘ra qarshilik ko‘rsatmasdan, jimgina
aytganimizni bajar! — deya Farog‘at uni
turg‘izib itarib yubordi-da xonani qulfladi.
Qiz o‘z-o‘zidan nafratlanib ketdi. Bunday
jirkanch hayotga la’natlar o‘qidi. Biroq qo‘lidan
hech nima kelmasligini anglab yetdi. Chunki u
bu yerdagi ayollarning qo‘lida tutqin edi. Unga
o‘xshab aldanib qolgan qizlar esa bu yerga
tez-tez keltirilar, ularni Farog‘at va Jamila
qaergadir olib borib joylashtirar va mo‘may
pulga sotishardi.
Farog‘at bilan Jamila qizning ojizligidan
foydalanib, har kuni bir necha erkakka qo‘shib
qo‘yardi. Aytganini qilmasa, majburlashar,f
hattoki kaltaklashardi ham.
Kunlarning birida Fotimani bir badavlat odamga
sotish uchun ko‘chaga olib chiqishdi. Shunda u
Farog‘atning qo‘lidan siltanib qochishga
ulgurdi. Biroq uni Birlashgan Arab Amirligi
davlatining polisiyachilari qo‘lga olishib, uch oy
qamab qo‘yishdi. So‘ngra o‘z mamlakatiga
qaytarib yuborishdi.
Fotima ko‘zida yosh bilan nihoyat o‘z
go‘shasiga qaytdi. Oyisining oyoqlariga tiz
cho‘kib, o‘ksinib-o‘ksinib yig‘ladi. Onaizor
yolg‘izgina qizini shu kuyga solganlarga
la’natlar o‘qib, ko‘z yosh to‘kdi. Shu paytgacha
uni aldab kelgan Tohirani ustidan tegishli
organlarga yozib berdi.
Sud Tohira Aminova, Farog‘at Avazova va
Jamila Zufarovani uzoq muddatga ozodlikdan
mahrum etdi.

Просмотров: 6262 | Категория: Hikoyalar | Добавил: Hamidjon


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!