Главная » Qiziqarli Ma'lumotlar » Dasturlashni Boshlovchilar Uchun Maslahatlar

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Dasturlashni Boshlovchilar Uchun Maslahatlar



Yaqin kelajakda dasturlash hozirgidan ham muhimroq malakaga aylanadi. Siz ham dasturlovchilikni o'rganishni istasangiz, quyidagi maslahatlarimiz bilan tanishing. Nima uchun dasturchi bo'lmoqchiligingizni aniqlab oling Agar “Google” yoki “Uber” ofislarining chiroyli suratlarini ko'rib, o'sha erda ishlashni xohlasangiz, yomonmas. Lekin faqat shuning o'zi dasturlovchi bo'lishni istashingiz uchun etarli emas. Yo'nalishni tanlab oling Saytlar yaratmoqchimisiz? “Android” yoki “iOS” uchun o'yinlar yozmoqchimisiz? Yangi dasturlar tuzmoqchimisiz? Bularning har biri bir-biridan tubdan farq qiladi. Yodda tuting, agar mustaqil dasturlovchi bo'lishga qaror qilsangiz va yangi “Minecraft” yaratmoqchi bo'lsangiz, buning uchun boshqalarning — dizaynerlar va geym-dizaynerlarning ham yordami kerak bo'ladi. Dasturlash tilini to'g'ri tanlang Dasturlash uchun ideal til yo'q. Ularning har biri ma'lum bir vazifani echishga qaratilgan. Bir tilni o'zlashtirib olsangiz, boshqalarini o'rganishingiz oson bo'ladi. “Swift” tili “iOS” uchun, “Java” esa “Android” uchun ilovalar yozishga imkon beradi. Bolalar uchun ilovalar yozing Agar dasturlashda ilk qadamni tashlayotgan bo'lsangiz, bolalar uchun ilovalar yozib ko'ring. Masalan, “Code Combat” o'yinini yozish sizga “JavaScript”ni o'zlashtirishga yordam beradi. Bepul kurslardan foydalaning Bunday kurslarni topish qiyin emas. “Coursera”, “Udacity” va boshqa servislar dasturlash bo'yicha yuzlab kurslarni taklif etadi. O'qishingiz qiziqarli bo'lsin Quyidagi servislar ham foydali, ham qiziqarlidir: HTML Academy — bu erda “HTML” va “CSS”ni o'rganish uchun amaliy vazifalar jamlangan. Hexlet — bu saytda dasturlash bo'yicha o'nlab darslar va amaliy mashg'ulotlarni topishingiz mumkin. “Codeacademy” — barcha dasturlash tillarini bepul o'rgatuvchi interfaol mashg'ulotlar mujassam. Kitoblarga murojaat qiling Internet orqali dasturlash bo'yicha kitoblarni yuklab oling va o'qib chiqing. Ular, albatta, sizga yordam beradi. Ustoz toping O'zingizga ustoz toping. Sizdan ko'ra ko'proq narsa biladigan va sizga yordam berishga tayyor inson soha bilimdoni bo'lishingizga ulkan hissa qo'shishi mumkin. Tajribalar o'tkazing Dasturlash asoslarini o'rganib olganingizdan so'ng ushbu maslahatni bajarishga kirishishingiz mumkin. Boshqa dasturchilarning qanday ishlaganliklarini o'rganing va o'zingizga “bundan yaxshiroq dastur yozishim mumkinmi?”, degan savolni bering. Bu sizning ham qo'lingizdan keladi.
Просмотров: 1620 | Категория: Qiziqarli Ma'lumotlar | Добавил: KILLER


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!