Главная » Telefon Sirlari (Boshqa Tel) » Fleshkani virus bosib, papkalar yo'qolib qolganda.

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Fleshkani virus bosib, papkalar yo'qolib qolganda.




Sizlar bilan hozirgi kunda ko`p uchrayotgan
muammolardan biri:Fleshkadagi fayl va
papkalarning"o`z-o`zidan g`oyib bo`lib
qolishi"haqida o`zim bilganlarimni baham
ko`rmoqchiman. ...Bir kuni Siz fleshkangizni
(farqi yo`q,kompyuter fleshkasi yoki
tel.fleshkasi) notanish kompyuterga tiqdingiz
va fleshkada kechagina bo`lgan fayl yoki
papkalar yo`q bo`lib qoldi, ularning o`rniga esa
o`sha nomdagi .exe fayllar paydo bo`lib
qolgan. Masalan,fleshkangizda RASMLAR
degan papka bo`lgan edi, kompyuter ga
tiqqandan keyin RASMLAR.exe bo`lib qoldi.
Papka ikonkasi ham g`alati (xira tortgan). Endi
nima qilaman? ... Hech ham xavotirga o`rin
yo`q, endi men sizga ertak aytib beraman,
garchi hozir ertak eshitadigan ahvolda
bo`lmasangizh am =) Bir bor ekan, bir yo`q
ekan... Ok! Bo`ldi, gapni qisqa qilamiz! Gap
shundaki, Siz fleshkangizni tiqqan
kompyuterda antivirus yo`q yoki bo`lsa ham
bazasi juda eskirgan va xalq tili bilan aytganda
"virus bosgan".Siz fleshkani zararlangan
kompyuterga tiqqaningizda virus fleshkangizga
"yuqqan" va papkalaringizni nomini "o`g`irlab",
o`zining .exechalarini yaratgan, sizning
papkalaringizni esa "скрытый" qilib qo`ygan.
"скрытый"qilganda ham oddiy
emas,"системный" papkaga aylantirgan.
Odatda, komp.dagi oddiy "скрытый" fayl
vapapkalarni ko`rish uchun kompyuterda
quyidagi ketma-ketlik bajariladi: "Сервис" ->
"Свойства папки "->"Вид" ga kirib
"Показывать скрытые файлы и
папки"deganjoy tanlanib, "Применить" va "OK"
bosiladi. Lekin, shunaqa qilgan taqdirda ham
"системный" fayl va papkalar ko`rinmaydi.
Ularni ko`rish uchun quyidagi ketma-ketlikni
bajaramiz: "Сервис" ->"Свойства папки"->
"Вид" gakirib "Скрывать защищенные
системные файлы (рекомендуется)"
deganjoydagi"ptichkani" olib
tashlaymizhamda"Применить" va "OK"
bosamiz.Xo`sh? Papkalaringiz joyidaturgan
ekanmi? =) Yaxshi, endi ushbu papkalrni
"Свойства" siga kirsak "Атрибуты" degan
joyida "Скрытый" da ptichka turibdi,lekin uni
olib bo`lmaydi.Shunaqami? Men ilgari bunaqa
paytda o`zimcha aqllilik qilib "системный"
bo`lib qolgan papkalarimning ichidagi fayllarni
olib, boshqa papkaga tashlab,"системный"
bo`lib qolgan papkani o`chirib tashlardim.
Buham bir tomondan to`g`ri. Lekin,fleshkada
100 dan ziyod papka bo`lsachi? Shuncha papka
yaratib,yana ichidagi fayllarni o`tkazish uchun
anchagina vaqt ketadi! Lekin, qarangki,
"системный" papklar hali "tamom" degani
emas ekan =) Ularni oddiy papka holiga
qaytarish uchun oddiygina "Total Commander"
kerak bo`larkan xolos! Demak,"системный"
bo`lib qolgan papkani oddiy papkaga
aylantirish uchun "TotalCommander" ga
kirib,fleshkamizni ichiga kiramiz,"системный"
bo`lib qolgan papkalar yonida "qizil undov
belgisi" bo`ladi. Agar "TotalCommander"
"системный" papkalarni ko`rmayatgan
bo`lsa,unda quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz:
"Конфигурация" ->"Настройка" -
>"Содержимое панелей" ga kirib "Показывать
скрытые" системные файлы (только для
опытных!) " опытных!)" degan joyiga ptichka
qo`yamiz. "толькодля опытных!" deb qo`yibdimi? Demak, biz uchun ekan
"Применить" va "OK" ni bosamiz. Xo`sh?
Ko`rindimi? Ajoyib! Endi o`sha "системный"
bo`lib qolgan papkalarni tanlab
chiqamiz.Buning uchun kerakli papka ustiga
kelib "Shift" tugmasini bosib turamiz va uni
qo`yib yubormasdan klaviaturada joylashgan 4
ta strelkadan"pastga yo`nalgan strelkani
"bosamiz. Bunda belgilangan fayl rangi qizil
bo`lib qoladi. Masalan: Bizda "papka1",
"papka2","papka3", "papka4" va "papka5"
papkalari bor, biz esa faqat "papka2" va
"papka4" ni belgilamoqchimiz. Nima qilamiz?
"papka2" ni ustiga kelamiz,"Shift"ni bosamiz, va
pastga strelkani bosamiz, "papka3" kerak
bo`lmagani uchun "Shift" ni qo`yib yuboramiz,
yana pastkistrelkani bosamiz, "papka4" ning
ustiga kelib qoldik, yana "Shift" ni bosamiz va
yana pastki strelkani bosamiz. Ana, papkalarni
belgilab oldik. Endi quyidagi ketma-ketlikni
bajaramiz: Biz hali TotalCommanderni
ichidamiz,esingizdan chiqmasin =)"Файлы"->
"Изменить атрибуты" gakiramiz va
"Архивный", "Толькодля чтения",
"Скрытый","Системный" degan joylardagi
ptichkalarni olib tashlaymiz. Va har doimgidek
"Применить" va "OK" ni bosamiz.
Tabriklayman! Siz papkalaringizni o`z holiga
keltirdingiz! Endi virusga keladigan bo`lsak,
o`sha komp.ga antivirus qo`yish kerak va iloji
boricha bazasini tez-tez (hech bo`lmasa
haftasiga bir marta) yangilab turish kerak!

Просмотров: 590 | Категория: Telefon Sirlari (Boshqa Tel) | Добавил: KILLER


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!