Главная » Xayotiy Voqealar » O'tgan Kunlar (Haqiqiy Sevgi)

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

O'tgan Kunlar (Haqiqiy Sevgi)




Sababsiz Rossiyada qolib ketgandim, albatta ish
yuzasidan. Kollejda 3 kurs edim akademik tatil
bervorishibdi. Rossiyadan qayganimdan keyin dodimni
guruh rahbariga aytdim. Ayibni o'zimga ag'dardi. ''Yil
boshida ikki kun kelib keyin yo'g' bo'lib ketding ayib
o'zingda. Man jurnalga bor qilishga haqqim yo'q,
keyingi yili o'zingdan kichiklar bilan o'qiysan. Hafa
bo'lma sanga o'xshaganda yana 5, 6 bor'' dedi.
O'zimdan kichiklar bilan o'qiymanmi, ey o'qishiyni
dedimda bormaslikka qaror qildim. Ammo ''Dadamnin
o'qish o'yinchoq emas, ikki yil borgansan, yana bir yil
bor. Harna hujjatli bo'lib qolasan'' degan gaplariga
yo'q deya olmadim.
2 Sentiyabir atayin ikkincha parani mo'ljallab bordim.
Guruhim qayerdaligini dejurdan so'rab ijozat so'rab
xonaga kirdim. Mani o'qishim bir yilgan kechikkan.
Guruhdagilarni bundan xabari yo'q hammalari manga
xayron qarab o'tirar edilar. Domla tanish, o'zimi
gunohkordan his qilib domlaga tirjaydim.
- Otabek... Otabek kiring o'tiring joyiza!
- Uzur domla bosha qaytarilmaydi! -dedimda o'rta
qatorni ohirgi partasiga qarab ketayotgan edim.
Chekka qatordan 3 parda o'tirgan judayam chiroyli
qizga ko'zim tushdi. Yuragim allanechuk bo'ldiyu
oyoqlarim bo'shashib ketti. Qizni yon tarifi o'rta
qatordagi partada bir bola o'zi o'tirgan ekan. Suril
deb ishora qildimda bola bilan qo'l berib so'rashdim.
Joyimga o'tirar ekanman o'sha qiz manga qarab
turgani ko'rdim. Bey ehtiy:
- Yaxshimiz? -dedim.
- Yaxshi! -dediyu bir jilmayib yonidagi dugonasiga bir
qarab qo'ydi. Qaniydi damla gapirayotgan gaplar
qulog'imga kirsa, bor diqqat etiborim o'sha go'zal
qizda. Shu payt yonimdagi bola pichirlab gapira
boshladi.
- Aka siz yuqori kursda o'qirdiz shekili,
bitirmaganmidiz?
- Bir yilga akademik tatil olgandim shunga kechikdim.
Manga qara uka ana qizni ismi nima? -deb sekingina
yonimga ishora qildim. U bola qizga bir qarab oldi.
- Oltinoy!
- O'zingnikich? -dedim hali yaxshi tanimasamda, bu
qiz haqida birov bilan gaplashgim kelmay gapni
yo'nalishini o'zgartirdim.
- Ilhom!
- Yaxshi Ilhomjon domla qarayabdi. -dedimda uni
diqqatini domlaga qaratib qo'ygach, o'zim yana
Oltinoyga qaradim pinhona. Nazarimda dars juda tez
tugab qoldi. Keyngi parada ularni orqasiga o'tirib
oldim. Oltinoy juda chiroyli ism kamyob ismlardan
ekan. Negadur yuragim bezovta, uni tunday qora
sochlariga termulgancha qanday gap boshlasam ekan
degan o'y hayolda o'tirgan edim. Birdan man tarafga
o'grilib qaradi, yonidagi dugonasiham qarab turardi.
Atrofga qarasam hamma manga qaradi. Domla
manga gapirayotgan ekan. Tavba bunaqa narsalarni
kinolarda ko'rganman. Lekin bunday holatga tushish.
- Otabek ochiq ko'z bilan uhlayabsizmi? -dedi.
Shokirva Manzura pakanagina ayol, birinchi kurs
paytimizdan buyon tanir edim. U balant poshnali
tuflini taqqillatib yurib yonimga yaqinlashdi. Ko'z
oynagini qo'liga olib kulib turardi. Hamma ustimdan
kulganday jilmayardi, shu jumlada Oltinoy ham
orqasiga o'grilib jilmayib turardi.
- Uzur Manzura opa!!! opa!!! -dedimu joyimga o'tirdim. O'zimni g'irt
ahmoqday his qildim. Manzura opaham mani izza
qilib qo'ygani tushungach ortiqa qaytib ketti. Biroz
o'tgach Oltinoyni yonidagi dugonasi o'grilib qaradi.
- Siz yuqori kurs ediz?
- Ha!
- Sizni gurihirdagi Abror mani akam!
- Rostanmi Abrorni singlisimisiz?
- Ha..! Boya nega indamadiz, rostanham uxlab
qoldizmi, domla ikki marta gapirdi eshitmadizmi?
- Dugonayz aqlimi olib qo'yibdi. -dedim. Otinoy bir
o'grildida humrayib qaradi va dugonasini bir turtib
''oldinga qara'' dedi. Surbetlik qilib qo'ydim, ammo
bo'sh kelmayman dedim. Daftarimni varog'idan
ozgina yirtib oldim. "telifon no'merizni bering'' deb
yozdimda. Sekin dugonasini imlab chaqirdi.
- Ha!
- Abrorni singlisi ismiz nima?
- Maftuna!
- Maftuna shuni dugonayzga bering. -deb qog'ozchani
qo'liga berdim. Juda sho'x ekan turishidan,
dugonasini g'ashiga tegb "oshig'ingdan xat'' dedi.
Qog'ozni o'qimadiham g'ijimlab pastga tashladi.
Qayta qayta g'ashiga tegdimmi, bu ketishga qanday
ko'nglini topaman hayronman. Lekin sal o'tib egildida
qog'ozchani oldi. Qalbimda umid uchqunlari paydo
bo'ldi...
Ohirgi para tugayabda umid bilan o'tiribman, bazida
Maftuna bilan gaplashib dugonasi haqida ko'proq
bilishga urunaman. Dars tugadi Oltinoy o'rnidan
turarkan g'ijimlab keyin tekislangan qog'ozchani to'rt
buklab manga uzatdi. Olgan zaxotim ochdim. No'mer
yozilgan faqat ohiridagi 2 ta nomerga XX belgisi
qo'yilgan.
- Oltinoy qolganichi? -dedim.
- Man sizi yaxshi tanimayman!
- Unda tanishaylik ismim Otabek.
- Boshqa safar... Yur Maftun tezro! -dedida chiqib
kettilar. Qolgani ertaga olarman degan umidda edim.
Aksincha umuman gaplashmay quydi, bir hafta
Maftuna orqali gaplashgan bo'ldim iloji yo'q qolgan
ikki no'merni aytmadi. Yakshanba kuni kechki
ovqatdan keyin xonamga kirdim. Avvaliga 00.. 01..
02.. 03.. Davom etib ketaverdim. Bazilar ishlamaydi,
bazilar erkaklar, bazilarida ayollar, yoshroq ayollar yo
qizlar chiqib qolsa, shumiki deb gaplashishga
urunaman.
Chamasi 4 soatdan buyon urunaman soat ham 22:00
ga yaqillashib qolgan edi. Buyog'i 90 keldi. Endi
tugatib qo'yay deb bel bog'ladim. Nihoyat 91 gudokk
ketti. Biroz chaqirgach telifon gushogi ko'tarildi...
- A'looo'!!! -nazarimda o'sha yoqimli ovozga
o'xshaydi.
- Oltinoy..!
- Kim bu?
- Ey hudo nihoyat topdim!
- Kimsiz?
- Otabekman... Oltinoy!
- Kimdan oldiz nomerimni?
- Aytsam ishonmaysiz 00 boshlab hammasiga telifon
qilib chiqdim!
- Rosdanmi?
- Ha, xato yozganmisiz deb umidimni uzayotgan edim,
afsus 99 boshlab orqaga qarab tersam bo'lar ekan!
- Haaa shunday qilmabsizda... -deb kuldi...
Ilk samimiy suxbatimiz shunday boshlandi. Qancha
ko'p gaplashsakham gaplarimiz tugamas edi. Borgan
sayin uni ko'rmasan bir nimani yo'qotganday
bo'laverardim. Bir birimizga qattiq bog'lanib qoldik...
Kech bo'ldi oylaviy ovqatlanib o'tirgan edik.
Tilivizirda ''O'TGAN KUNLAR'' boshlandi. Ilgari
hecham berilib ko'rmagan ekanman haqiqiy o'zbek
durdonasi. Kino tugamasdan avval ovqatlanib bo'ldik, shu topda
judayam Oltinoyni ko'rgim keldi. Uydagilar biroz
aylanib kelaman deb ko'chaga chiqdim. Taksi ushab
Oltinoyni uylarini oldiga bordim ikkinchi qavatta turar
edi. Oltinoyga telifon qildim.
- Oltinoy.
- Labbay Otabek aka.
- Hozir uyizga borsam chiqasizmi?
- Yo'q! Dadam o'ldiradi?
- Hech yo'q derazadan qarang!
- Nega?
- Uyizi oldiga keldim!
- Voy shu voqtdaya kech bo'ldiku? -deb deraza
oynasida qaradi.
- Kumushim... Otabek Toshkentdan Marg'ilonga
boradiyu man 2 km yo'l bosib kelolmaymanmi?
- Qaysi Otabek?
- Nima ''O'TGAN KUNLAR''ni ko'rmaganmisiz?
- Ha umi!
- Ha... Kumushim begim deng?
- Ey boring eeey!
- Ayting, manam sizni doyim Kumushim deyman!
- Ho'p... Begim... -deb kulvordi.
- Kulmang!
- G'alati bo'larkan odamlar nima deydi?
- Faqat yolg'z o'zoro suxbatimizda bir-birimizga
shunday murjat qilamiz.
- Ho'p bo'ladi, Begim...
- Yana bir marta Kumushim.
- Begim bunday qorong'uda yurmang uyingizga
keting. Qorong'uda yurgan nas bosadi, man havotir
olurman Begim! -deb yana kuldi.
- O'zimni mehribon Kumushim! -dedim va hayrlashib
uyga qaytdim...
Shu tariq orzularga berilib yashardik. Vaqt topsak
uchrashar edik, bo'lmasa telifonda, u ham bo'lmasa
SMS yozardik. Kollej tugatgunimizcha butun guruh
bizni sevishganlar ekanimizni bilib bo'lishgan edi.
O'qish tugashi bilanoq uydagilar ayniqsa onam
uylantirishni rejalashtirar boshlagan edilar. O'zimga
aytmasdilar dadam bilan reja tuzardilar holos. Onam
aytarmikinlar deb og'izlarini poylardim...
Bu orada arzimagan narsadan tortishib qoldik.
Kumushim arazlab qoldilar. Ilgariham baxslashib
qolardik, ammo zum o'tmay yarashib olardik, bu
safargisi qattiq bo'ldi. Bir ikki telifon qilgan edim
ko'tarmadi. Mag'rurligi tutdi shekili, jahil qilib boshqa
telifon qilmadim. Kun o'tti, hafta o'tta, kutaman tel.
qilmaydi, o'zim qilishga yalinganday bo'lamanmi
dedim. Jahlim chiqib turgandi onam oldilariga
chaqirdilar.
- Otabek, opang turmushga chiqqan. Opangni boshida
eri bor. Singling hali yosh o'zim uy ishlariga
o'ralashib qolyabman. Bolam ammang bilan bir soliha
qiz topgan edim, nima deysan uylanasanmi? -oyim
uzoqdan olib keldilar.
- Bilmadim! -dedim hali Kumushim bilan yarashib
olmaganimdan ikkilanib.
- Agar ho'p desang borib kelaman? -dedilar. Biroz
o'ylandim negadur tilimdan yo'q degan so'z
chiqmasdi.
- Ho'p siz nima desay shu! -dedim...
Onam tezda ishga kirib ketdilar. Dugonalarini qizi
ekan. Hech qanday uchrashuvsiz, 3 kunda fotixa qilib
qo'yishdi bir oydan so'ng to'y...
Bir hafta o'tti, kutilmaganda Kumushim qo'ng'roq qilib
qoldi.
- Alyo'o'.
- Siz uylamayotgan ekansiz shu gap rostmi? -dedi
ungaham to'y daragi boribdi.
- Ha, Kumushim! -dedim.
- Begim...??? -qarasam yig'layabdi.
- Yig'lama Kumushim, hali erta to'yni qaytaraman.
- Shunday qiling begim. -dedi.
Yana avvalgiday gaplashib uchrasha boshladik.
Ammo bir muammo bor edi. Onamga qanday aytishni
bilmasdim ''qiz yoqmayabdi'' deb bir ikki shamma qildim. Onam
kuldilar ''to'ydan keyin yoqib qoladi'', dadam kuldilar
''onangham manga yoqmasdi''. Ular hazil qilishardi,
mani to'ydan oldin hajayonlanyabdi deb o'ylashardi...
Bir hafta qolganda jizem etib onam bilan jiddiy
gaplashib olish bel bog'ladim.
- Oyi man bu qizga uyla olmayman.
- Voy nega?
- Manga yoqmadi!
- O'g'lim to'ydan oldin hayajon hammada bo'ladi.
- Bu hayajon emas, mani yoqtirganim bor!
- Nima shu darding bor ekan nimaga oldin
aytmading?
- ...! -bu savoldan keyin tilimni tishladim, bosh
egdim.
- Bilasanmi o'g'lim Jamilani onasi judayam yaxshi,
ayol.
- Onasi yaxshi bo'lsa qiziham yaxshi bo'lavermaydi-
ku?
- Elda naqil bor onasini ko'rib qizini ol degan.
- U naqil ilgari zamonda edi, hozir zamon boshqa!
- O'g'lim, fotihasi buzulgan qiz beybaxt bo'ladi, san
bir qizni beybaxt qilmoqchisan?
- Manga tegsa baxtsiz bo'ladi oyi.
- Man u oylani oldida nima degan odam bo'laman?
- Maniham o'ylang oyi!
- Yo'q o'g'lim man shunday kelindan vos
kecholmayman.
- Siz borib aytmasez o'zim borib to'yni to'xtataman.
- Nima?
- Ha, oyi!
- Agar shu qizga uylanmasan onam yo'q deb
qo'yaver. Ohirgi gap shu! -deb o'rnilaridan turdilar.
Biroz turgach:
- Keyin rahmat aytasan o'g'lim! -deb chiqib kettilar.
Onamni adolatsizlik qilayotganlarini tushunmasdim.
Ahir u qiz baxtsiz bo'ladi-ku. Baribir to'yni to'xtata
olmadim...
To'y boshlandi, hamma ''OTABEK VA JAMILAXON'' ni
shanlariga iliq tilaklar aytmoqda. Bo'lajak rafiqam
umib bilan yelkamga yelkasini suyab o'tirbdi, o'yin
kulgu avjida. Man hayolim esa Kumushimda hozir u
qay ahvolda ekan. To'y tugagach unga qo'ng'iroq
qildim rosa yeg'laganmi ovozi o'zgarib qolgan.
- Begim sizni sevaman!
- Mani kechir Kumushim, sani hamisha sevib
qolaman...!
To'ydan keyinham Kumushim bilan uchrasha
boshladik. Bir kuni judayam alam qilib ketti. Biroz
ichib olgan edim, uyga kech keldim. Rafiqam ota
onami hizmatida bo'lib charchagan bo'lsaham
uxlamay kutib oldi.
- Otabek aka ovqat suzib kelaymi?
- Qorni to'q... Manga qara Jamila nima san ersirab
qolganmiding? Nega manga tegding? Rozi bo'lib
bekor qilding?
- ...! -ko'zida yosh bilan bosh egib turardi. Borib
o'rnimga yotdim, uxlay olmadim ammo ko'zimi yumib
uxlaganga olib yotaverdim. Anchagacha o'sha yerda
turdi. So'ng bir oldimga kelib o'tirdi. Ko'zim yumuq
bo'lsaham uni his etib yotardim. Asta titroq qo'llari
bilan qo'limni ushladi. Nima qilyabdi bu..?
Kaftimni yuziga bosdi, mani uxlayabdi deb o'yladi
shekili. Birdan ko'zimi ochgandim, manga termulib
o'tirgan ekan ikki yuzida yosh. Qo'lini tortib oldi...
Ertalab hech nima bo'lmaganday uyg'ondim. Ammo
bechora Jamila shu kundan boshlab mandan qo'rqib
turardi. Jamila onam aytganday soliha, nomoz o'qirdi,
ammo hijobga burkanib olmagan sipogina edi.
Bechoraga unga ichim achisaham atayin dilini
og'ritardim. Mandan ko'ngli sovusin derdim. Birkun
tongda uygonib kettim Jamila bobdod nomozini
o'qiyotgan ekan. Duv o'qiyabdi. Ota onam uchun uzoq umir, turmushga
chiqqan opam uchun tinchlik-xotirjamlik, man uchun
ishlarim rivoji, singlim uchun baxt so'rab duo qildi.
Judayam to'lqinlanib kettim. O'zimdan nafratlandim,
ammo baribir Kumishimni o'yladim. Jamila mandan
ko'ngli sovisa ajrashaman deb o'ylardim...
Bir kun ota onasini uyiga ketgan edi. Man qanday
ajrashish yo'lini o'ylar edim. Shu payt Oltinoy
qo'ng'roq qildi.
- Kumushim qalaysiz, sizga yangilik aytmoqchiman...
Ajrashaman! -dedim.
- Otabek aka gaplashib olaylik? -dedi gapimga etibor
bermay.
- Mayli gaplashamiz, qayerda qachon uchrashamiz?
- Yuzizga qarab aytolmayman Otabek aka! Hozir
gaplashaylik?
- Gapring Kumushim!
- Dilimga solyabdi, siz xotiniz bilan baxtli bo'lasiz.
Man bir kishini baxtsiz qilib baxtli bo'la olmasligimni
sezyabman. Hatto tushlarimdaham ayon bo'lyabdi.
- Voy nima diyabsan, tushga nimalar kirmaydi,
Kumishim?
- Iltimos Otabek aka, qadrimni tushurmang man
Oltinoyman Kumish emasman... Tangri dilimga
solyabdi, ikkimizham o'z yo'limizdan ketishimiz kerak!
- Oltinoy san folbin, yo bashoratchi emassan bu faqat
sani miyangda sodir bo'layotgan fikirlar holos! -
dedim.
- Yo'q Otabek aka siz mani shunmayabsiz, biz
o'zgani baxtsizligi evaziga baxtli bo'la olmaymiz! -
dedi. Tilimda imkor etayotgan bo'lsamda, qalbim
Oltinoy to'g'ri aytayotgani imkor eta olmasdim. Ohiri
bir to'xtamga keldik, yaxshilikcha vidolashdik.
Jamilani u uchunham baxtli qilisha so'z berdim.
Kechga yaqn Jamila uylaridan qaytib keldi.
- Otabek aka bir yangilik aytmoqchiman. -dedi
hursandligini sezdirmaslikka urunar edi.
- Kel o'tiraylik! -deb qo'lidan ushlab o'tirgizib
yo'parasiga chordana qurib o'tirdim.
- Oyim bilan do'ktirga borgan edik...
- Nima bo'ldi, tinchlikmi?
- Siz dada bo'larkansiz! -dedi.
Qanday o'rnimdan turib ketganimni o'zim bilmayman.
Jamilani bag'rimga bosdim. Qanday farishta xotinim
bor ekana, man bo'lsan uni shuncha qiynabman
qalbiga ozor beribman.
- Jamila asalim, endi san o'zingni ehtiyot qilishing
kerak. Har qanday istagingni bajaraman jonim
ho'pmi? -dedim. Jimila quvonganidan ko'zida yosh.
- Himm! -dedgancha sevinganidan ko'zyosh to'kib
turardi...
Onajonim to'g'ri aytgan ekanlar. Hotinimni
xomiladorligini bilganimda, u mani baxtli qildi.
Onamni oldilariga kirdim. Sharta quchoqlab oldim.
Telvizir ko'rib o'tirishgan edilar. Dadam ham, oyim
ham hayronlar...
- Tinchlikmi bolam?
- Dada bo'larkanman!!!
- Voy bolam... -ikkovlari ham duo qildilar.
- Bor kelinimni chaqir!
Oy kun yaqin edi. Bola qiz ekani bilganimdan keyin,
ko'nglimda bir istak bor edi ammo Jamilaga buni ayta
olmasdim, lekin o'zi gap ochib qoldi.
- Otabek aka, oyim va dadamga aytgan edim, ular
birinchi farzandlaring o'zlaring ism tanlaylar deyisdi!
- San qanday ism tanlashimizni istaysan?
- Qizim dadasiga o'xshashini istayman, Ismizga
moslab Ozodaxon yoki Olimaxon, nima deysiz?
- Balkim ho'p desang... OLTINOY!!!
- Juda chiroyli ism, OLTIN boylik zeb ziynat

Просмотров: 2066 | Категория: Xayotiy Voqealar | Добавил: Hamidjon


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!