Главная » Telefon Sirlari (Boshqa Tel) » Telefon Batareyasi Uzoq Vaqt Xizmat Qilsin , Desangiz …

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Telefon Batareyasi Uzoq Vaqt Xizmat Qilsin , Desangiz …




Bugungi elekron qurilmalarning eng nozik
ehtiyot qismlaridan biri, bu — batareyalardir.
Ayniqsa, eng so‘nggi rusumlardagi qo‘l
telefoniga ega kishilar batareyaning tezda
“o‘tirib” qolishidan nolishadi. Quyidagi
tavsiyalarimiz ulardan foydalanish muddatini
imkon qadar uzaytirish va to‘g‘ri saqlash
bo‘yicha bo‘ladi.Avvalo, yangi telefon yoki
batareya sotib olganlar batareyaning yaxshi
ishlashini ta’minlash uchun birinchi 2-3 marta
to‘liq quvvatsizlanganidan keyin 10-12 soat
davomida zaryadlashi maqsadga muvofiq.
Unutmaslik lozimki, batareyani 24 soatdan
ortiq tinimsiz quvvatlash uning shikastlanishiga
olib keladi.Mutaxassislar batareyaning yaxshi
holatda saqlab turish uchun oyda bir marotaba
telefon avtomatik ravishda o‘chgunga qadar
quvvatlamaslikni tavsiya qiladi.Bir necha yuz
marta quvvatlantirilgach, uning samaradorligi
tabiiy ravishda pasayib boradi. Bu paytda
yangi batareya sotib olish foydadan holi
bo‘lmaydi.Faqatgina telefon imkoniyatlariga
mos keluvchi batareyalardan
foydalaning.Telefon xotirasidagi ma’lumotlar
o‘chib ketmasligi uchun batareyani olishdan
avval telefonni o‘chiring.Quvvatlash
moslamasidan foydalanmagan paytda uni
elektr manbaidan uzib qo‘ying. To‘liq
zaryadlangan batareyani quvvatlash
moslamasiga ulangan holda qoldirmang. Bu
uning yaroqlilik muddatini kamaytirishi
mumkin.O‘ta issiq yoki o‘ta sovuq haroratda
batareyaning ishlash hajmi, vaqti qisqarishi
mumkin. Undan +15 darajadan +25
darajagacha haroratda foydalanishga harakat
qiling.Olov ichiga tushgan batareya portlashi
mumkin. Tanga, igna kabi metal buyumlar
batareyaning “+” va “-“ qutblariga ulangan
taqdirda qisqa tutashuv ro‘y berishi ehtimoli
yuqori. Shuningdek, shikastlangan
quvvatlagich va batareyalardan
foydalanmaslik, ularniboshqa chiqindilar qatori
chiqindixonaga emas, maxsus qayta ishlash
shahobchalariga topshirgan ma’qul.Signal
mavjud bo‘lmagan joylarda telefonni o‘chirib
qo‘ying. Chunki muntazam ravishda aloqa
tarmog‘ini qidirish batareya quvvatini
kamaytiradi. Agarda bunday paytlarda
telefondan foydalansangiz, uni “uchish”
rejimiga sozlab qo‘ying.Bir martalik quvvatdan
uzoqroq foydalanmoqchi bo‘lsangiz, kiruvchi
qo‘ng‘iroqlar ovozini imkon qadar pasaytirib,
“vibratsiya”ni o‘chirib qo‘ying.Vaqti-vaqti bilan
batareyaning musbat va manfiy qutblarini
spirtga botirilgan paxta bilan tozalab
turing.Telefonni quvvatlash vaqtida issiqlik
yutuvchi buyumlar ustiga qo‘ygan ma’qul.
Masalan, taxta, kitob,metal buyumlar va
hokazo.mAh — milli amper-soatning
qisqartirilgan shakli bo‘lib, elektr zaryadi birligi
hisoblanadi. U qanchalik baland bo‘lsa,
telefondan ko‘proq foydalanish
mumkin.Android operatsion sistemasida
ishlovchi telefonlar ekrani ko‘p miqdorda
energiya talab etadi. Shu bois, agar android
telefon ishlatsangiz, imkon qadar ekran
yorug‘lik darajasini pasaytiring.

Просмотров: 1853 | Категория: Telefon Sirlari (Boshqa Tel) | Добавил: KILLER


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!