Главная » Проблемы Телефонов » Telegram foydalanuvchilariga maslahatlar

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 67
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Telegram foydalanuvchilariga maslahatlar



Messenjerlar bugungi kunda
oddiy SMS-xabarlarning o'rnini
to'liq egallab bo'ldi. Ular tezkorlik,
ko'p funksionallik hamda boshqa
turli xil qulayliklarga ega.
Messenjerlar orasida Whatsapp
hamda Telegram boshqalariga
nisbatan ancha ommabop
hisoblanadi. Bugun Telegram
messenjeridan foydalanuvchilar
uchun 8 ta kerakli maslatlarni
beramiz. Marhamat.
Tez-tez maxfiy chatlar yaratib
turing
Maxfiy chatlar (Secret Chats)
nafaqat o'zi o'chib ketadigan
xabarlar hamda yuqori
xavfsizlikni, balki bir nechta inson
gaplashish imkonini ham beradi.
Maxfiy chatlar Telegram bazasida
saqlanmaydi va o'z
akkauntingizdan chiqib (Log out)
ketishingiz bilan ular ham o'chib
ketadi.
Javoblar, eslatmalar hamda
xeshteglarni belgilang
Uzoq davom etadigan suhbatlar
hamda guruhlarda chalg'ib
qolish hech gap emas. Shu
sababdan ularni tarkiblash, ya'ni
javob yozish uchun kerakli
xabarni belgilab, Reply bosilgach,
@ belgisi orqali kerakli insonlarni
belgilash, shuningdek, turli xil
mazmundagi xabarlarni # belgisi
orqali xeshteglardan foydalanib,
xabarlarni topishni
osonlashtirish mumkin.
Telegram’da foydalanuvchi ismini
ro'yxatdan o'tkazing
Telefon raqamingizni
bilmaydigan foydalanuvchilar
sizni ismingiz orqali topishlari
mumkin. Shuningdek, siz o'z
akkauntingiz uchun
telegram.me/[NIKNEYM]
formatidagi url-manzil
yaratishingiz mumkin. Bordiyu,
siz xohlagan ism band bo'lsa,
qo'llab-quvvatlash xizmatiga uni
olib berishga yordamlashadi.
Buning uchun siz 2 yoki 3 ta
mashhur ijtimoiy tarmoqlarda
shu nom bilan ro'yxatdan o'tgan
bo'lishingiz kerak.
So'nggi marotaba onlayn bo'lgan
vaqtingizni begonalardan
berkitib qo'ying
Sozlamalar ichida Settings —
Privacy and Security — Last Seen
bo'yicha kirib, My Contacts’ni
tanlang va siz tashrif buyurgan
vaqt faqatgina do'stlaringiz
uchun ko'rinadi. (bundan
tashqari, Nobody’ni ham tanlash
orqali so'nggi tashrif vaqtini
barchadan berkitish mumkin.
O'z akkauntingiz xavfsizligini
oshiring
Telefon raqami yordamida
avtorizasiya qilish ham ishonchli
bo'lsa-da, doimo eng yaxshi
usuldan foydalangan ma'qul.
Buning uchun Privacy and
Security menyusida
ikkitomonlama autentifikasiyani
qo'shimcha parolni orqali yoqish,
uni tiklashni esa elektron pochta
orqali belgilash kerak bo'ladi. Shu
bo'limning o'zida ilovani raqamli
parol bilan himoyalash imkoni
ham mavjud.
Ilovaning kesh xotirasini to'ldirib
yubormang
Messenjer orqali olinadigan
surat, video, audio hamda
boshqa fayllar doim ham kerak
bo'lavermaydi. Shu sababdan
ularni telefon xotirasida saqlash
shart emas. Keshni tozalash
uchun Chat Settings — Cache
Settings bo'limiga kirib, bir
haftadan ortiq muddat ichida
foydalanilmagan fayllar avtomatik
tarzda o'chirib yuborilishini
belgilang.
Boshqa foydalanuvchilarda bor
stikerlar to'plamini qo'shing
Telegram messenjerida stikerlar
soni juda ko'p. Biroq ilovaning
o'zidan ularni qidirish imkoni
mavjud emas. Agar sizga
suhbatlashish jarayonida ko'rgan
stiker manzur kelgan bo'lsa, uni
bosish hamda Info > Add Stickers
qilib belgilash orqali shu to'plamdagi barcha stikerlarni o'zingizga ko'chirib olishingiz
mumkin bo'ladi.
Suhbatda botlarni qo'shing Yaqinda Telegram messenjerida botlar yaratish imkoni mavjud
bo'lgan to'laqonli platforma yaratildi. Endi oddiy chat-botlardan tashqari oddiy hamda GIF-suratlar va video qidirish imkonini beruvchi, shuningdek,turli mavzulardan so'rovlar o'tkazish va ob-havo ma'lumotini bilib beruvchi botlar ham mavjud.

Просмотров: 6328 | Категория: Проблемы Телефонов | Добавил: KILLER


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!