Главная » Xayotiy Voqealar » Xiyonatning qonli manzili yohud yangasi va uning jazmanini o‘ldirgan qaynog‘a qismati

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Xiyonatning qonli manzili yohud yangasi va uning jazmanini o‘ldirgan qaynog‘a qismati




Azaldan xiyonat eng og‘ir
gunohlardan biri sifatida
e’tirof etib kelinadi. Biz hikoya
qilmoqchi bo‘lgan ushbu mash’um
hodisaning ham sababi ham aynan
shu.
Ochig‘i, bu mash’um hodisaning bosh
aybdori IMAGE$1qonun doirasida o‘z
jazosini olgan bo‘lsa-da,
insoniylik nuqtai nazaridan
hodisa ishtirokchilarining qay
biri aybdor-u, qay biri jabrdiyda
ekanini e’tirof etish mushkul
...Aslida bu oila haqida mahalla—
ko‘y, qo‘ni— qo‘shnilarning barchasi
ijobiy fikrda. Oila boshlig‘i ham,
uning farzandlari, kelinlari,
nevara— chevaralari ham halol
mehnat ortidan kun ko‘rib kelgan
oddiy insonlar. Nizomjon aka
(barcha ism— familiyalar
o‘zgartirilgan) o‘g‘illarini mard,
tanti, halol, jasur qilib
tarbiyalagandi. Ammo, vaqti kelib,
farzandlaridan biri og‘ir
jinoyatga qo‘l urishi mumkinligini
xayoliga ham keltirmagandi.
Katta o‘g‘il Elmurod ko‘proq pul
topaman, oilamning kam— ko‘stini
butlayman, deb g‘urbat diyoriga yo‘l
olmaganida— ku, olam – guliston
edi. Elmurod olis Sibir yurtiga
qatnab ishlayotganiga ikki yildan
oshgandi. Har yili bir— ikki
marta oilasi bag‘rigsha qaytar, ota
— onasi, ayoli, farzandlari
diydoriga to‘yar— to‘ymas yana ortiga
qaytib ketardi. Nizomjon aka ko‘p
bora o‘g‘liga nasihat qildi:
— O‘g‘lim, shuncha payt ishlading,
o‘zimizda ham intilsang, harakat
qilsang biring ikki bo‘ladi. Nima
qilasan o‘sha yoqlarda?
Elmurod ko‘nmadi. Qaysarligini
qo‘ymadi:
— Ota, yana biror yil ishlay.
Hovlimni epaqaga keltirib,
birorta mashina olvolay. Ana undan
keyin shu yerda qolaman. O‘g‘liga gap
kor qilmasligini anglagan ota uni
ortiqcha qiynab o‘tirmadi. Elmurod
esa, jo‘nab ketishdan avval ukasi
Nurmurodni yoniga chorladi.
— Uka, o‘zing bilasan, uyda erkak
kishi bo‘lmasa, devor osha
mo‘ralaydiganlar chiqib qoladi.
Yangangga, jiyanlaringga ko‘z— quloq
bo‘l. Sen borsanki, men o‘zga
yurtlarda tinch, xotirjam yuraman.
Nurmurod yerdan ko‘z uzmay bosh
irg‘adi. Aka ko‘ngli taskin topgancha
olis Sibir diyoriga uchib ketdi.
Akasi unga har hafta telefon
qilar, ota— onasi, ukalari,
jiyanlari va albatta xotini qanday
yurgani bilan qiziqar, Normurod
esa, “aka, hammasi joyida,
xotirjam yuravering”deya uni
tinchlantirardi. Nurmurod yangasi
Zeboni yaxshi biladi. Uni xuddi
opasidek ko‘radi. Jiyanlarini ham
jonidan ortiq biladi. Akasi
ketganidan keyin uning o‘rnini
bilintirmaslikka, tez— tez xabar
olib turishga, yangasining kam—
ko‘stini tuzatishga odatlangan.
Qolaversa uyi ham yaqin. Ko‘chaning
narigi boshida. O‘tgan yilning yoz
oylari. Nurmurod keyingi
paytlarda yangasining xiyod
o‘zgarganini, biroz parishonxotir
bo‘lib qolganini sezdi. Bir— ikki
marta mahalladan o‘ziga oro berib,
chiqib ketayotganini ham ko‘rdi.
— Ha, yanga, yo‘l bo‘lsin, — deb
so‘raganida, zarur ish bilan shaharga
tushmoqchi ekanini aytgandi.
Yaqinda akasining telefonda aytgan
bir gapi ham uning shubhasini xiyol
oshirgandek bo‘ldi:
— Uka, yangang tuzukmi? Avvallari
har kuni menga sms yuborib turardi.
Ikki kun telefon qilmasam, uchinchi
kun o‘zi yo‘qlardi. Hozir o‘zim
telefon qilmasam esiga ham
kelmaydi. So‘rasam, telefonimning
puli yo‘q, deb bahona qiladi.
Nurmurodning
ichini timdalayotgan shubha kuchaysa
— da, sir boy bermadi.
— Ha, ishlari ko‘payib qolgandir—
da!
Demak, bir gap bor. Oldin bir
gapirib o‘n kuladigan yangasi
boshqacha bo‘lib qolgan. Iloji
boricha o‘zini olib qochishga
tirishadi.
Kunlarning birida Nurmurod
mahalla boshida o‘rtoqlari bilan
anchagacha gurunglashib qoldi.
Birgalashib, bir necha shisha pivoni
bo‘shatishdi. Oshnalarning ko‘zlari
suzilib qolgach, hamma uy— uyiga
tarqaldi.
Nurmurod garchi ichkilik ta’sirida
gandiraklab kelayotgan bo‘lsa— da,
miyasi tiniq ishlardi. Akasining
uyi yonidan o‘tib borarkan,
mehmonxona chirog‘i yoniqligini
ko‘rib sergaklandi. Akasi
ketganidan beri bu uyning chirog‘i
yonmagan. Faqat uyga mehmonlar
kelsa, akasining o‘rtoqlari gap—
gashtak qiladigan bo‘lsa, shu uyga
kiritishardi. Hozir... kim bo‘lishi
mumkin?
Yangasi shunchaki uy yig‘ishtirish yoki
biror ish bilan kirganmikin?
Lekin, yarim kechasi— ya? Nurmurod
shartta akasining darvozasini
qoqdi. Javob bo‘lavermagach,
jiyanini ismini aytib chaqirdi:
— Elbek, ho Elbek. Shu payt yotoq
tarafdan jiyani, mehmonxonadan
esa, yangasi chiqib keldi.
— Ha, Nurmurodjon tinchlikmi? –
so‘radi yangasi biroz sarosima bilan.
Nurmurod yangasini zimdan kuzata
boshladi.
— Yanga...haligi... shu yerdan o‘tib
ketayotgandim.. Anuv... birorta
qiziqroq disk bo‘lsa, ko‘raman
degandim. Yangasi favqulodda
tezkorlik bilan yotoqqa yugurdi.
Zum o‘tmay, qo‘lida ikkita disk
ko‘tarib chiqdi.
— Mana, Nurmurodjon, bir emas,
ikkita, mayli yaxshi dam oling.
Ertaga gaplasharmiz— a?
Yangasining undan tezroq qutulishga
urinayotganini payqab, dili yanada
g‘ashlandi.
— Bu qo‘shiqlarmi? – so‘radi
Nurmurod vaqtni cho‘zishga urinib. –
Menga kino kerak edi. O‘zbekchami,
hindchami?
Darvozaxonaning xira chirog‘ida ham
Zeboning yuzidagi xavotir,
hayajonni payqash qiyinmasdi.
Yangasining qo‘llari ham xiyol
titrayotganini angladi.
— Ha, boya shuni aytmabsiz— da, men
hozir chiqaman, — Zebo bu gal ham
tezkorlik bilan aytilgan diskni
olib chiqdi.
— Yanga, eshik— teshikni mahkamlab
olganmisiz? Ehtiyot shart— da!
— Haa, yo‘g‘— a, xavotir olmang,
sizam uyga bora qoling, ovsinim
kutib qolgandirlar. Bemavrid
yurmang ko‘chalarda.
Nurmurod diskni olib ko‘chaga
chiqdi. Ammo, ichidagi shubha olovi
o‘n baravar alanga olgandi. Bor!
Ichkarida kimdir borligi aniq.
Yangasi har doim bolalarining
yonida yotardi. Bu gal ular ikkita
eshikdan chiqib kelishdi. Nega boya
to‘g‘ri mehmonxonaga qarab yurmadi?
Endi uyga qanday kiradi? Yana
nimani bahona qiladi? Bir muddat
ko‘chada o‘yga borib o‘tirdi. Keyin
akasining devorga taqab qurilgan
bostirmasi tarafga qaradi.
Pastgina, bir hatlab ichkariga kirsa
bo‘ladi. Nurmurod tomga chiqib,
mehmonxonani kuzata boshladi.
Parda ortidagi sharpalarni
ilg‘agandek bo‘ldi. Mana, yangasi
tashqari chiqdi. Keyin o‘g‘li Elbekni
chaqirib, unga nimalarnidir aytdi.
Keyin ona— bola bostirma tarafga
yurishdi. Chamasi, Zebo uni
payqagandi.
— Elbek, — dedi ular bostirmaga
yaqinlashganida. – bu men,
sizlarning sergakligingizni sinab
ko‘rmoqchi edim.
— Voy, qo‘rqitvordiyz— ku, —
dedi Zebo yoqasiga tuflab. –
Tinchlikmi, buncha bezovta bo‘p
qoldiyz.
— Tinchlikka o‘xshamayapti, — dedi
Nurmurod tomdan sakrab tusharkan.
– Mehmonxonangizga kimdir
kirganmi, deyman— da!
— Nimalar deyapsiz? – yangasining
ovozi qaltirab ketdi. – U yerda hech
kim yo‘q.
— O‘zim ko‘zim bilan ko‘rmaguncha
ko‘nglim to‘lmaydi.
Zebo darhol uning yo‘lini to‘sdi.
— Bu qanaqasi?
Yarim kechasi birovning uyiga nega
kirarkansiz? Uyalmaysizmi? Ertaga
akangiz kelsalar...
— Ha, akamni topshiriqlari
shunaqa, — u yangasi chetga surib,
mehmonxona tarafga yurdi...
Voqeaning qolganini qisqacha bayon
qiladigan bo‘lsak, Nurmurod
mehmonxonaga kirishi bilan
yangasining siri fosh bo‘lgandi. Uy
ichida biqinib o‘tirgan begona yigit
ko‘zi qonga to‘lgan Nurmuroddan
jonini qutqarish uchun o‘zini
hovliga urdi. Orada qiyomat qo‘pdi.
Yangasining xiyonatiga shubhasi
qolmagan Nurmurod qo‘liga tushgan
buyum bilan har ikkisini ura ketdi.
Keyin esa, oshxonaga kirib, yaqinda
charxlangan pichoqni olib chiqdi-yu,
yangasini ham, uning notanish
xushtorini ham pichoqlab
tashladi....
Hali 26 yoshga ham kirmagan
navnihol yigit voqea joyining
o‘zida dunyodan ko‘z yumdi. Uch nafar
farzandning onasi, guldek
oilaning bekasi esa, kasalxonaga
yetmay jon berdi.
Bu fojeada kim ko‘proq aybdor? O‘z
oilasi sha’ni, umr yo‘ldoshining
orini poymol qilib, jazosini
olgan ayolmi, nafs yo‘rig‘iga kirib,
nomahram ostona hatlagan
mujarradmi, o‘z oilasini tashlab,
pul topaman deb o‘zga yurtlarga
yuzlangan ermi yo jahl otiga minib,
qo‘lini qonga belagan uka?
Qonun-ku, o‘z so‘zini aytdi. Qotil
jazosini oldi.

Просмотров: 17233 | Категория: Xayotiy Voqealar | Добавил: Hamidjon


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!