Главная » Qiziqarli Ma'lumotlar » Yuz millionlab iPhone’larni buzish imkoni topildi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Yuz millionlab iPhone’larni buzish imkoni topildi



Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis 2011-yildan 2017-yilga qadar ishlab chiqarilgan, Apple A5’dan A11’gacha bo‘lgan protsessorlar o‘rnatilgan barcha turdagi iPhone’larni buzish mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi ArsTechnica.

Checkm8 nomi ostidagi qurilma Apple Bootrom tizimidagi nuqsondan foydalanadi. Bu iPhone yuklanayotgan vaqtda ishga tushadigan dastlabki kod va u tizimga kirish imkonini beradi. Shu orqali Apple qurilmadagi komponentlarni almashtirmasdan turib, nuqsonni bartaraf eta olmaydi.

“Epik jeylbreyk: checkm8’ni taqdim etaman (“shoh va mot”), doimiy va tuzatib bo‘lmas Bootrom eksploiti yuz millionlab iOS-devayslariga o‘rnatilgan. iPhone va iPad’ning aksariyat avlodida ushbu nuqson bor: iPhone 4S (A5 chipli) dan tortib iPhone 8 va iPhone X’gacha”, — deb yozadi axi0mX nomi ostida foydalanuvchi.

Biroq nuqsondan foydalanish uchun qurilmani o‘chirib-yoqish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga checkm8 foydalanuvchining shifrlangan ma’lumotlariga (Face ID yoki Touch ID) kirish imkonini bermaydi.

axi0mX’ning yozishicha, bu kabi nuqsondan foydalanib iOS-qurilmasini oxirgi marta haker Jorj Xots buzgan. Buzishning boshqa barcha usullari operatsion tizimdagi nuqsonlarga bog‘liq bo‘lib, uni operatsion tizimni yangilash bilan bartaraf etsa bo‘ladi.
Manba:Daryouz

Просмотров: 17 | Категория: Qiziqarli Ma'lumotlar | Добавил: KILLER


"Ok.ru" и в других социальных сетях поделиться (Будь Первым)!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут комментировать,Пожалуйста зарегистрируйтесь!