Главная » O'zbekiston yangiliklari » Ahad Qayum Ahmadboyga atab she’r bitdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Ahad Qayum Ahmadboyga atab she’r bitdi

2016 » Июнь » 28




Avvalroq, Toshkent viloyati, Chinoz tumani,
“O‘zbekiston” qishloq fuqarolar yig‘ini,
Navoiy ko‘chasi 85-uyda yashovchi fuqaro
Ahmadjon Tursunboyev boshchiligidagi
“moliyaviy piramida”ga nuqta qo‘yilgani,
Tursunboyev bir necha yillar davomida
odamlardan mashina, mol-hol, qimmatbaho
buyumlar, katta miqdordagi milliy va
xorijiy valyutani yiliga kamida 100
foizlik dividend to‘lash, ya’ni ikki
barobar qilib qaytarish sharti bilan
olgani va huquq-tartibot organlari
tomonidan uning uyi va korxonalari tintuv
qilinib, 13 milliard 139 million so‘m va 7
million 900 ming AQSh dollari
miqdoridagi mablag‘lar topilgani va
Tursunboyevning noqonuniy faoliyatiga
nuqta qo‘yilib, o‘zi hibsga olingani haqida
xabar bergan edik. Bu voqea sabab
Ahmadboyga ishonib qolgan minglab
odamlar boshini changallab qoldi. Kim
pullaridan, kim avtomobilidan ayrildi.

Butun respublikaga, hatto, qo‘shni
davlatlarga ham ovoza bo‘lib ketgan mazkur
voqea hanuz odamlar tilidan tushmay
kelyapti. Yosh shoir Ahad Qayum navbatdagi
she’rini ushbu holatga bag‘ishlab, unda
Ahmadboy nomini tilga oldi.

Odamlardan to‘plab qancha oltin-zar,
Qaytaraman debsiz ikki barobar.
Jabr qilib elu-yurtga dardisar,
Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy.
Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Bechoralar ishlatmayin kallani,
Kalla desa opkelibdi sallani.
Siz ham poylab ayni kerak pallani,
Fil ham axir sizcha yemas, Ahmadboy.
Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Birov haqi yuqmas emish birovga,
Joningizni qo‘yibsizda garovga.
Bekor qibsiz suvlar sepib olovga,
Ketdi pullar Kamaz-kamaz, Ahmadboy.
Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Almashibsiz paxtalarni taxtaga,
Ayrim kunlar taxtalarni paxtaga.
Pulim yetar debsiz tilla yaxtaga,
O‘zingizni bosing bir pas, Ahmadboy.
Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Xafa bo‘lmang shoir Ahmad Qayumdan,
She’r yozing deb talab qilishdi undan.
Ranjimang siz endi aslo hech kimdan,
Bu so‘zlarim sizga bir dars, Ahmadboy.
Bu so‘zlarim sizga bir qarz, Ahmadboy.

Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!
Odamlardan to‘plab qancha oltin-zar,
Qaytaraman debsiz ikki barobar.
Jabr qilib elu-yurtga dardisar,
Endi hech kim rahmat demas, Ahmadboy.
Bu ishingiz yaxshi emas, Ahmadboy!

Ahad Qayum ushbu she’rni ijtimoiy
tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali
xabar qilar ekan, bu misralarni bitishiga
muxlislardan kelgan takliflar sabab
bo‘lganini ma’lum qilgan.

Просмотров: 525 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!