Главная » Shou-biznes yangiliklari » Ali Otajonov: Kinoda barcha aktrisalarning eri bo‘lishdan charchadim

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Ali Otajonov: Kinoda barcha aktrisalarning eri bo‘lishdan charchadim

2016 » Май » 30



Xonanda Ali Otajonov Instagram’dagi sahifasida: “Kinoda
rol o‘ynashni to‘xtatdim. Bu xobbi edi va men bundan voz
kechdim”, — qabilida xabar yozib qoldirdi. Shu vaqtgacha
bir qator filmlarda bosh rollarni ijro etgan Ali Otajonovning
ushbu qarori sabablarini bilish maqsadida jurnalist Feruz
Muhammad u bilan bog‘landi.

— Kinoda rol o‘ynashni to‘xtatish qaroriga nima sabab
bo‘ldi?
— Kinodan ketib, kinoning rivojlanishiga hissa
qo‘shmoqchiman. Hamma o‘z ishini qilgani yaxshi. Kino
faqat pul topish, manfaat uchun harakat qilinadigan ish
emas-da. O‘zbek kinosida yurgan vaqtimda ancha
narsani o‘rgandim, ko‘rdim, bildim. Bugungi kunda
xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlanayotgan filmlar
menga umuman yoqmayapti, bu filmlardan qoniqish hosil
qilmayapman. Balki tomoshabinlar xususiy kinostudiyalar
tomonidan ishlanayotgan yengil-yelpi filmlarga o‘rganib
qolgandir, biroq men yuki, salmog‘i bor, keyinchalik ham
muxlislar tomosha qilib, o‘ziga saboq oladigan filmlarda
rol ijro etishni juda xohlardim.
— “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan
suratga olinayotgan filmlarda qatnashishga o‘zingiz
harakat qilib ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, sababi ular bilan ishlab ko‘rmaganman. Boshida
ham aytganimdek, hamma o‘zini ishini qilgani ma’qul
ekan.
— “Kinodan ketdim” degan gap-so‘zlar muxlislarning
e’tiborini tortish uchun o‘ylab topilgan piar emasmi?
— Men qora piar qiladigan inson emasman, shu
vaqtgacha bunday qilmaganman ham. Qachonlardir
ko‘nglimga yoqadigan rol bo‘lsa, ijro etarman balki.
Ammo, ochig‘ini aytsam, hozir kinoda barcha
aktrisalarning eri bo‘lishdan charchadim.
— San’atda juda katta o‘rni bor mashhur sulola vakilisiz.
Balki oila a’zolaringiz Sizni aktyor sifatida ko‘rishni
xohlamay, kinodagi faoliyatingizni to‘xtatishni so‘ragani
uchun bu qarorga kelgandirsiz?
— Oila a’zolarim Otajonovlar sulolasidan aktyor
chiqqanidan xursand edi, jumladan, bobom ham. To‘g‘risi
o‘zim zerikdim — ssenariyni o‘qigan vaqtim “bu zo‘r film
bo‘lsa kerak”, degan fikr paydo bo‘ladi, biroq tasvirga
olish jarayonida tasavvur qilgan narsalarimning 50—60
foizi qolib ketmoqda. Buning ham sababi bor — filmga
jalb etilgan mendan boshqalar 100 foiz kuch bilan harakat
qilmayapti. Kimnidir faqat pul qiziqtiradi, kimdir ishini
chala qiladi, yana birov esa boshqa bir xayolda.
Tomoshabin 20—30 yildan keyin ham ko‘radigan, tarixda
qoladigan kinoasar suratga olaman, deya harakatga
kirishilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. 60—70 million
so‘m pul topaman deb olinayotgan filmlardan, ochig‘i,
bezib ketdim.
3—4 yil avval odamlar filmlarning saviyasizligi haqida
gapirsa, menga erish tuyular edi. Ammo bugun shu
narsani o‘zim anglab yetdim. To‘g‘ri, yaxshi filmlar ham
bor, masalan, “Baron”, “Sotqin” filmlari rostdan ham
menga yoqdi. Men shunday filmlarda rol o‘ynashni
xohlardim. Hozircha esa kinodan — saviyasiz filmlardan
zerikdim.

Просмотров: 1340 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!