Главная » Sport » APL. “Tottenhem” safarda uchta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 63
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

APL. “Tottenhem” safarda uchta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi

2020 » Июль » 3



Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Tottenhem” 2-iyul, payshanba kuni “Sheffild Yunayted”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib mezbonlar hisobni ochdi. Sander Berge 31-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Lis Musse va Oliver Makbernining gollaridan so‘ng “Sheffild” hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida “shporlar” bitta gol urishga erishdi, gol muallifi — Harri Keyn.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Sheffild Yunayted” ochkolarini 47 taga yetkazib oldi va 7-o‘ringa ko‘tarildi. Joze Mourinyo shogirdlari esa 45 ochko bilan 9-pog‘onaga tushib ketdi.
APL

32-tur bahsi

2-iyul, payshanba

“Sheffild Yunayted” — “Tottenhem” 3:1
Gollar: 1:0 – 31 Berge, 2:0 – 69 Musse, 3:0 – 84 Makberni, 3:1 – 90 Keyn.

“Sheffild Yunayted”: Henderson, Boldok, Igan, Robinson, Stivens, Osborn, Berge, Norvud, Bashem, Makgoldrik (Musse, 63), Makberni (Frimen, 90).

“Tottenhem”: Lyoris, Orye (Ndombele, 71), Sanches, Devis (Vertongen, 81), Dayer, Lukas Moura, Sissoko (Alli, 71), Bergveyn (Lamela, 56), Lo Chelso, Son Hyon Min, Keyn.

Ogohlantirishlar: Norvud (39), Makberni (89).

Просмотров: 25 | Категория: Sport | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!