Главная » Dunyo Yangiliklari » Bloomberg: "Eng boy rossiyalik – Potanin"

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Bloomberg: "Eng boy rossiyalik – Potanin"

2016 » Июнь » 4




Rossiyaning asli o‘zbekistonlik milliarderi Alisher
Usmonov esa, dunyo boylarining yangi ro‘yxatida
Vladimir Potanindan 36 o‘rin quyida kelgan.

Bloomberg $14.7 milliard dollari bilan "Interros" va
"Norilskiy nikel" shirkatlari sohibini 56-o‘ringa
qo‘ygan.

Alisher Usmonov esa, $ 11.3 milliard dollarga
baholangan boyligi bilan 92-o‘rinda kelgan.

Yaqinda Britaniyaning "Daily Telegraph" nashri
milliarderning joriy yil boshidan buyon 910 million
dollarga yaqin mablag‘ini yo‘qotgani haqida yozgan.

Ammo Alisher Usmonov jahonda xom-ashyo
mahsulotlari narxlarining tushishidan jabr ko‘rgan
rossiyalik yagona milliarder emasligini ham
ta‘kidlagandi.

Britan nashri bunga misol o‘laroq Roman Abramovichni
keltirgan, u qisqa vaqtning ichida mosuvo bo‘lgan
mablag‘ 800 million dollardan oshishini bildirgandi.
Umumiyatla olganda esa, bu maqoladan bor-yo‘g‘i ikki
haftaning o‘zida Rossiyaning eng boy 13 odami ja‘mi
11 milliard dollar yo‘qotishgani ma‘lum bo‘lgandi.
‘Daily Telegraph’ buni Rossiyada oligarxlar davri
tugayotganiga yo‘ygan, mamlakatdagi siyosiy
mavhumlik sabab, ko‘plab boylarining o‘z pullarini
tashqariga olib chiqish harakatida ekanliklariga
e‘tiborni tortgandi.

O‘shanda Bloomberg bugun Rossiyaning eng boy
odami, deb topgan Vladimir Potaninning qariyb bir
yarim milliard dollaridan mahrum bo‘lgani ham ma‘lum
bo‘lgandi.

Yangi ro‘yxat
Ammo, shunda ham, Bloomberg ning yangi boylar
ro‘yxatida 15 rossiyalik milliarderning borligi ma‘lum
bo‘lgan.

Vladimir Potanin va Alisher Usmonovdan tashqari, bu
ro‘yxatga yana Leonid Mixelson, Viktor Vekselberg,
Aleksey Mordashov, Mixail Fridman, Roman
Abramovich, Dmitriy Ribolovlev, Mixail Proxorov,
Vladimir Lisin, German Xan, Gennadiy Timchenko, Vagit
Alekperov, Andrey Melnichenko va Sergey Galitskiylar
ham kirishgan.

Alisher Usmonov so‘nggi yillarda Rossiyaning eng boy
odamlari ro‘yxatida birinchilikni egallab kelayotgan
edi.

2013 yilda u Britaniyada chop etiladigan Sunday Times
ro‘znomasining eng boy odamlari ro‘yxatida po‘lat
magnati Lakshmi Mittaldan o‘zib, birinchi o‘rinni
egallagan.

Undan bir yil avval esa, barcha hissalarini yagona
xolding ostida birlashtirgach, o‘zi ortiq bizneslarini
boshqarish niyatida emasligini bayon qilgandi.

Yaqinda Usmonov Xitoyning onlayn chakana savdo
shirkati Alibaba ga sarmoya kiritgan va uning vakili
milliarder bundan buyon asosiy e‘tiborini Xitoyning
texnologiyalar bozoriga qaratishini aytgan.

Usmonovning o‘zi Alibaba dagi sarmoyasining
daromadliligini 500 foiz deb baholagan, ammo undagi
hissalari miqdorini hech qachon ochiqlamagan.
Milliarder Alibaba bilan bir qatorda Xitoyning
smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi shirkatiga ham
sarmoya kiritgan.

U yaqinda Amerikaning Apple va Facebook
shirkatlaridagi hissalarini sotganini ma‘lum qilgan edi.
Ammo o‘tgan yili Alisher Usmonovning "Forbs" nashri
tasnifida Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida
birinchilikni qo‘ldan boy bergani ma‘lum bo‘lgandi.

USM Holdings asoschisi va Londonning "Arsenal"
futbol klubi hissadori,"Forbs" ga ko‘ra, bir yil ichida o‘z
sarmoyasining 25 foizi yoki 4.2 milliardini yo‘qotgan
va 14.4 milliard dollar bilan birinchi o‘rindan uchinchi
o‘ringa tushib qolgandi.

"Forbs" reytingida ham o‘shanda birinchilikni 15.4
milliard dollar sarmoyasi bilan Vladimir Potanin
egallagandi.

Bloomberg
Amerika xalqaro agentligining yangi ro‘yxatidan ja‘mi
200 milliarder o‘rin olgan.

Dunyoning shuncha boylari orasidan ilg‘orlikni esa,
amerikalik tadbirkor, "Microsoft" shirkatining
asoschilaridan biri Bill Geyts olib ketgan.

Bloomberg bu milliarderning ja‘mi boyligini bu yil
$85.6 milliard dollarga baholagan.

Bugungi dunyo boylarining yuqori uchligiga $72.7
milliard dollar sarmoyasi bilan ispaniyalik milliarder
Amansio Ortega va $66.6 milliard puli bilan amerikalik
boshqa bir tadbirkor Uorren Baffet kirishga muvaffaq
bo‘lishgan.

Ammo rossiyalik biror bir milliarder yangi ro‘yxatda
yuqori o‘nlikdan joy topa olmagan.

Dunyoning o‘nta eng boy odami aksariyatining
amerikalik ekani ma‘lum bo‘lgan.
Forbes nima deydi?

Forbes Rossiyaning eng boy 200 ta odami ro‘yxatini
shu yil aprel oyida e‘lon qilgan.

Uning ro‘yxatida NOVATEK shirkatining bosh hissadori
Leonid Mixelson $14.4 milliard dollari bilan qolgan
barcha boyvachcha vatandoshlarini ortda qoldirib
ketgandi.

Bu nashrning yuqori uchlidan esa, "Alfa-Grupp" sohibi
Mixail Fridman ($13,3 mlrd) va Alisher Usmanov
($12,5 mlrd)lar o‘rin egallashgandi.

Просмотров: 325 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!