Главная » Dunyo Yangiliklari » Botsvanada 350 dan ortiq fil noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ldi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 63
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Botsvanada 350 dan ortiq fil noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ldi

2020 » Июль » 3



Botsvana shimolida 350 dan ortiq fil noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ldi — olimlar vaziyatni ekolofik falokat deb atamoqda. Mamlakat hukumati ommaviy qirg‘inga nima sabab bo‘lganini aniqlashga urinmoqda, deb xabar beradi The Guardian.
Fillarning o‘limi dastlab may oyining boshlarida Okavango daryosining deltasida qayd etilgan. Oy oxiriga borib halok bo‘lgan hayvonlar soni 169 taga yetgan, iyun o‘rtalariga kelib esa, ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga oshgan. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan fillarning 70 foizi suv obyektlari yaqinidan topilgan.

Britaniyaning tabiatni muhofaza qiluvuvchi “Milliy bog‘ni qutqarish” xayriya tashkiloti direktori Nayl MakKanning so‘zlariga ko‘ra, “fillarning bu qadar ommaviy qirilishi yaqin yillar ichida kuzatilmagan”.

Botsvana hukumati halok bo‘lgan hayvonlarning tahlillarini tadqiq etishni hozircha yakunlagani yo‘q. Olimlar ikkita versiyani ilgari surmoqda — noma’lum patogen yoki zaharlanish. Brakonyerlar tez-tez hayvonlarni sianid bilan zaharlab turadi — hayvon jasadini yeydigan jonzotlar halok bo‘lmaydi. Avval boshida Sibir kuydirgisi deya taxmin qilingan variant chiqarib tashlangan. Fojiaga COVID-19 ham sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblangan, biroq keyinroq buning ehtimolligi kam, degan xulosaga kelingan.
MaKkann mamlakat hukumati hozirga qadar namunalarni tadqiqot laboratoriyalariga jo‘natmaganidan hayratda, chunki fillarning ommaviy qirilishi sharoitida mahalliy aholi kasalliklar tarqalishidan xavotirda. “Hukumat yetarli darajada tezkorlikni amalga oshirmayapti. Xususiy tashkilotlar o‘z yordamida taklif qildi, biroq ular buni qo‘llab-quvvatlamadi”, — deydi MaKkann.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, ular fillarni aylana bo‘lib yurganini ko‘rgan — bu nevrologik buzilishdan dalolat. Yana bir nechta kuchsiz va holdan toygan fillarga duch kelingan — taxminlarga ko‘ra, ular yaqin vaqtlar ichida vafot etadi. Olimlarning hisoblashicha, halok bo‘lgan fillar soni aslida ko‘p bo‘lishi mumkin.

Okavango daryosi deltasida 15 mingga yaqin fil yashaydi — bu Botsvanadagi butun populyatsiyaning 10 foizi demak.

Просмотров: 28 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!