Главная » Dunyo Yangiliklari » Bugun kunda Rossiyaga kim raqib?

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Bugun kunda Rossiyaga kim raqib?

2016 » Июнь » 4




"AQSh, Ukraina va Turkiya…".

Bu kabi xulosaga Moskvadagi "Levada" omma fikrini
o‘rganish markazining yangi so‘rovi natijalari dalolat
qilgan.

Xuddi shu manzarada Belarus, Qozog‘iston va Xitoy
bugun Rossiyaning asosiy do‘stlari ekani ham ma‘lum
bo‘lgan.

So‘rov ishtirokchilarining yetmish foizdan ortiqrog‘i
nazdida Rossiyaning hamma muammolariga
Vashington aybdor.

Rossiya aholisining yarmiga yaqiniga ko‘ra esa,
Ukrainani ortiq do‘st, deb bilish yaramaydi.

Bu esa, markaz faoliyati tarixida o‘ziga xos bir rekord
ko‘rsatkich sifatida ham qayd etilgan.

Chunki bungacha hech qachon shuncha katta sondagi
rossiyalik bu kabi qarashni izhor etmagan.

Deylik, o‘tgan yili Ukrainani o‘zlariga dushman, deb
bilgan insonlarning soni Rossiyada qirq foizga yetib-
etmagan.

Yangi so‘rov manzarasida Turkiya ham o‘ziga xos
rekord natija ko‘rsatgan.

Deylik, bor-yo‘g‘i bir yil oldin Turkiyani o‘zlariga raqib,
deb bilgan rossiyaliklarning soni bor-yo‘g‘i 1 foizni
tashkil etgan.

Bu yil esa, bu ko‘rsatkich birvarakayiga 18 foizga
sakragan.

Ya‘ni, Rossiya aholisining qariyb beshdan bir qismi
bugun Turkiya bizga do‘st emas, degan xulosaga
kelgan.

Ovro‘po Ittifoqiga yovqarash mavqe‘da bo‘lgan
rossiyaliklarning soni ham 60 foizdan ortib ketgan.
Xuddi shu manzarada Rossiya aholisining aksariyat
qismi o‘z mamlakatlarining bu ittifoqqa kirishiga biror
bir hojat yo‘qligini ham aytishgan.

Bu voqe‘likning e‘tiborga loyiq jihati shundaki, bor-
yo‘g‘i 2009 yilda Rossiya aholisining yarmidan
ortiqrog‘i bu ishni qo‘llab-quvvatlagan.

"Do‘stlarimiz"

Agar, yangi so‘rov natijalariga tayanilsa, Rossiya uchun
bugun do‘stlik bobida Belarusga yetadigani yo‘q.
Ya‘ni, Rossiya aholisining naq teng yarmi nazdida
Belarus o‘zlariga eng yaxshi va maqbul do‘st.

Qo‘shni Qozog‘iston esa, Rossiyaning bugungi do‘stlari
ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda ekan.

Ya‘ni qirq foizcha rossiyalik hozir Qozog‘istonni
o‘zlarining ikkita do‘stlaridan bittasi, deb bilishar, tan
olisharkan.

Bu yil yovqarashlik hissi biroz kuchaygani kuzatilsa-
da, baribir, Rossiya aholisining uchdan bir qismidan
ko‘prog‘i Xitoyni o‘zlariga uchinchi do‘st davlat
sifatida ko‘risharkan.

Yangi so‘rovning yana bir ahamiyatli nuqtasi shundaki,
bu yil Suriyaga xayrixoh rossiyaliklarning foizi ham
sakkiz foizga oshibdi.

Deylik, o‘tgan yili bor-yo‘g‘i ikki foiz rossiyalik bu kabi
o‘yda bo‘lsa, bugun Suriya bizga do‘st
deguvchilarining soni 10 foizga yetibdi.

2014 yilda kelib chiqqan Ukraina inqirozi bois, Rossiya
va AQSh orasidagi munosabatlarga jiddiy darz yetgan.
O‘tgan yil noyabr oyida Suriya bilan chegarasida o‘z
qiruvchi uchog‘ini urib tushirishi ortidan esa,
Rossiyaning Turkiya bilan o‘zaro aloqalari birdan sovib
ketgan.

Просмотров: 593 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!