Главная » O'zbekiston yangiliklari » “Demang, shoir tinib ketdi”. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov she’rlaridan namunalar

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

“Demang, shoir tinib ketdi”. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov she’rlaridan namunalar

2016 » Июнь » 1



O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov o‘z she’rlarida millat dardini ochiq ayta olgan, yuksak tuyg‘ular haqida kuylagan, ayni vaqtda, faqat o‘zigagina xos hazil-mutoyiba bilan jamiyat hayotidagi muammolarga oyna tutgan.


Quyida Erkin Vohidovning ba’zi she’rlari bilan tanishishingiz mumkin (she’rlar “Ziyouz.com” saytidan olindi).

Atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidov olamdan o‘tdi

“O‘n sakkizga kirmagan kim bor…”. Erkin Vohidovning so‘zlari bilan shlyagerga aylangan qo‘shiqlar

Qulluq qil demasman.
Yurt tuprog‘in o‘p,
Unga qullar emas, fidolar kerak.
Uning senu mendek shoirlari ko‘p,
Buyuk elga endi daholar kerak.

Qaddingni baland tut,
Bo‘lma serta’zim,
Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l,
Pillapoya bo‘ldim senga, azizim,
Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l.

***

— Orol o‘layotir,
Sir o‘layotir,
O‘layotir zahardan tuproq.
Shoir bunga qarshi ne qilayotir?
— Shoir daftarida kattakon so‘roq.

U faqat qichqirar:
Bundoq bo‘lmaydi.
Alam bilan yosh to‘kar, biroq
Uning ko‘zyoshidan Orol to‘lmaydi,
Faqatgina yer bo‘lar sho‘rroq…

Bu ko‘hna hasrat

“Yorab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo.
Yigitlarda odob yo‘qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o‘tkazmas bir mojarosiz.
Qo‘yib bersa el bir-birin o‘yar ko‘zini,
Ovboshilar esa faqat o‘ylar o‘zini…
Dunyo oxir, birodarlar, yo‘q endi hayot.
Kuni kecha tamom bo‘ldi oxirgi mamont…”.
Qadim ajdod o‘kinch bilan cho‘kib soyaga,
Bu so‘zlarni cho‘kich bilan yozdi qoyaga.

Kamtarlik haqida

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.

Qaro qoshing

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan.
Qarab qo‘ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

Sadoqat

Keksa qarag‘ayning
Ildizin ochib,
Tortdilar qo‘sh arqon solib belidan.
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‘zg‘almasdi
Ungan yeridan…

Nihoyat, gurs etib yerga quladi,
Butab, so‘ng ko‘tarib ketdilar,
biroq — U o‘z panjasida olib jo‘nadi
Yashagan yeridan Bir siqim tuproq.

Xayrli kech

Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do‘stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.

Xayrli kech — hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech — farahli tuning
Osoyishta, tinch bo‘lsin, demak.

Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo‘lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo‘lsin.

Shoiru she’ru shuur

To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so‘z yondosh bo‘lur:

Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she’ru shuur.

Tush

Bir oy bo‘ldi,
Takror-takror
Men bir xil tush ko‘raman,
Tushlarimda mudrab yurgan
El ichida yuraman.

Ular bilan
Men ham mudrab,
Asta qadam sudrayman.
“Bu — tush”, – deyman,
“Uyg‘on!”, – deyman,
Uyg‘onolmay mudrayman.

Har tun shu hol,
Falak bergan
Bu ne balo, qiynoqdir?!
Ey, Xudoyim,
Ey, Xudoyim,
Kecha buncha uzoqdir!

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa…

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning “Barakalla” bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

Tayyorada

Parvoz chog‘i tayyoraning dilbar kelini
Ko‘k toqini bizga taxti Sulaymon qildi.
L

Просмотров: 859 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!