Главная » O'zbekiston yangiliklari » Erkin Vohidov olamdan o‘tdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Erkin Vohidov olamdan o‘tdi

2016 » Май » 31




O‘zbekiston Xalq shoiri, dramaturg, jamoat
arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov
olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Abdurahmon
Tashanov Facebook sahifasida xabar bergan.
"Xalqimizning atoqli adibi, O‘zbekiston
Qahramoni Erkin Vohidov olamdan o‘tdi. Bu
haqda menga ustoz jurnalist Sharof aka
Ubaydullaev hozirgina qo‘ng‘iroq qilib, u kishini
hukumatga qarashli 1-stasionardan olib
kelishshayotganini aytdilar.
Dilbar shoirimiz, ajoyib inson Erkin Vohidovni
Alloh rahmatiga olsin!", deyiladi manbada.
Erkin Vohidov 1936 yili Farg‘ona viloyati Oltiariq
tumanida tavallud topgan. 1960 yili ToshDU
(hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tugatgach,
«Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh
muharrir (1960—63; 1975—82), G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida
muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor
(1985— 87), «Yoshlik» jurnali bosh muharriri
(1982-85) vazifalarida ishlagan.
Ijodiy faoliyati davomida «Tong nafasi» (1961),
«Qo‘shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va
aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964),
«Muhabbat» (1976), «Kelajakka
maktub» (1983), ikki jildli saylanma
(«Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma», 1986),
«Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxshidir
achchiq haqiqat» (1992) kabi she’riy to‘plamlar
nashr qildirgan shoir Behbudiy, Cho‘lpon,
Avloniy, Qodiriy singari ma’rifatparvarlarning
60-yillardagi ijodiy davomchisi sifatida o‘zbek
adabiyotida o‘z izini qoldirdi.
Uning «Orzu chashmasi», «Nido» (1964),
«Quyosh maskani» (1970), «Baxmal» (1974),
«Ruhlar isyoni» (1978— 79), «Toshkent
sadosi» (1983) kabi asarlari o‘zbek
dostonchiligining yetuk namunalaridan
hisoblanadi.
«O‘zbegim» qasidasi (1968) esa kommunistik
mustabid tuzum davrida milliy uyg‘onishimizga
barakali ta’sir ko‘rsatgan.
U I. Gyotening «Faust» asarini, S. Yeseninning
she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida
kitob holida nashr ettirgan. Bundan tashqari F.
Shiller, Iqbol, Ulfat, R. Hamzatov, L. Ukrainka,
A. Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari
asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Erkin Vohidov O‘zbekiston Oliy Kengashi
deputati (Oshkoralik masalalari qo‘mitasi raisi;
1990—95); 1995 yildan O‘zbekistan Oliy Majlisi
deputati va Xalqaro ishlar va parlamentlararo
aloqalar qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
U «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi
O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).
Sayt ma'muriyati marhum shoirning oilasiga va
yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Просмотров: 464 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!