Главная » Dunyo Yangiliklari » Hindistonda ikki jinsli siam egizaklari dunyoga keldi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Hindistonda ikki jinsli siam egizaklari dunyoga keldi

2016 » Июнь » 8




Kecha, 5 iyun kuni Hindistonda ikki jinsli
egizaklar dunyoga keldi. Bu haqda
“Medportal.ru” nashri xabar bermoqda.

Hindistonda tug‘ilgan siam egizaklari ikki
jinsli, ya’ni ularning biri o‘g‘il bola, ikkinchisi
esa qizaloq. Bolalarning ichki organlari bir-
biri bilan birlashgan. Ularning tanasi bitta,
ammo boshi, oyog‘i va qo‘llari ikkitadan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday siam egizaklari
200 mingdan 1 ta holatda kuzatilar ekan. Odatda,
siam egizaklari bitta jinsli bo‘lishadi. Ammo
kuni kecha tug‘ilgan siam egizaklarining jinsi
ikki xil.

AQShning Merilend universiteti bergan
ma’lumotlarga ko‘ra, bunday bolalarning 35
foizi 1 kundan ortiq yashay olmaydi. 40-60
foizi esa o‘lik tug‘iladi. Ayni damda bolalar
Hindistondagi Sadar shifoxonasida
shifokorlar nazoratida turibdi.

Shifokorlarnnig aytishlariga qaraganda,
ularning yashab ketishiga 5-25 foizgagina
umidqilish mumkin, xolos.

“Hozir bolalarning ahvoli yaxshi. Agar hammasi
shu tarzda ketsa, bolalar ota-onasi bilan
Dexlidagi shifoxonaga maxsus davo choralarini
olish uchun borishlari lozim bo‘ladi. Afsuski,
hozircha bunga yetarli mablag‘ yo‘q”, deydi
shifokorlar.

Xabarda aytilishicha, siam egizaklarining
dunyoga keltirgan ayol homiladorlik davrida
doim shifokor nazoratida bo‘lib kelgan, UZI va
boshqa tekshiruvlarda bolalarning holati haqida
salbiy fikr aytilmagan. 24 yoshli ayolning siam
egizaklaridan tashqari yana 2 farzandi bor. U
to tug‘ruqqacha o‘zining egizak farzandlarga
homilador ekanini bilmagan ham.

Просмотров: 1553 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!