Главная » Musiqa Va Kino » Hojiboy Tojiboyev, Muhriddin Xoliqov, Abdumo‘min O‘tbosarov, Shahnozabonu, Nuriddin Haydarov, Oxunjon Madaliyev — farzandlari xotirasida

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Hojiboy Tojiboyev, Muhriddin Xoliqov, Abdumo‘min O‘tbosarov, Shahnozabonu, Nuriddin Haydarov, Oxunjon Madaliyev — farzandlari xotirasida

2016 » Май » 9



9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida “Hordiq” gazetasi
bir qator marhum san’atkorlarning farzandlari bilan
uchrashib, ularning ota-onalari haqidagi xotiralarini yozib
oldi.

Intizor Tojiboyeva, qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi
— Otam bilan bog‘liq xotiralarni eslasam, xuddi shirin
ertak tinglayotgandek bo‘laman. Hammasi bir tush misoli
o‘tdi-yu ketdi… Otam sahnada qiziqchi bo‘lsa-da, hayotda
juda jiddiy inson edi. Ayniqsa, farzandlar tarbiyasiga
astoydil e’tibor berardi. Otamning uyda ekanligi biz uchun
hamisha bayram edi. Muxlislar bir soniyaga bo‘lsa-da uni
tinch qo‘yishmasdi. Otam va’da berdimi, albatta, uning
ustidan chiqardi.
Odilbek Xoliqov, xonanda Muhriddin Xoliqovning kenja
farzandi
— Oilada bir qiz va uch o‘g‘ilmiz. Dadamning erkatoylari
o‘zim edim. Menga unchalik qattiqqo‘llik qilmasdi. Ammo
akam Temur dadamning nigohidan nima istayotganini
bilardi. U kishi tartib va hurmatni yoqtirardi. O‘rni
kelganda, undan mehribon, saxiy inson topilmasdi.
Dadamning shogirdlariga ham oson emasdi:
talabchanligiga chidash qiyin edi.
Nozim O‘tbosarov, suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning
o‘g‘li
— Oilada ikki o‘g‘ilmiz: akam Jamshid va men. Otam juda
band, televideniyening fidoyi xodimi edi. Har qanday ishga
ulgurar, shu bilan birga, o‘g‘il bola tarbiyasiga ko‘proq ota
mas’ul, deb hisoblardi. Otamni sahnada ko‘rgan inson
uning qo‘lidan ustachilik kelishiga ishonmasdi. Akam bilan
muammolarimizni otam bilan hal qilardik. So‘zlarimizni
eshitib, xotirjamlik bilan o‘z fikrlarini aytardi. Bu yil
akamni uylantirish, nabirali bo‘lishni orzu qilgan edi.
Afsus, bizning baxtimizni ko‘rish nasib etmadi…
Umidaxon Yo‘ldosheva, xonanda Shahnozabonuning qizi
— Onam operatsiyadan so‘ng tezda o‘zini tiklab oldi,
kayfiyati ham yomon emasdi. Kasalxonadan bobomning
uyiga chiqqan kunimiz kechagidek yodimda. Xolalarim
ketishgach, onam charchoqdan kirtayib qolgan
ko‘zlarimga qarab: Nima bo‘ldi, kayfiyating yo‘q?..”, —
deb so‘radi. Javobimni ham kutmay, qo‘l telefonida
Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini qo‘yib, raqsga tushdi.
Ona-bola miriqib raqsga tushganimiz, yelkalariga bosh
qo‘yganim, birga uzoq vaqt xayol surganimiz sira
o‘ngimdan ketmayapti.
O‘tgan yili institutga kirolmadim. Xafa bo‘lib, ancha
kungacha kayfiyatim bo‘lmadi. O‘shanda onam rahmatli:
“Bu yil bo‘lmasa, kelasi yili albatta talaba bo‘lasan.
Hayotda imkoniyatlar qayta beriladi”, — deb yupatgan edi.
Hozir uning so‘zlarini eslab, hayotda hamma narsaga
erishish mumkin, ammo yo‘qotgan insonlarni qayta topib
bo‘lmasligini anglayapman.
Hojiakbar Haydarov, xonanda Nuriddin Haydarovning
to‘ng‘ich o‘g‘li
— Oilada to‘rt qiz, ikki o‘g‘ilmiz. Otam rahmatli
farzandlarini jonidan ortiq ko‘rardi. Bolalari ichida esa
faqat meni konsert, to‘y-xizmatlarga olib borardi. Ba’zan
o‘yinqaroqlik qilib, otam bilan borishni istamasdim.
Shunda u kishi shirin so‘z bilan vaziyatni yumshatardi.
Hozir o‘sha damlarni eslasam: “Otam rmatli san’atkor
bo‘lishimni istagan ekan-da”, deb o‘ylab qolaman.
Qilichbek Madaliyev, xonanda Oxunjon Madaliyevning
farzandi
— Otam tabiatan og‘ir-vazmin, kamgap inson edi. Biror
marta kim bilandir janjallashgani, og‘zidan yomon so‘z
chiqqanini eslolmayman. Hovlimizdagi ijod xonasida kitob
o‘qiyotgani yoki yangi qo‘shiqqa uslub izlab, mashq
qilayotganiga ko‘zim tushardi. Eshik oldida
kuzatayotganimni payqasa, “Keling”, — deb tizzasiga olib,
suyib erkalardi.

Просмотров: 920 | Категория: Musiqa Va Kino | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!