Главная » Tojikiston yangiliklari » "Jissax haqiqati" gazetasi Emomali Rahmonni bashorat qildi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

"Jissax haqiqati" gazetasi Emomali Rahmonni bashorat qildi

2016 » Июнь » 13




Islom Karimov va Imomali Rahmon
o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqligi
ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi
sovuqlikning bosh omili sifatida
ko‘riladi.

Jizzax viloyat hokimligi rasmiy nashri
bo‘lgan “Jizzax haqiqati” gazetasining
so‘nggi sonida bosilgan “Urug‘-
aymoqchilik avj olganda...” sarlavhali
maqola¸ mahalliy mushtariylar
tomonidan “sensatsiya” deb baholandi.
Jizzaxdagi rasmiy yig‘inlaru gullab-
yashnaëtgan tadbirkor-fermerlar
haqida ëzib kelaëtgan hokimlik
gazetasi to‘satdan qo‘shni Tojikiston
prezidenti Rahmonning hokimiyatni o‘z
bolalari va “traktorchi”
qarindoshlariga bo‘lib bergani haqida
ëzdi.
“ Fuqarolarning faoliyatsizligi odatda
hokimiyatning zulmkorligidan kelib
chiqadi. Tojikiston prezidenti
I.Rahmonning ish tutumi buni yaqqol
isbotlaydi. U odatda bilimli¸ aqlli
kishilarni ëqtirmaydi. Ularni iloji
boricha chetlatishga¸ kerak bo‘lsa xalos
bo‘lishga intiladi. I.Rahmon butun
mahoratini o‘z urug‘-aymog‘ini davlat
boshqaruviga jalb etishga¸ boshqalarni
esa boshqaruvdan uzoqroq tutib turishga
harakat qiladi. Shuning uchun ham
bugungi kunda mamlakat boshqaruv
apparatini uning yaqinlari¸ aniqrog‘i¸
farzandlari ëki muayyan hududlarning
odamlari tashkil etadi. Mamlakatda
prezidentning yaqinlari “Ko‘lob
elitasi” deb nom olgan.”
(Maqolaning birinchi bandidan iqtibos)
Maqola davomi Rahmon o‘z qizi¸ o‘g‘li va
hatto traktorchi akasini yuqori
lavozimlarga tayinlaganiyu¸ prezident
qarindosh-urug‘lariyu “ëg‘li joylar”ni
egallagan ko‘loblik yurtdoshlarining
poraxo‘rligiga bag‘ishlanadi.
Muallif nomi o‘rniga “Internet manbalari
asosida tayërlandi” degan izoh bilan
ëzilgan maqolaning so‘nggi bandi¸ bashorat
bilan tugaydi:
“Mamlakatning bir guruh to‘ralar
qo‘lida yig‘ilib qolganligi
Tojikistonning iqtisodiy inqirozdan
boshi chiqmasligiga¸ aholining
ko‘pchiligi o‘ta faqirlikda kun
kechirishiga olib kelmoqda. Ertangi
kunga ishonchi bo‘lmagan kishilar o‘z
yurtlaridagi urug‘-aymoqchilik
illatlaridan bezor bo‘lib¸ norozilik
bildirishmoqda. Natijada¸ hozirgacha
haq-huquqini talab qilmaëtgan kishilar
aqlan va ma’nan uyg‘onmoqda. Bu esa
hademay “Ko‘lob elitasi” tanazzulga yuz
tutishini ko‘rsatadi ”, deb xotimalanadi
“Jizzax haqiqati” gazetasining so‘nggi
sonida bosilgan maqola.
O‘zbek tilidagi nusxasi 7183 nusxa¸ rus
tilidagi “Djizakskaya pravda” esa 1228
nusxada chiqadigan Jizzax viloyat
hokimligi gazetasining to‘satdan qo‘shni
davlat birinchi oilasi kirdikorlarini
fosh qilgani¸ bu maqolani o‘qigan
jizzaxliklardan biriga ko‘ra¸ hayratga
sabab bo‘lgan.
“O‘zi bu gazetani byudjet tashkilotlariga
majburan o‘tkizishadi. Birov xohishi bilan
o‘qiydigan gazeta emas¸ chunki o‘qiydigan
narsaning o‘zi yo‘q unda. Nuqul hokimlik
majlislariyu¸ falon fermerning qanday
qilib muvaffaqiyatga erishgani haqida
safsata sotishadi. Gazetaning so‘nggi soni
qo‘limga tasodifan tushib qoldiyu¸ Rahmon
haqidagi maqoladan hayratga tushdim.
Birinchi gapini qayta-qayta o‘qidim.
Tushunmadim. Gazetani hokimlikdagi¸
SNBdagi kuratorlar necha marta o‘qib¸ keyin
tirajga bersa kerak. Bular bunaqa
maqolani ë gazetani sal o‘qimishliroq
qilish xaëlida¸ ë o‘sha qotib qolgan
“qo‘shnilarimizda ahvol chatoq¸ bizda zo‘r”
degan aqidadan kelib chiqib uyushtirishgan
shekilli”¸ deydi Jizzax rasmiy
idoralaridan birida ishlovchi mas’ul
xodim.

“Jizzax haqiqati” gazetasidagi manbaning
mikrofonsiz suhbatda aytishicha¸ “Urug‘-
aymoqchilik avj olganda...” maqolasi
tahririyatga rus tilida tushirilgan
matnning tarjimasi¸ xolos. Bu manba rus
tilidagi matnning kim tomonidan
tushirilganini ayta olmasligini
bildirdi. Ayni paytda qo‘shni davlat
prezidenti oilasining hokimiyatni o‘z
oilasi va hamyurtlari ichida bo‘lishib
olgani haqidagi maqola "tepadan berilgan
zakaz asosida chiqarilganini bilvosita
e’tirof etdi va maqola kerakli idoralar
bilan maslahatlashib¸ chop qilingani"ni
bildirdi.

O‘zbekistonning qo‘shni Tojikiston bilan
munosabatlari mustaqillikdan beri
murakkabligicha qolmoqda.
Mintaqadagi suv resurslarini taqsimlash¸
xususan¸ Dushanbe hukumatining Rog‘un GESi
qurish rejasi ikki hukumat orasiga
sovuqchilik solaëtgan asosiy omillardan
biri sifatida ko‘riladi.

Ayni paytda¸ kuzatuvchilar¸ qo‘shnilar
o‘rtasidagi sovuqchilik bosh manbasi Islom
Karimov va Imomali Rahmon o‘rtasidagi
shaxsiy ziddiyat¸ degan fikrni ham ilgari
suradi.

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda
o‘tkazilgan matbuot anjumanlaridan
birida hokimiyatga kelgach¸ bosar-tusarini
bilmay qolgan Imomali Rahmonga “kimning
tanklarida hukumat binosiga kirib
kelganini unutmaslik”ni tavsiya qilgan
edi.

Joriy oy boshida Fransiyada chiqadigan “Le
Point” jurnali Tojikiston prezidenti
Imomali Rahmonning Samarqand ustida
o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimov
bilan mushtlashishgacha borgani haqidagi
bir necha yil oldin qilgan ochiqlamasini
e’lon qildi.

Fransuz nashriga ko‘ra, 2009 yilda Rahmon
matbuot uchun bo‘lmagan, lekin
jurnalistlar ham taklif etilgan
uchrashuvdagi chiqishida:
“Men u (O‘zbekiston prezidenti Islom
Karimov) bilan bir necha marta
tortishganman, bir martasida masala
mushtlashuvgacha borgan, Nazarboyev
(Qozog‘iston prezidenti Nursulton
Nazarboyev) o‘rtaga tushib ayirgandi.
O‘shanda men unga: “Samarqand va Buxoroni
baribir qaytarib olamiz!”, deganman”, -
deya xotirlagan Imomali Rahmon 2005
yilda Qozog‘istonda bo‘lgan Karimov bilan
uchrashuvini.

Tojikiston birinchi oilasi va Rahmon
yaqinlari-yurtdoshlarining xalqni
qashshoqlashtirib¸ mamlakatni tanazzulga
tortaëtgani haqidagi Jizzax gazetasidagi
maqola Imomali Rahmon kelasi oy Shanxay
hamkorlik tashkiloti sammitida
qatnashishi uchun Toshkentga kelishi
arafasida chop etildi.

Просмотров: 757 | Категория: Tojikiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!