Главная » Musiqa Va Kino » “KVN”da millatini kulguga qoldirgan o`zbek aktrisasi Sitora Farmonova lisenziyasidan mahrum bo`ldi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

“KVN”da millatini kulguga qoldirgan o`zbek aktrisasi Sitora Farmonova lisenziyasidan mahrum bo`ldi

2016 » Июль » 20




Lisenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va
Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan
Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va
shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli,
ushbu xonandalar nomiga berilgan
lisenziyalarning amal qilish muddati tugatildi. Bu
haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot
xizmati xabar berdi .

Darakchi.uz nashriga kelib tushgan
ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyaning “Perviy”
telekanali orqali takroriy efirga uzatilgan “KVN”
ko`rsatuvida aktrisa Setora Farmonova
Qirg`iziston Respublikasining jamoasi nomidan
ishtirok etgan. Uning chiqishida jamoa uni
“o`zbekistonlik aktrisa Evropaga o`ziga er qidirib
kelgan. Uni bunga o`zbek eri majbur qildi”,
qabilidagi hazillar bilan o`zbek millatini ustidan
kulish kuzatilgan.

“Nahotki O`zbekiston nomidan ishtirok etgan
aktrisa o`z yurtini va uning qadriyatlarini shu
darajada erga urishga qo`yib bergan bo`lsa”, –
deb yozadi Darakchi.uz nashriga ko`rsatuvni
tomosha qilgan guvohlardan biri
“O`zbeknavo”ning xabarida yuqorida nomlari
keltirilgan san`atkorlar aynan nima sababdan
lienziyadan mahrum etilganliklari ma`lum
qilinmagan.

Yuqorida nomlari qayd etilgan san`atkorlarning
lisenziyasi “Faoliyatning ayrim turlarini
lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan
19 iyuldan tugatildi.

“O`zbeknavo” O`zbekiston Respublikasi qonunlari
va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish
har bir xonanda va san`atkorning burchi
ekanligini yana bir bor san`atkorlarga eslatib
qo`ydi.

Просмотров: 996 | Категория: Musiqa Va Kino | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!