Главная » Shou-biznes yangiliklari » Lolaning shaxsiy hayoti endi hammomga ko‘chdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Lolaning shaxsiy hayoti endi hammomga ko‘chdi

2016 » Май » 29




Bugun tobora o‘zgarib, rivojlanib borayotgani
hayotimizni internetsiz tasavvur qilolmaydigan
bo‘lib qoldik. Ijtimoiy tarmoqlar esa dunyoning
u chekkasini bunisi bilan bog‘laydigan vositaga
aylandi. Albatta, kim undan qanday maqsadda
foydalanishi bugungi kunning eng dolzarb
masalasi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbek shou-biznesining eng ko‘zga ko‘ringan
vakillari dunyo yulduzlari singari ijtimoiy
tarmoqlardan ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning minglab
internet foydalanuvchilari kuzatib boradi.
Jumladan, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola
Yo‘ldosheva ham 406 mingdan ziyod kuzatuvchisiga
ega xonandalardan. Instagram’ga joylashtirgan
suratlarini deb boshi tanqiddan chiqmay qolgan
Yo‘ldosheva so‘nggi vaqtlarda odamlarning gap-
so‘zlariga umuman parvo qilayotgani yo‘q. Bir
narsani alohida e’tirof etib o‘tish joizki,
oxirgi paytlarda Lola ijodi va qo‘shiqlari
bilan emas, ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirayotgan suratlari va yozishmalari
bilan xalq tilidan tushmay kelyapti. Uning
navbatdagi surati ham gap-so‘zlar muddatini
uzaytirdi.

Xonanda bu gal kalta libos kiymadi, oyoqlarini
ham ko‘rsatmadi. Birato‘la hammomda sochiqqa
chirmanib tushgan suratini sahifasiga
joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirdi.

“Do‘stlar, bugun bizning taqvimimizda juda
muhim sana! Bugun biz uchun juda muhim kun! 25
may! Ha, ha do‘stlar bugun – sochiq kuni! Biz nima
qilishimizdan qat’i nazar – sochiq! Axir uning
yordamida halokat signalini berish mumkin, yana u
bilan tunda yulduzlar ostida ustingizni choyshab
kabi yopinishingiz, zaharli gazlarni yutmaslik
uchun boshni o‘rab olish va nihoyat agar sochiq toza
bo‘lsa, u bilan artinishingiz mumkin. Sochiq kuni
bilan do‘stlar...”, deb yozadi xonanda.

Lola bu surat va izohi bilan nima demoqchi
bo‘lganini tushunish qiyin. Qiziq, Lolaga nima
bo‘lyapti? Albatta, uning shaxsiy hayotiga, yangi
bayramlar kashf qilib, ularni nishonlashiga
aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. U esa
suratlari va xatti-harakatlari bilan minglab
muxlislariga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazmasa bo‘lgani.
Darvoqe, Lola Yo‘ldosheva ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirayotgan suratlarini “shaxsiy hayot” deb
baholar. Biroq shaxsiy hayot shaxsiyligicha
qolishi kerak. Uning 400 mingdan ortiq odamlar
tomosha qilgan suratlari, oyoqlari, hammomdagi
tasvirlarining shaxsiylii qoldimikin?

Просмотров: 1372 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!