Главная » Qiziqarli ma'lumotlar » Muhabbatning ona va buvilarimiz bilmagan 7 muammosi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Muhabbatning ona va buvilarimiz bilmagan 7 muammosi

2016 » Май » 21




Mobil telefonlar va internet sevishganlarni
ajdodlaridan ko`ra ko`pgina muammolardan
xalos etdi, deb xabar beradi “Sosmopolitan”
nashri.

Ilgarilari muloqot qilish uchun sevishganlarda
bunday imkoniyatlar bo`lmagan. Uchrashuvga
chiqqan yigit qizni kutadi, ammo yigit ketib
qolgandan keyin bir necha daqiqa o`tar-o`tmas
qiz keladi... Yigit qizning manzili yozilgan
xatchani cho`ntagidan olishni unutib, shimini
yuvadi va qizni bir umrga yo`qotadi... Yigit
Shimolga ketadi va shu bilan aloqa uziladi...
Hozirda bu voqealarning barchasi o`tmishda
qolgan. Yangi texnologiyalarga o`rgangan yangi
avlod bunday voqealarni tasavvur ham
qilolmaydi. Ammo ularning ham o`ziga xos
muammolari mavjud, marhamat ular bilan
tanishing.

1. Unga tez-tez SMS xabar yozmang

Amerikada o`tkazilgan tadqiqot va so`rovnomalar
natijasida yigitlar sevgan qizidan bir kunda 5
tadan ortiq SMS xabar olishni istamasliklari
aniqlangan. Boshqa mamlakatning kuchli jins
vakillari ham amerikaliklardan qolishmas ekan.
Bema`ni xabarlarni dunyoning hamma joyida ham
yoqtirishmaydi.

2. Shoshilinch xulosa chiqarmang

O`tgan asrda sevgan yigiti bilan urushib qolgan
qiz unga xabar yuborish uchun ruchka, bir varaq
qog`oz, konvert, marka topishi lozim bo`lardi. U
xatni yozib bo`lgach, yuborish uchun pochtaga
borishi, ammo yo`l davomida fikridan qaytish
imkoni ham mavjud edi. Hozirgi zamonda esa
yigiti bilan urushib qolgan qiz telefoniga qo`l
uzatsa bas... Har qanday sharoitda ham
shoshilinch xulosa chiqarmay, o`zingizni qo`lga
olsangiz, olam guliston!

3. Ijtimoiy tarmoqdagi ochiq suratlar

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga ochiq-sochiq
kiyimdagi suratingizni joylashtirganmisiz? Har
qanday yigit sevgan qizining go`zalligidan
faxrlanadi. Ammo ular bu go`zallikdan
boshqalarning ham bahramand bo`lishini
istamaydilar.

4. Siz turmush o`rtog`ingizga unchalik
yoqmaydigan sahifaga "layk" bosdingiz

Tasavvur qiling, siz "Haqiqiy erkaklar kamayib
ketgan" yoki "Shaharning eng ko`rkam erkaklari
rasmlari" kabi guruhga "Layk" bosdingiz. Bu
xuddi sizning turmush o`rtog`ingiz "Ayollarning
insoniyatga zarari" yoki "Shahardagi intim
xizmatlar" guruhiga a`zo bo`lganidek gap.

5. Telefonsiz ham yashasa bo`ladi

Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan suratlaringizga
necha kishi “layk” bosganini ko`rish uchun hatto
vannaga ham telefon ko`tarib kiradigan
bo`lsangiz, turmush o`rtog`ingiz birortasi bilan
yashirincha xat yozishyapti degan shubha-
gumonga borishi mumkin.

6. Uydagi gapni ko`chaga tashimang

O`ylamay qilingan ish tufayli odam o`ziga
ko`pgina ko`ngilsizliklarni orttirib olishi mumkin.
Jahl kelganda, aql ketadi deyishdi. Sevgan
insoningiz bilan orangizdagi munosabatlar haqida
olamga jar solmang, nima bo`lgan taqdirda ham
bu faqat ikki kishiga tegishlidir, undan
boshqalarning ham xabar topishi shart emas.
Hech qachon sevgan insoningiz bilan bo`lgan
nizolarni ijtimoiy tarmoqda muhokama qilmang.

7. Tushunmovchiliklarga olib keladigan
munosabatlar statusi

Ba`zilar uchun ijtimoiy tarmoqdagi statusi bosh
qotiradigan narsa bo`lib tuyulmasa, ba`zilar
uchun jahonshumul ahamiyatga ega bo`ladi.
Ba`zilar ataylab, boshqalarni o`ziga jalb etish
uchun statuslariga shunday so`zlarni
yozishsa, ba`zilar esa sevgan insoni bilan “Nima
uchun men haqimda statusingizda yozmadingiz?
Demak meni sevmaysiz!” deb janjal ko`taradi.
Shuning uchun statusga biror nima yozayotganda
ehtiyot bo`lib, etti o`lchab, bir kesib yozing.

Просмотров: 640 | Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!