Главная » Shou-biznes yangiliklari » Munisa Rizaeva: “Fe`lim og`ir emas, uddaburonlarni yoqtiraman”

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Munisa Rizaeva: “Fe`lim og`ir emas, uddaburonlarni yoqtiraman”

2016 » Июнь » 4




Bu xonanda haqida turli gap-so`zlar eshitishga
o`rganib qolganmiz. Ayniqsa so`ngi besh yil
ichida do`stlar xiyonati, ijodiy inqiroz qaddini
biroz bukkandek bo`ldi-yu, lekin fe`lidagi
qa`tiyat uning sinishiga yo`l qo`ymadi. O`z
sohasining fidoiysi, mehnatkash ijodkor —
Munisa Rizaeva bugun mehmonimiz. Shunday
ekan uning hayoti va ijodiga doir muxlislarni
qiziqtirgan barcha savollarga javob olishga
harakat qilamiz.

— Sizning bo`sh vaqtingizni topish qiyin bo`lib
qolgan. Doim bandsiz...

— Shou-biznesda harakatsiz turish mumkin emas.
Shou-biznes aslida doim harakatda bo`l, degani
(kuladi). Shu qoidaga amal qilganim uchun ham
yangilik axtarish bilan bandman. Kuni kecha
yangi qo`shig`imning klipini suratga olish
ishlarini yakunladik. Xorazm san`ati
yo`nalishidagi “Lol qolaman” qo`shig`ini
kuylashda Hulkar Abdullaevadan dars oldim.
Chunki bu yo`nalish oson emas. Ohang,
so`zlaridagi shirani etkazib berishda mutaxassis
yordamiga tayanib ish ko`rmasam bo`lmasdi.

— O`zbek shou biznesida Munisa Rizaevadek
ma`murini ko`p o`zgartiradigan xonanda yo`q
deyishadi. Bunga fe`lingiz og`irligi sababmi?

— (kulib) Bu antiqa ta`rifni o`zim ham eshitdim.
Og`zi kuygan odam qatiqni ham puflab ichadi,
degan naql bor-ku. Shu narsaga amal qilyapman,
shekilli. Sobiq ma`murim Jahongir bilan ishlash
juda oson edi. Bir kun kelib u meni aldab ketishi
hatto xayolimga ham kelmagandi, lekin hamma
o`z qilmishiga yarasha jazosini oladi. Undan
keyingi ma`murlarim Jahongirdek uddaburon
chiqishmadi, u bajargan ishni yuzdan birini ham
bajara olishmadi. Ular bilan turli sabablarga
ko`ra shartnomani bekor qildik. Bir yilda olti
marta yordamchi almashtiribman! Hozirgi
ma`murim bilan ishlash ancha qulay.
O`ylaymanki, bundan keyin yonimdagilarning
xiyonatiga duch kelmayman.

— Bu mavzudan keyin sizni aldab ketgan
ma`muringizni taqdiri bilan qiziqmaslikning iloji
yo`q.

— Uni qidiruvga bergandik, topdik. Ammo men
da`vomni qaytib oldim va ikki yil avval bo`lgan
voqeani butkul unutishga qaror qildim.

— So`nggi paytlarda depressiyaga tushib
qolganingiz haqida eshitdik. Sababi nimada?

— Bu holat shaxsiy hayotimdagi voqealar bilan
bog`liq. Matbuotga rasman e`lon qilmagan
bo`lsamda, hamkasblarim, yaqinlarim turmushga
chiqishni rejlashtirayotganimni bilishardi. To`y
kunini o`tgan yildagi konsertimdan keyinga
rejalashtirgandik. Ammo sevgan insonimning
xiyonati tufayli to`yimiz to`xtatildi. Shundan keyin
uch oy o`zimga kelolmadim. Qalb jarohati bitishi
qiyin ekan. Uni unutish maqsadida, ko`proq
sayyohatda yurishga harakat qildim. Hozir bu
haqda biroz oson gapiryapman. Ammo uch oy
oldin “nega xiyonat qildi?”, “odamlar to`yim
haqida so`rashsa nima deyman?”, kabi savollar
ich-etimni kemirib ado qilgandi. Qolaversa,
san`aktorlar doim barchaning diqqat markazida
bo`lishadi. Ochig`i, yana gap-so`zlarga qolishdan
qattiq xavotirga tushgandim. Chunki salbiy
gaplarni eshitish oson emas. Ammo vaqt hamma
narsaga davo ekan. Oradan oylar o`tib, endi-endi
uni unuta boshladim... Hayotning turli zarbalariga
chidash uchun insonning irodasi kuchli bo`lishi
kerak ekan. Bundan keyin hammasi yaxshi
bo`lishiga ishonaman.

— Lekin to`yingiz haqidagi gaplarni konsert oldi
piari deganlar ham bo`ldi...

— Men shou-biznes odami bo`lsam-da, bunday
qaltis piar qo`l urmayman! Avvalo o`zbek
farzandiman, ustiga ustak qiz bolaman. Bunga
tarbiyam ham, g`ururim ham yo`l qo`ymaydi...

— Chunki bir konsertingiz oldidan ma`muringiz
xiyonati haqida, ikkinchisidan oldin esa
turmushga chiqishingiz haqida gap tarqaldi va
asosli ravishda “bu piar” degan xulosa kelib
chiqdi...

— Hayotimdagi voqealar ayni shunday kunlarda
sodir bo`layotganiga men aybdor emasman. Agar
kimdir buni “piar” deb o`ylasa, bu uning xohishi,
nima ham derdim. Ammo muxlislarim oldida
vijdonim toza. Meni ayblayotganlar oldida
haqligimni isbotlash istagim yo`q.

— O`tgan yilgi konsertingiz o`tgandan so`ng ham
tanqidga uchradingiz. Dasturdagi xorijiy
mashhurlarning sizga atalgan tabrigi soxtaligi
ma`lum bo`ldi.

— Bu ham men turmush chiqmoqchi bo`lgan
yigitning tug`ilgan kunimga atalgan “syurpriz”i
ekan. Bu narsani konsert dasturimga menga
aytmasdan, rejissyor bilan maslahatlashgan
holda kiritgan ekan. Chunki, unga ishonganim
uchun ijodiy ishlarimga aralashishiga ham
qarshilik qilmasdim. Kutilmagan sovg`a sifatida
bu rolik katta ekranda namoyish etilganda,
hayratdan dovdirab qolganimni zaldagi
tomoshabinlar ham sezishgan bo`lsa kerak.
Shunday ekan, Munisa boshqalarga atalgan
tabriklarni o`zlashtirib olibdi, deganlar qattiq
adashishadi.

— Bilamizki, mehmonxona biznesingiz bor.
Eshitishimizcha, yaqinda do`kon ham ochibsiz.
Hammasiga qanday ulgurasiz?

— Muxlislarim ko`pincha mening imidjimga
qiziqib liboslarimni qaerdan olganimni
so`rashadi. Liboslar, aksessuar, sumkalar
mavzusida savollar yog`ilavergach, do`kon ochib,
o`zimning nomim bilan kolleksiya yaratish fikri
tug`ildi. Ammo san`at sohasida ishlagan odam
hadeb boshqa yumushlarga chalg`iyversa,
bo`lmaydi. Shuning uchun hozir do`kon ishlarini
singlim yurityapti.

— Yaqinda instagramdagi folloverlaringizning biri
bilan gap talashganingizga guvoh bo`ldik...

— Suratlarim ostiga yozilgan har bir fikrga
e`tiborliman. Hatto tanqidlarni ham javobsiz
qoldirmayman. Shu sabab ham ko`pincha
muxlislarim bilan tortishib qolaman. Siz
aytayotgan “janjal”da esa folloverlardan biri meni
noo`rin tanqid qildi, men unga javob qaytardim
xolos. Gap shundaki, ilgari suratlarimga rus tilida
izoh yozsam, “Nega ruscha yozasiz, o`zbeksiz-
ku” deb tanqid qilishardi. Keyin faqat o`zbek
tilida izoh yozadigan bo`ldim. Keyin esa rusiy
zabon internet foydalanuvchilari gapimga
tushunishmayotganidan norozi bo`lishdi.
Shundan keyin suratga uch tilda — o`zbek, rus va
ingiliz tilida izoh yozadigan bo`ldim. Afsuski,
tirnoq tagidan kir qidiradiganlar shunda ham
mendan kamchilik topishdi: “Bilamiz, siz juda
aqllisiz. Buni ko`z-ko`z qilib, bitta gapni uch
tilda yozish shartmi? O`zimiz tushunib olamiz.”
deya yana tanqid qilishdi. Men ularga javob
qaytardim. shunda biroz tortishib qoldik.

— Kelin ko`ylak kiyib tushgan suratingizni
instagramga joylashtirib, unga norozilik ham
bildirgandingiz...

— Internet saytlaridan birining loyihasida kelinlik
libosini kiyib suratga tushgan edim. Avvaliga juda
yaxshi taklif ekan deb xursand bo`ldim. Keyin
qarasam o`sha suratlarimga turli gap-so`zlarni
yozib, tarqatib yuborishdi. Shundan keyin bunday
loyihalarda ishtirok etmaslikka ahd qildim.

— Yaqinda jarrohlik operasiyasini boshdan
o`tkazganingiz haqida eshitdik.

— Disk churrasini jarrohlik yo`li bilan oldirdim.
Ochig`i, jarrohlik amaliyotidan so`ng juda
qiynaldim. Bunga sabab operasiya bo`lgan
kunimning o`zidayoq to`y xizmatiga borishimga
to`g`ri keldi. Bir qarashda bu telbalik, ammo men
uchun san`atdan muhim narsa yo`q. O`zingiz
o`ylang, kimdir necha yillik orzusi — farzandining
to`yiga niyat qilib meni taklif qilgan bo`lsa-yu,
men rad eta olamanmi? Hozir ancha yaxshiman.
Qiyinchiliklar ortda qoldi.

Просмотров: 539 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!