Главная » Qiziqarli ma'lumotlar » Neft nima uchun barrelda o‘lchanadi?

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Neft nima uchun barrelda o‘lchanadi?

2016 » Май » 29



Qazib olingan neft hajmini o‘lchash birligi sifatida neft
barrelining qay tarzda kelib chiqqani olis o‘tmish pardasi
bilan to‘silgan, deb yozadi “Interesno”. Ammo qandaydir
ma’lumotlar bizgacha saqlanib qolgan.
$IMAGE1$
Neft qadimdan kichikroq hajmlarda ishlab chiqarilgan.
Dastlab neftni yetkazib berishda hech qanday standart
idishdan foydalanilmagan. XIX asrning ikkinchi yarmida
neft qazib chiqarish shiddat bilan rivojlanib ketishi
natijasida esa neftni saqlash va yetkazib berish uchun
zarur idishlar tanqisligi yuzaga keldi. Turli o‘lchamdagi
bochkalardan foydalanish oqibatida, xaridorlar yetkazib
berilgan neft hajmini hisoblashda chalkashib keta
boshladi.
1866-yilda AQShning Pensilvaniya shtatida amerikalik
mustaqil neft ishlab chiqaruvchilari uchrashib, 42 gallonni
standart neft barreli sifatida bir ovozdan ma’qulladi.
Lekin nima uchun aynan 42 gallonli bochka neft sohasida
standartga aylandi?
1700-yilga keliboq, 42 gallonlik germetik yog‘och bochka
baliq, sovun, vino, yog‘, kit yog‘i, qiyom va boshqa
mahsulotlarni tashish uchun amalda standart
konteynerga aylanib ulgurgan edi.
42 gallonli bochkalar neft bilan to‘ldirilganda bitta sog‘lom
odam ko‘tara oladigan og‘irlikka ega bo‘lar edi. Bundan
og‘irroq bochkani bir kishi eplay olmasdi, bundan
yengilrog‘i esa iqtisodiy nuqtai nazardan unchalik foyda
keltirmasdi. Bundan tashqari, 20 ta 42 gallonli bochka
o‘sha vaqtda odatiy bo‘lgan barja (shatakka olib
yuriladigan yoki o‘zi yuradigan yassi yuk kemasi) va temir
yo‘l platformalariga nihoyat darajada mos tushardi.
Shu tariqa, 42 gallonli bochkaning sohada standart
sifatida tanlanishi ilk neft ishlab chiqaruvchilari uchun
mantiqiy va tabiiy qadam bo‘ldi. 1872-yilda Amerikaning
Neft ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi 42 gallon
sig‘imli bochkani standart sifatida rasman tasdiqladi.
Ayni paytda neft, albatta, bochkalarda tashilmaydi. Uni
tankerlar yordamida va neft quvurlari orqali yetkazib
berishadi. Ammo neft barreli o‘lchov birligi sifatida jahon
neft savdosi amaliyotida qolib ketdi.

Просмотров: 770 | Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!