Главная » Texnologiyalar » Nima uchun LG OLED televizorlari eng yaxshi tanlov?

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Nima uchun LG OLED televizorlari eng yaxshi tanlov?

2016 » Май » 18



Bugungi kun oilasida Televizor – bu mehmonxona
to‘ridan joy olgan, ko‘ngilochish, hordiq chiqarish va hatto
bilim olish manbai ham desak xato qilmaymiz. Axborot
manbalari orasida aynan televizion dasturlar, filmlar va
seriallar yetakchi ahamiyat kasb etishi fikrimiz isboti bo‘la
oladi.

Televizor inson kundalik hayotiga shunchalik chuqur kirib
kelgan ekan, uning jiddiy talab va me’yorlarga javob
berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu boisdan ham,
televizor tanlashda LG OLED texnologiyasiga e’tibor
qaratish, u bilan tanishib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Ta’kidlash joizki, OLED texnologiyasi paydo bo‘lganidan
beri jiddiy tarzda takomillashtirildi. Uning mohiyati tasvirni
aks ettiradigan organik yorug‘lik diodlari imkoniyati bilan
izohlanadi. Ular, yorug‘lik elektr impulslarini generatsiya
qilishi natijasida ekrandagi tasvirning yorqin va tiniq
bo‘lishini ta’minlaydi.
LG kompaniyasi ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi
bo‘lib, OLED texnologiyasidan foydalana boshladi, vaqt
o‘tishi bilan uni rivojlantirib, o‘zining WRGB texnologiyasini
patentlashga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya, mavjud ranglar
pikseli (qizil, ko‘k va yashil)ga yana bitta — oq tusli
subpikselni qo‘sha oldi. Bu o‘z navbatida turli rang
tuslariga erishish va ekrandagi tasvirning yanada aniq,
tiniq, rangga boy va haqiqatga yaqin bo‘lishini ta’minladi.
Takomillashtirilgan OLED texnologiyasi aks ettirilayotgan
rang tuslari va tonlarning ulkan hajmini yaratadi. Misol
uchun, LG OLED TV’dagi qora rang ham bir necha o‘nlab
tusga egaligi bois ekranda qora rangning boy va tiniq aksi
namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, OLED negizidagi
televizor tejamkor bo‘lib, ishlashda katta elektr sarfi talab
etmaydi. LCD modellari borasida esa, bunday deya
olmaymiz, albatta.
Uning turli tasvirlarni juda tez aks ettirishi sabab, eng
tezkor sport o‘yinlari va kinokartinalar sahnalarini ham
kristall-aniqlikda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni ham
alohida qayd etish kerakki, OLED displeylari, boshqa
texnologiyalar asosida ishlaydigan modellarga qaraganda
ancha yupqaligi bilan ham ajralib turadi. Uning qalinligi bir
necha millimetr bo‘lib, televizorning estetik tashqi
ko‘rinishi va yengilligini ta’minlaydi.
LG OLED televizorlari modellari qatori keng. Uning egilgan
va yassi ekranli turlari xaridorlar e’tiboriga havola etiladi.
Egilgan ekranli televizor inson ko‘zining shaklini aniq,
ammo katta o‘lchamda takrorlaydi. Shu bilan birga, tasvir
tomoshabinga o‘zgarishsiz, to‘liq ranglar me’yorida
yetkaziladi. Yorug‘lik signali barcha piksellarga bir xil
tarqalishi sabab, displey sifatli tasvirga boyib, keng
ko‘rish burchagi hosil bo‘lishi sababli, OLED televizorlarini
har qanday burchakdan tomosha qilishingiz mumkin, siz
har qanday kichik detalni ham ilg‘ay olasiz.
Zamonaviy LG OLED televizorlari o‘ta aniqlikdagi 4K (3840
x 2160 piksel) o‘lchamli bo‘lib, bu tasvirning o‘ta
haqiqatga yaqinligini ta’minlaydi. Tiniq tasvirga
hamohang ravishda jahonning audiotizimlar ishlab
chiqarish bo‘yicha yetakchi harman/kardon dinamiklari
aks ettiradigan ajoyib tovush kishiga o‘zgacha
ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. 3D-tasvirlarning 4 marta
kuchaytirilishi kartinadagi obyektlar va jihozlar yoningizda
turgandek tasavvur uyg‘otadi. Takomillashgan webOS
2.0. operatsion tizimi turli qiziqarli ilovalarga yo‘l ochadi.
Reklama huquqi asosida

Просмотров: 637 | Категория: Texnologiyalar | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!