Главная » O'zbekiston yangiliklari » O'qituvchilar kamsitishiga dosh berolmagan talabalar o'z joniga qasd qilmoqda

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

O'qituvchilar kamsitishiga dosh berolmagan talabalar o'z joniga qasd qilmoqda

2016 » Июнь » 12




Toshkentning Yunusobod tumanida
kollej o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, 17 yoshli bola
maktabda o‘qituvchisi va gruppadoshlari
tomonidan davomli tahqirlanavergach
o‘zini osgan. Biroq, bola o‘qigan kollej
rahbariyati bu iddaolarni keskin inkor
qilmoqda. Toshkent militsiyasi bu
yuzadan tergov boshlagan.

Yunusobod tumanida o‘z joniga qasd qilgan
kollej o‘quvchisining ismi-sharifi
Ozodlikka ma’lum.
Lekin tergov vajidan va ahloqiy
sabablarga ko‘ra, uning shaxsini
ochiqlamaydi.

Voqea 6 iyun kuni sodir bo‘ldi. O‘sha kuni
o‘quvchi kollejdan o‘ta asabiy xolda uyiga
kelgan. Keyinchalik u uyida osilgan xolda
topilgan.

Toshkent huquq-tartibot organlaridagi
Ozodlik manbasi bola nima uchun o‘z joniga
qasd qilgani mavhum bo‘lib qolayotgani, bu
yuzadan militsiya tergov olib boratganini
aytdi.

Qo‘shnilari esa bola kollejda doimiy
kamsitilgani, izza qilingani sabab o‘zini
osib qo‘ygan bo‘lishini aytishadi.
- Bu bola o‘zi qibraylik, tog‘asini uyida
yashab kollejga qatnar edi. Uyida osib
qo‘ygan. Uyidagilarni aytishicha, kollejda
uni xo‘rlashgan, tengqurlarini oldida
kamsitishgan. Bu bola chiday olmay, osib
qo‘ygan, - dedi ismi sir qolishini istagan
yunusobodliklardan biri.

Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining
a’zosi Shoira Sodiqbekova Ozodlik bilan
suhbatda O‘zbekiston maktablarida
o‘quvchilarning ijtimoiy mavqeiga qarab
kamsitilishi odatiy xolga aylanganini
aytadi.

- Maktablarda , kollejlarda o‘qituvchilar
tomonidan tazyiqqa uchrab, kamsitilish,
xo‘rlashlarga uchrab, shunaqa xolatlar juda
ham ko‘p bo‘lyapti. Asosiy sababi pul.
Maktabda yig‘iladigan pul. Qaysi oila bera
oladi, qaysisi berolmaydi. Berolmagan
oilasini xoliga voy, - deydi Shoira
Sodiqbekova.

O‘zbekistonlik huquq faoli Shoira
Sodiqbekova bilan suhbat:


O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga
qasd qilish holatlari ko‘p uchramoqda.

O‘tgan yili Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on
tumanida 7- sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd
qilgani haqda Ozodlik xabar bergandi.
Maktab direktori qizning telefonidan
behayo rasmlarni topib olib, uni
sinfdoshlari orasida masxara qilgan va
uyatga qolgan qiz uyida o‘zini osgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonning
Xo‘jayli tumanida paxta terimiga
safarbar etilgan Taxiatosh kasb-hunar
politexnika kollejining uchinchi kurs
o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgandi.

2014 yilning avgust oyida Samarqand
viloyati Nurobod tumaniga qarashli
Sazag‘an qishloq fuqarolar yig‘inida 17
yashar ikki qiz kuppa-kunduz kuni o‘zini
osib o‘ldirgani butun qishloqni larzaga
solgandi.

Просмотров: 633 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!