Главная » O'zbekiston yangiliklari » O‘quvchilar Karimov kitobini sotib olishga majburlanmoqda

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

O‘quvchilar Karimov kitobini sotib olishga majburlanmoqda

2016 » Май » 14




O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi
maktablarda o‘quvchilar makulatura yig‘ishga
majburlanmoqda. Belgilangan normadagi qog‘oz
chiqindisini yig‘ib berolmagan o‘quvchilardan
pul undirilmoqda. Bundan tashqari yuqori sinf
o‘quvchilarining har biriga makulaturaga
qo‘shimcha O‘zbekiston prezidenti Islom
Karimovning ikkita kitobini olib kelish talabi
ham qo‘yilmoqda.

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi 3-
sonli maktabida o‘quvchilarni ikki kilodan qog‘oz
chiqindisi yig‘ib berishga, yetarlicha miqdorda
qog‘oz yig‘olmagan bolalarni esa buning o‘rniga
pul berishga majbur qilmoqdalar.

Bu haqda shu maktab o‘quvchilaridan biri
Ozodlikka aytdi: - Har bir o‘quvchiga ikki kilodan makulatura yoki
ming so‘m pul olib kelish aytilgan. Yuqori sinf
o‘quvchilariga makulaturadan tashqari
prezidentning ikkita asarini olib berish talabi
qo‘yilmoqda, - dedi ismi sir qolishini istagan
surxondaryolik o‘quvchi.

Suhbatdosh O‘zbekiston prezidentining kitoblarini
makulatura sifatida emas, balki sinf kutubxonasiga
qo‘yish uchun olib kelish tayinlanganini aytadi.
- Prezident kitoblari makulatura uchun emas,
maktab uchun ekan. “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” bor, boshqa kitoblar bor, yuqori
sinf o‘quvchilariga shu Karimov asarlarini bo‘yniga
ilib qo‘yishyapti, - deydi surxondaryolik o‘quvchi.
Bugun O‘zbekistonda sovet davri “dohiylari”ning
son-sanoqsiz nomdagi kitoblari qog‘oz chiqindisiga
aylanib, ular o‘rnini Islom Karimovning kitoblari
egallagan.

O‘quvchilar Karimov kitoblari yozma asardan
ko‘ra ko‘proq eksponat hisoblanishini aytishadi:
- Ular biz olib bergan Karimov kitoblarini
sinfxonalarda oynani ichiga solib qo‘yishar ekan.
Qalin muqovolisidan olish kerak ekan, yupqasi
bo‘lmas ekan. 35-40 ming so‘mliklari bor,
shulardan olinglar, deyishyapti. Bu kitoblar
maktabda qolar ekan. Maorif vazirligi olib
bermaydimi, nimaga biz olishimiz kerak, - deydi
surxondaryolik o‘quvchi.

O‘zbekistonlik huquq faollari o‘quvchilarni qog‘oz
chiqindisi yig‘ishga majburlash bolalar
mehnatidan foydalanishni ta’qiqlovchi mamlakat
qonuniga zid ekanini aytishadi: - Bu o‘quvchilarni o‘qishdan qoldiradi. Qog‘oz, temir-tersak yig‘ish, yig‘olmasa o‘rniga pul so‘rash bu davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
tovlamachilikning bir ko‘rinishi bo‘lib qolyapti, -
deydi Toshkentdagi Mustaqil Inson huquqlari
tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov.
Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda
Surxondaryodagi ayrim maktab direktorlari
makulatura yig‘ish topshirig‘ining hokimiyatdan
kelganini, hokimiyatidagilar esa O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasidan shunday buyruq
berilganini aytishdi.

Lekin ular, o‘quvchilarga maktab uchun
O‘zbekiston prezidenti kitobini sotib olib berishga
buyruq qaerdan bo‘lganini izohlashmadi.
- Yurtboshimizning asarlarini sotib olish uchun
faqat bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan pul yig‘ish
so‘ralyapti xolos. Kichkina sinfdagilar olib o‘qishsin
shuni deb, shu ishlarni qilyapmiz. Ularni hech kim
kitobni olib berishga majburlayotgani yo‘q, ixtiyoriy
bu, - dedi Termiz tumanidagi maktablardan
birining rahbari.

O‘zbekistonni chorak asrdan beri boshqarib
kelayotgan Islom Karimov kitoblari soni bo‘yicha
SSSRga 18 yil rahbarlik qilgan, “hassos ijodkor”
sifatida tanilgan sovet rahbari Leonid Brejnevdan
ham o‘zib ketgan.

L.Brejnevning o‘sha yillari ham, keyin ham
o‘qilmagan “Kichik yer”, “Qo‘riq” kabi kitoblari
esa bugun O‘zbekistonda qog‘oz chiqindisiga
aylangan.

Просмотров: 661 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!