Главная » O'zbekiston yangiliklari » O‘zbekistonda yana 82 nafar odamda koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 9000 nafardan oshdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 63
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

O‘zbekistonda yana 82 nafar odamda koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 9000 nafardan oshdi

2020 » Июль » 3



O‘zbekistonda 2020-yil 2-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 82 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, kasallanganlarning umumiy soni 9078 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

33 tasi Jizzax viloyatida (shundan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 27 tasi esa aholi orasida);
26 tasi Toshkent shahrida (shundan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 tasi aholi orasida);
17 tasi Toshkent viloyatida (shundan 12 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 tasi aholi orasida, bittasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
6 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avval Navoiyda tibbiyot xodimlarining koronavirusga chalinganini viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasdiqlagan, biroq soat 10:00 hamda soat 17:00 da berilgan SSV axborotlarida bu haqda ma’lumot berilmagandi.

Avval O‘zbekistonda 2020-yil 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 92 kishiga ko‘payib, 8996 nafarni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi. Kun davomida jami 297 nafar odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemorning 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

2-iyul kun davomida jami 187 nafar bemor (Qashqadaryoda 45 nafar, Toshkent shahri va viloyatida 130 nafar, Navoiyda 12 nafar) koronavirusdan tuzaldi va sog‘ayganlarning umumiy soni 6034 nafarga (66 foiz) yetdi.

15-martda, ya’ni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat qayd etilganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Просмотров: 34 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!