Главная » Shou-biznes yangiliklari » Obid Asomov: "Aybimiz to‘yda xizmat qilganimizmi?"

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Obid Asomov: "Aybimiz to‘yda xizmat qilganimizmi?"

2016 » Июль » 2




O‘zbekiston televideniyesida 30 iyun kuni namoyish
etilgan "Ahmadboy vasvasasi" filmida Ahmad
Tursunboyevning mijozlari orasida ko‘plab taniqli
shaxslar ham sanab o‘tilgan.

Qiziqchi Obid Asomov filmda o‘zining surati alohida
ko‘rsatilganidan taajjubda ekanini aytgan.
"Ahmadboy vasvasasi" filmining 20-daqiqalarida
qiziqchi Obid Asomovning to‘ydagi chiqishi aks etgan
suratni ko‘rish mumkin.

Obid Asomov Instagram tarmog‘idagi sahifasida
shunday yozadi:

“Kecha kechqurun xuddi yoz kunida qor yog‘gandek
bo‘ldi! Bugun butun mamlakatimizda salomdan keyin
bir savol" ko‘rdingmi?" Ha, yana Ahmadboy
mashmashasi! Aslida bu ko‘rsatuvga munosabat
bildirmasdim, lekin telefonim tutab ketdi! Butun
dunyodan qo‘ng‘iroqlar! Men ham ko‘rdim shu
ko‘rsatuvni, faqat ba‘zi joylariga tushunmadim! Firibgar
ushlanibdi, jinoyati fosh bo‘libdi, jazo olishi muqarrar
lekin... Biz sanьatkorlar nima qilib yuribmiz?
Tushunmagan tomoshabin bizni ham hamtovoqqa
chiqarib qo‘yyapti! Aybimiz to‘yda xizmat
qilganimizmi?

Avvalo, to‘y o‘tgan yili, yanglishmasam, noyabr oyida
bo‘lgan edi! Menga “shunaqa bir boy yigit o‘zini
farzandiga qo‘shib, “detdom”dan yetim bolalarni ham
sunnat qilib beryapti”, deyishdi. Juda katta to‘yxona,
kamida ikki ming kishi bo‘ldiyov! San‘atkorlar juda
ko‘p, “tv”ga tanlab-tanlab qo‘yishibdi! Tushunaman...
Ahmadboyni o‘sha kuni tanidim!!

To‘yxonada har soha vakillari, kazo-kazolardan tortib,
televideniye xodimlarigacha bor edi! Odam ko‘pligidan
militsiya xodimlari tartibga sololmadi! Biz
sanьatkormiz, aytilgan joyga boramiz! "Biznesmen"mi,
olimmi, hammolmi tanlanmaydi, hurmat qilib aytildi,
uyog‘i tirikchilik!

Endi boshqa savol, xo‘p bu yigit qallob ekan, nega
besh yil qo‘yib berishdi? Ko‘proq pul yig‘ilishini
poylashdimi? Eng asosiysi pul bergan boylar yo‘lini
topib ketar, oxirgi sigirini sotib topshirganlar nima
qilarkin! Puli qaytib berilarmikan? Haqiqat qaror
topishiga ishonaman! Shaxsan men hech narsani u
yigitga topshirganim yo‘q!! Lekin o‘sha to‘ydan
unutilmas voqea, to‘y oxirida o‘sha kuni kiygan yangi
tufligimni kimdir ilib ketdi! Ahmadboy uyidan o‘zining
tufligini olib chiqib berdi! Tufli uyda, mabodo kerak
bo‘lsa!

Men yo‘qotgan tufligimga roziman! Alloh hammamizga
insof bersin! Va nihoyat TV xodimlariga alohida rahmat,
besh yil TVdan chiqmaganimni hissasini chiqarishdi,
to‘rtta kanalda ketma ket ko‘rindim. Ramazon
muborak!!"-deb yozadi taniqli qiziqchi Obid Asomov
Instagramda.

Obid Asomovning fikrlariga yuzdan ortiq izohlar
qoldirilgan.

"Obid aka tuflini bir yilda ikkita qilib berish sharti bilan
olmagandingizmi? Ular shuni registratsiyasini
izlamoqda", deya kulguni belgisini qoldiradi birovi.
Izohlarning aksariyati shunday hazilomuz mazmunda
bo‘lib, qiziqchini quvvatlashgan.

Bundan tashqari Kun.uz saytiga ko‘ra, Obid Asomov
ular bilan bog‘lanib, "ushbu ko‘rsatuvda nega
san‘atkorlarning aralashtirganligiga tushunmaganligi,
Ahmadboyning yaxshi kunlarida xizmat qilgan ko‘plab
san‘atkorlar qolib, “chertib-chertib” Obid Asomovni
tilga olishganiga hayron qolganligi”ni aytgan.
i
"Axir kasbimiz shu, bizni xizmatga aytib kelishsa,
bormayman, deb turib olmaymiz-ku? Yaxshi kunlariga
taklif qilib kelgan muxlislarni ko‘ksidan itarmaymiz-
ku?!” - degan Obid Asomov shuningdek.

"Ahmadboy vasvasasi" filmidagi qahramonning
aytishicha, Ahmadboyning mijozlari orasida Mirzo
Xolmedov, Sherali Jo‘rayev kabi taniqli kishilar, boshqa
yana bir qancha san‘atkorlar ham bo‘lgan.

Biroq kecha O‘zbekiston Xalq Artisti Sherali
Jo‘rayevning vakili uning "Ahmadboy piramidasi"ga
asos solgan chinozlik Ahmad Tursunboyevning
mijozlari orasida bo‘lgani haqidagi da‘volarni rad etdi
Bi-bi-siga.

Taniqli hofizning hozirda O‘zbekiston tashqarisida, dam
olishda ekanini aytgan vakilning so‘zlariga ko‘ra, ular
payshanba kuni O‘zbekiston davlat telekanallari orqali
namoyish etilgan "Ahmad vasvasasi" nomli hujjatli
filmda yangragan iddaolardan taajjubga tushganlar.
Bi-bi-si suhbatlashgan hofizning yaqinlari ham uning
Ahmad Tursunboyevni tanimagani va u bilan hech
qanday muomalasi bo‘lmaganini urg‘ulashgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, "Sherali Jo‘rayevni yaqindan
bilgan insonlar uning hech qachon bu kabi ishga
aralashmasligini yaxshi bilishadi".

15 iyun kuni O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari
"moliyaviy piramida" tuzgan chinozlik 38 yoshli
tadbirkor Ahmad Tursunboyevni hibsga olgan.

Ahmadboy Tursunboyev O‘zbekiston Jinoyat
Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi
(firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni
suiiste‘mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish),
shuningdek, 177-modda - valyutani qonunga xilof
ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini
yashirish bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Просмотров: 422 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!