Главная » San'atkorlar biografiyasi » Otabek Mahkamov aslida kim aktyormi yoki yurist, asl kasbi nima? (biografiya)

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Otabek Mahkamov aslida kim aktyormi yoki yurist, asl kasbi nima? (biografiya)

2016 » Июль » 16




Otabek Mahkamov (1984-yil 5-sentab kuni Fargʻona
yoki Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbek kino
aktyori va huquqshunosi. Mahkamov bir necha
oʻzbek filmlaridagi yordamchi rollari bilan eʼtibor
qozongan. Mahkamov odatda salbiy rollarni
oʻynaydi. U yana oʻzbek qoʻshiqchilarning bir necha
klipida ham rol oʻynagan, jumladan, Ozodbek
Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi
klipida.

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3:
Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib
oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini
oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda eʼtibor qozondi.
Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq
filmlarga „Men yulduzman“ (2012),
„Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va
„Fotima“ (2013) filmlari kiradi.

2015-yil Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri, taʼlimi va
qobiliyatlari haqda har xil va yolgʻon maʼlumotlarni
berib borishi oshkor boʻldi. Bu haqda ilk maqola
2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida
boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. Bir
oydan keyin Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek
jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib
kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi.
Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi,
lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi
bildirildi.

Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi
davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.
Ammo u oʻzi haqda jurnalistlarga bergan qarama-
qarshi maʼlumotlarni izohlab berishdan bosh tortdi
va „Siz aytayotgan mish-mishda ... asos yoʻq!“,
deyish bilan cheklandi.

Hayoti
Otabek Mahkamov 1984-yil 5-sentabrda yoki
Fargʻona , yoki Toshkent shahrida tugʻilgan.
Mahkamov bergan ayrim intervyularida tugʻilgan
shahri Toshkent ekanligini,[4] boshqa intervyularida
esa Fargʻonada[5] tugʻilganini aytgan. Otasi
Abduvahob Sattorovich Mahkamov yoshligida vafot
etgan. 2009-yil onasi Raʼno Erkinovna vafot etgan.

Ish faoliyati
Oʻzbekistonda chop etiladigan gazetalarda
yozilishicha, Mahkamov huquqshunoslik boʻyicha oliy
maʼlumotga ega va shu sohada faoliyat olib boradi.
Gazeta-jurnallarda tarqatilgan
maʼlumotga koʻra, u hozirda Oʻzbekiston hisobchilar
va auditorlar milliy birlashmasida dars beradi.

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3:
Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib
oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini
oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda qisman eʼtibor
qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga
loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012),
„Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va
„Fotima“ (2013) filmlari kiradi.

Mahkamov filmlarda rol oʻynash bilan birga
oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar kliplarida ham rollar ijro
etib turadi. Jumladan, aktyor Ozodbek
Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida
rol oʻynagan.

Mahkamov yana mashhur kishilardan intervyu olib,
ularni turli xil gazeta-jurnallarda chop etgan.
Shu kungacha u Cary-Hiroyuki Tagawa , Frédéric
Diefenthal, Armand Assante , Ennio
Morricone , va Mithun Chakrabortylardan
olgan intervyularini chop etgan.

Tanqidi
2015-yilda Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri, olgan
taʼlimi va qobiliyatlari haqda har xil va yolgʻon
maʼlumotlarni berib borishi oshkor boʻldi. Bu
qarama-qarshiliklarning yuzaga chiqishiga
Mahkamovning Oʻzbekcha Vikipediya
administratorlaridan biriga oʻzi haqda maqola
yaratilishini iltimos qilib murojaat qilishi sabab
boʻldi. Bu haqda ilk batafsil maʼlumot 2015-
yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan
„Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. 2015-yilning
8-mart kuni Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek
jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib
kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi.

Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi,
lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi
bildirildi. Maqolaning toʻliq versiyasi keyinroq chop
etilishi bildirildi.

Mahkamovning tanqidlarga javobi
Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi
davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.

Ammo u oʻzi haqda jurnalistlarga bergan qarama-
qarshi va notoʻgʻri maʼlumotlarni izohlab berishdan
bosh tortdi. Aktyor „Siz aytayotgan mish-mishda
ham asos yoʻq! Kechirasiz-u, bir kishi toʻgʻrisida
maqola yozayotganida uning shaxsiyatiga tegib
emas, xolisona yondashish kerak emasmi?

Muxlislarning fikrlarida salbiy, haqoratomuz gaplarni
oʻqimadim. Demak, odamlar kimgadir ergashmayapti.
Yana bir muhim jihati, mevali daraxtga tosh otiladi.
Demak, men mevali daraxt ekanmanki, tosh
otishyapti“, deyish bilan cheklandi.

iddaolari
Mahkamov muntazam ravishda ingliz tilini
mukammal bilishini hamda ingliz tili unga ona tilidek
boʻlib qolganini taʼkidlab keladi.
Mahkamovning bu iddaosi ham tanqid qilindi.
Xususan, uning filmlarda, jumladan, „Yondiradi,
kuydiradi“ hamda „Kelgindi kelin 2 yoxud anjancha
muhabbat“ filmlarida ham notoʻgʻri tarjima qilgani,
ham notoʻgʻri gapirgani tanqidga uchradi.
Mahkamov intervyularining birida oʻzi ishtirok etgan
filmlarda ingliz tilida aynan oʻzi ovoz berganini aytib
oʻtgan.

Mahkamovning oʻz taʼlimi haqidagi iddaolari
Oʻzbekcha gazeta-jurnalarga koʻra, Mahkamov
Budapesht shahrida joylashgan „Markaziy Yevropa
huquqshunoslik universiteti“da oʻqigan. Baʼzi
intervyularida Mahkamov aynan shu universitetni
„BMT qoshidagi Markaziy Yevropa huquqiy
universiteti“ deb atagan. Boshqa bir maqolada
boʻlsa Mahkamov „Yevropa huquqni muhofaza qilish
organlari akademiyasining xalqaro xususiy huquq
boʻyicha yuridik fanlari doktori“ deb yozilgan.

Aslida Budapesht shahrida yoki bohsqa yerda bu
nom bilan ataluvchi universitet mavjud emas.
Mahkamovdan balki u Markaziy Yevropa
universitetini nazarda tutgani soʻralganda, aktyor
„Demak bu oʻsha“, deb javob berdi. Ammo oliygoh
xodimlari u yerda Otabek Mahkamov ismli shaxs
tahsil olmaganini rasman bildirishdi.

Mahkamov ayrim intervyularida aslida mavjud
boʻlmagan „Markaziy Yevropa huquqshunoslik
universiteti“ni PhD (falsafa doktori) darajasi bilan
tamomlaganini iddao qilgan. Yana bir
intervyusida PhD darajasini 2005-yil olganini iddao
qilgan. Oʻsha paytda Mahkamov 21 yoshda
boʻlgani va maktabni bitirganiga endigina toʻrt yil
boʻlgani eʼtiborga olinib, bu iddao ham yolgʻon
ekanligi aytildi.

Mahkamov baʼzi intervyularida „Yevropa
universiteti“da shunchaki malaka oshirganini aytgan.
Yana bir intervyusida „Markaziy Yevropa huquqiy
universiteti“da bakalavr darajasida olish uchun
oʻqiganini, keyin AQSHda magistratura qilganini
aytgan, ammo aniq qachon va qayerdaligini
ochiqlamagan.

Maqolani turli manbalardan foydalangan holda Hamidjon tayyorladi.

Просмотров: 1880 | Категория: San'atkorlar biografiyasi | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!