Главная » Tojikiston yangiliklari » Ozoda Rahmon amaldorlarga "fitr sadaqasi" berish majburiyatini topshirdi.

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Ozoda Rahmon amaldorlarga "fitr sadaqasi" berish majburiyatini topshirdi.

2016 » Июль » 2




Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning qizi va
uning ma‘muriyati rahbari Ozoda Rahmon amaldorlar,
tadbirkorlar va musulmon ulamolarni mamlakatdagi
kam ta‘minlangan va kambag‘al-muhtoj kishilarga "fitr
sadaqasi" berish majburiyatini topshirdi.

Ozoda Rahmon tomonidan imzolangan maxsus qarorda
ta‘kidlanishicha, davlat mulozimlari, diniy idora
vakillari va tadbirkorlar nafaqat Tojikistondagi kam
ta‘minlangan oilalarga yordam ko‘rsatishlari lozimgina
bo‘lib qolmasdan, bu topshiriqni qanday bajarganlari
bo‘yicha davlat idoralari oldida hisobot ham berishlari
kerak.

Farmonning bajarilishini nazorat qilish din ishlari
bo‘yicha qo‘mitaga yuklatilgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, Tojikistonda 18
ming davlat xizmatchisi va to‘rt ming imom xatiblar
bor.

Kam ta‘minlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish
g‘oyasi Tojikistonda birinchi bor amalga oshirilmoqda.
Oldinroq Prezident Rahmon bir necha bor
mamlakatdagi o‘ziga to‘q insonlarni ehson qilish va
kambag‘al fuqarolarga yordam berishga chaqirgan,
biroq bu chaqiriqlar ko‘proq taklif-maslahat mazmuni
kasb etgan edi.

Endilikda tojik amaldorlari, biznesmen va diniy
ulamolar muqaddas Ramazon oyi tugashi munosabati
bilan rasman bayram xayriyasi amalga oshirishlari va
bu haqda tegishli idoralarga hisob berishlari talab
etiladi.

Tojikistonda Iyd al Fitr 6 iyulda nishonlanishi e‘lon
qilindi. Musulmonlar bu kuni Hayit namoziga
chiqadilar. Hamda muhtojlarga fitr sadaqasi
ulashadilar.

Avvalroq Tojikiston Islom markazi ulamolar kengashi
har bir kishi berishi lozim bo‘lgan fitr sadaqa miqdorini
5 somoni(bir dollardan kamroq) qilib belgilagandi.
Iyd al Fitr Islom diniga binoan musulmonlarning asosiy
ikki bayramidan biri bo‘lib, ikki oydan so‘ng Qurbon
bayrami o‘tkaziladi. Hayit uch kun davom etadi. Hayit
kunlari mehmonlar chaqiriladi, mehmonga boriladi,
marhumlarning qabri ziyorat qilinadi, sovg‘alar,
sadaqalar ulashiladi va ginalar unutiladi.

Просмотров: 316 | Категория: Tojikiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!