Главная » Shou-biznes yangiliklari » Ozoda Saidzoda: Men haqimdagi asossiz gap- so‘zlar televideniye va radioga ham yetib bordi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Ozoda Saidzoda: Men haqimdagi asossiz gap- so‘zlar televideniye va radioga ham yetib bordi

2016 » Май » 30



Xonanda Ozoda Saidzoda ijtimoiy tarmoqlarga litsenziya
guvohnomasi suratini joylab, “Asossiz gaplarni
tarqatavermanglar”, qabilida xabar qoldirdi. Jurnalist
Feruz Muhammad qanday asossiz gaplar haqida so‘z
borayotganini bilish maqsadida xonanda bilan
suhbatlashdi.

— Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga “Asosiz gap
tarqatavermanglar” deb yozib, amal qilish muddati 2017-
yil mart oyigacha bo‘lgan litsenziyangiz suratini
joylashtiribsiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?
— So‘nggi vaqtlarda “Ozodaning litsenziyasi yo‘q”, degan
asossiz, uydirma gaplarni qasddan tarqatishmoqda. Bu
gap-so‘zlar katta-katta tashkilotlarga, xususan,
televideniye, radioga yetib borgani, boz ustiga, muxlislar
ham mendan bu masalada javob kutayotgani uchun
litsenziyam suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga
joyladim.
— Litsenziya guvohnomangizda O‘zbekistonda va undan
tashqarida konsert berishingiz mumkinligi qayd etilgan.
Yaqin vaqt ichida, masalan, “Istiqlol” san’at saroyida
konsert berishingiz mumkinmi?
— Bunga harakatimiz bor. “Istiqlol” da konsert berishimiz
uchun kun topib berishsa, albatta konsert beramiz. Hozir
xonandalarning ko‘pligidan, ushbu saroyning bo‘sh kuni
yo‘q.
— Avvalgi intervyularingizning birida “E’tirof et” nomli
albomni tugallash arafasidamiz, degan edingiz.
— Aslida albom yozib tugatilgan, faqat texnik ishlari
oxirigacha yakunlanmaganligi sabab muxlislar e’tiboriga
havola qilmay turgan edik. Biroq albomning qoralama
varianti tarqab ketdi. Tez kunlarda albomning asl
nusxasini muxlislarimizga taqdim etamiz.

Просмотров: 354 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!