Главная » O'zbekiston yangiliklari » Parkentda pul yig‘ish bosimi ostida qolgan bir o‘smir o‘zini osdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Parkentda pul yig‘ish bosimi ostida qolgan bir o‘smir o‘zini osdi

2016 » Июнь » 15




Ozodlikka 14 iyun kuni ma’lum
bo‘lishicha¸ Toshkent viloyati Parkent
tumani Shampan qishlog‘idagi 18-
maktabning 8-sinf o‘quvchisi,
o‘qituvchisining sinfdoshlari oldida
qattiq izza qilganiga chiday olmay¸ 7
may kuni uyiga kelib o‘zini osgan.
Voqeadan xabardor Ozodlik manbalari¸
o‘spirin o‘limi bilan prokuratura
shug‘ullanaëtganiga qaramay¸ kambag‘al
oilaning bolasini noqonuniy yig‘im
berishga majburlagan o‘qituvchining
suvdan quruq chiqqanini aytmoqda.
Ozodlikka bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib yetib
kelgan xabarga ko‘ra¸ Shampan qishlog‘idagi
18-maktabning 8-sinfini bitiraëtgan 15
yashar o‘spirin yigitning o‘ligi 7 may kuni
oqshomga yaqin molxona to‘siniga osilgan
holda topilgan.

O‘spirinni yaxshi bilgan sinfdoshlariga
ko‘ra¸ o‘tirish va imtihonlarga 50-60 ming
so‘mdan pul yiqqan sinf rahbari pul
bermagani uchun bolani sinfdoshlari
oldida ochiq kalaka qilgan.

"O‘g‘il bolamisan o‘zi? O‘g‘il bola bo‘lsang¸
opkelmaysanmi pulni. Berolmasang¸ bor
ana qizlarning orasiga kirib o‘tir¸ deb
izza qilgan. Men bularning yashash-
turishini yaxshi bilaman. Ota-onasi qo‘li
yupqa odamlar¸ uzumzor fermerning yerida
ishlaydi. Beshta bolasi bor¸ yashashi
haminqadar. "Dadam oyligi olsa¸ beraman
dedi," deganiga qaramay¸ o‘qituvchi "san o‘g‘il
bolamassan," deb orqa partaga o‘tqizib
qo‘ygan. Urgan ham deyishdi¸ bunisini aniq
bilmayman. Uyiga borganu¸ nomusga
chidolmay o‘zini osgan," deydi marhum
mahalladoshlaridan biri.

Parkent tuman huquq tizimlaridagi
rasmiy manbalar¸ shunday suiqasd
bo‘lganini tasdiqladi va bu ish bo‘yicha
tuman prokuraturasi tekshiruv
o‘tkazaëtganini bildirdi.

"Bu voqeadan keyin uch-to‘rt kun maktabga
tergovchilar kelib¸ sinfdoshlarini so‘roq
qilishdi. Gap orasida bolalar pul
berolmagani uchun marhumning izza
qilinganini¸ bu ishni kim qilganini ham
aytib berishgan. Lekin 15 yashar o‘smirga
“o‘g‘il bolamisan o‘zi” degan haqoratli
muomala qilgan o‘qituvchi bundan oldin ham
bolalarni urib-so‘kkani uchun tergovga
tortilgan edi. Lekin orqasi kuchli
shekilli¸ oldin ham suvdan quruq chiqdi¸ bu
gal ham bosti-bosti bo‘layapti"¸ deydi
voqea tafsilotlaridan xabardor Ozodlik
manbasi.

Marhumning oilasi bilan gaplashgan
mahalladoshlaridan birining Ozodlikka
aytishicha¸ farzand dog‘ida kuyib ado
bo‘laëzgan ona¸ egizak farzandlaridan
birining o‘limi uchun "maktab va yig‘di-
yig‘dilarni" ayblamoqda.

Ammo Ozodlik hozircha oilaning o‘z o‘g‘li
o‘limida maktab ëki sinf rahbari ustidan
rasman da’vo arizasi ëzgani haqida aniq
ma’lumotga ega emas.

O‘tgan yillardagi kabi bu yil ham o‘quv yili
yakuni arafasida mamlakat maktablarida
o‘quvchilarning bitiruv kechalarini
o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymaslik, imtihonlar
yoki boshqa tadbirlar uchun o‘quvchilardan
pul yig‘ish, maktab rahbarlari yoki
o‘qituvchilarga sovg‘alar taqdim qilishga
yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘qituvchilar, sinf
rahbarlari hamda maktab direktorlaridan
"kafolat xat"lari olindi.

Xususan¸ Toshkentdagi maktablardan
birining rahbari Ozodlik bilan suhbatda
bu haqda shahar xalq ta’limi
boshqarmasidan qattiq topshiriq bo‘lganini
aytgan edi:
- Bu yil juda qattiq bo‘lyapti. Kecha ota-
onalar va o‘qituvchilarni yig‘ib bitiruv
kechalarini o‘tkazmaslik to‘g‘risida
"kafolat xat"larini oldik. Ularga aytdik,
pul yig‘im-terimlari bo‘lmaydi. Bunga yo‘l
qo‘ygan o‘qituvchi ishdan ketadi,- dedi ismi
sir qolishini istagan toshkentlik maktab
rahbari.

O‘zbekistonda bunday taqiqqa qaramay
bitiruv kechalari va o‘qituvchilarga sovg‘a
berishlar davom etaverishi ortidan bu yil
mazkur jaraënni jilovlashga huquq-
tartibot idoralari ham jalb qilingani
aytilgan edi.

Ammo parkentlik o‘smirin o‘limiga olib
kelgan bosimning aynan shunday yig‘di-
yig‘di bilan bog‘liq ekani haqidagi
taxminlardan¸ bu jaraënning deyarli
o‘zgarishsiz davom etaëtgani kuzatiladi.

Просмотров: 703 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!