Главная » O'zbekiston yangiliklari » “Paxtakor” O‘zbekiston Kubogi musobaqasini nimchorak finaldayoq tark etdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

“Paxtakor” O‘zbekiston Kubogi musobaqasini nimchorak finaldayoq tark etdi

2016 » Май » 23



O‘zbekiston futbolining so‘nggi ikki yillikdagi chempioni
Toshkentning “Paxtakor” klubi O‘zbekiston Kubogidan
chiqib ketdi. “Buxoro”ga har ikki bellashuvda ham
imkoniyatni boy bergan amaldagi chempion avvalroq
Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichini ham
muvaffaqiyatli yakunlay olmagandi .

O‘zbekiston Kubogi. Chorak finalning olti ishtirokchisi
nomi aniq bo‘ldi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan 18-may kungi dastlabki o‘yinda
Aziz Ibragimovning yagona goli “Buxoro”ning g‘alabasini
ta’minlab berdi . Oradan to‘rt kun o‘tib tashkil etilgan
javob o‘yinida ham Buxoro shahri klubi minimal hisobda
zafar quchdi. O‘tgan mavsumni “Paxtakor” safida
o‘tkazgan Bahodir Pardayevning 80-daqiqada kiritgan
yagona goli mezbonlar g‘alabasi uchun kifoya qildi.
Qayd etish kerak, 2016-yil hisobidan “Paxtakor” va
“Buxoro” klublari o‘zaro uch bor to‘qnash keldi.
Shularning 2 tasida Buxoro klubining qo‘li baland kelgan
va 1 tasida g‘olib jamoa aniqlanmagan. Mana shu uch
o‘yinda “Paxtakor” raqibi darvozasiga biror marta ham
yo‘l topa olmadi.
Shu tariqa “Buxoro” chorak finalga yo‘llanma olgan
yettinchi klubga aylandi. Bunga qadar “Bunyodkor”,
“Nasaf”, “Metallurg”, “Mash’al”, “Qo‘qon—1912” va
“Andijon” klublari ham chorak finalda to‘p surish huquqini
qo‘lga kiritgandi.
“Championat.asia” xabariga ko‘ra , ertaga — 23-may kuni
O‘zbekiston Kubogining chorak finaliga yo‘l olgan
jamoalar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda
juftliklar birinchi bo‘lib kimning maydonida to‘p surishiga
oydinlik kiritiladi.
Ma’lumot uchun, nimchorak finaldan joy olgan faqatgina
1 ta o‘yin qolgan bo‘lib, 8-iyun kuni Toshkentda
“Lokomotiv” va “O‘zDongJu” klublari to‘qnash keladi.
Birinchi o‘yinda “temiryo‘lchilar” 4:1 hisobida
muvaffaqiyat qozongandi.
O‘zbekiston Kubogi
18/final. Javob o‘yini
22-may, yakshanba
“Buxoro” — “Paxtakor” 1:0
Gol: Bahodir Pardayev, 80-pen (1:0).
Dastlabki uchrashuv: 1:0
Chorak final juftliklari
“Buxoro” — “Qo‘qon—1912”
“Andijon” — “Nasaf”
“Bunyodkor” — “Metallurg”
“Mash’al” — “Lokomotiv”/”O‘zDongJu”

Просмотров: 485 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!