Главная » Dunyo Yangiliklari » Poroshenko Donbass va Qrimni qaytarib olishga va’da berdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Poroshenko Donbass va Qrimni qaytarib olishga va’da berdi

2016 » Май » 26



Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, harbiy xizmatchi
Nadejda Savchenko mamlakatga qaytarilganidek,
Donbass bilan Qrimni ham qaytarib olishga va’da berdi.
Bu haqda u prezident ma’muriyatidagi chiqishida aytib
o‘tdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Rossiyada 22 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga
hukm qilingan ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda
Savchenko 25-may kuni RF prezidenti Vladimir Putin
tomonidan afv etilib, Ukrainaga topshirildi. U Kiyevga
Ukraina prezidenti samolyotida olib kelindi.
O‘z navbatida, Poroshenko Donbassdagi harbiy
to‘qnashuvlarda ishtirok etgani uchun Ukrainada
sudlangan Rossiya fuqarolari Yevgeniy Yerofeyev va
Aleksandr Aleksandrovlarni afv etdi; ular Moskvaga
yuborildi.
Ukraina prezidenti Germaniya kansleri Angela Merkelga,
Fransiya prezidenti Fransua Ollandga va boshqa
siyosatchilarga Savchenkoni ozod qilishda ko‘rsatilgan
yordam uchun minnatdorlik bildirdi. U rejissor Oleg
Sensov hamda Rossiyada tutib turilgan boshqa Ukraina
fuqarolarini ozodlikka chiqarish yo‘lidagi harakatni davom
ettirishini aytib o‘tdi.
Poroshenkodan so‘ng Savchenko chiqish qildi. U ko‘plab
ukrainaliklar Donbassda halok bo‘lgan bir paytda tirik
qolgani uchun kechirim so‘radi.
Poroshenko Savchenkoni “Oltin Yulduz” ordeni bilan
taqdirladi. Ushbu orden Ukraina Qahramoni unvoniga
sazovor bo‘lgan fuqarolarga taqdim etiladi.

Просмотров: 308 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!