Главная » O'zbekiston yangiliklari » Prezident Islom Karimov Emomali Rahmon bilan uchrashdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Prezident Islom Karimov Emomali Rahmon bilan uchrashdi

2016 » Июнь » 23




O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov 23 iyun kuni Ko`ksaroyda Shanxay
hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok
etish uchun mamlakatimizga tashrif
buyurgan Tojikiston Respublikasi
Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv
o`tkazdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali
Rahmon bilan uchrashuvda o`zbek va tojik
xalqlarini azaliy do`stlik va qo`shnichilik
rishtalari, madaniyat va an`analar uyg`unligi
bog`lab turishi ta`kidlandi.

Bugungi kunda O`zbekiston bilan Tojikiston
o`rtasidagi hamkorlik ko`plab sohalarda izchil
rivojlanib, o`zaro savdo aylanmasi muttasil
o`sib bormoqda. 2016 yilning dastlabki to`rt
oyida o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 17,6 foiz
oshdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimizda hali
foydalanilmagan imkoniyatlar ko`pligi, ularni
ishga solish ikki tomon uchun ham manfaatli
ekani ta`kidlandi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-
gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni
yanada mustahkamlash masalalari ko`rib
chiqildi.

Emomali Rahmon Tojikiston O`zbekiston bilan
hamkorlikni yuksak qadrlashini, ushbu
uchrashuv o`zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo`lganini ta`kidladi.

Mazmunli uchrashuv uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Просмотров: 277 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!