Главная » O'zbekiston yangiliklari » Prezident Islom Karimov oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishga oid yangi qarorni imzoladi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Prezident Islom Karimov oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishga oid yangi qarorni imzoladi

2016 » Май » 27




Kecha, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov “2016/2017 o‘quv
yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
to‘g‘risida” qarorga imzo chekdi. Qarorning to‘liq
matni O‘zA saytida chop etildi.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va
mintaqalarida talab etiladigan ixtisosliklar
bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni sifatli
tayyorlashni ta’minlash, oliy ta’lim
muassasalariga qabul qilishda ish
beruvchilarning oliy ma’lumotli
mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini,
shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy
o‘zgartirishlarning maqsadli o‘rta muddatli
dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlarni
modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va
diversifikatsiyalashni, mamlakat mintaqalarini
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni
hisobga olgan holda o‘zaro bog‘liqligi va
mutanosibligini kuchaytirish maqsadida:

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi,
Moliya vazirligi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim
muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
bilan birgalikda, aksiyadorlik kompaniyalari,
xo‘jalik birlashmalari va korxonalar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari ishtirokida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015
yil 23 iyundagi “Respublika oliy o‘quv yurtlariga
qabul qilish parametrlarini shakllantirish
mexanizmini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2360-sonli qaroriga
muvofiq oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish
parametrlari va yangi qurilayotgan
korxonalarning hududiy joylashuvi,
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar bo‘yicha
dasturiy chora-tadbirlarni, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va
diversifikatsiyalash, yo‘l-transport va
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini
rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini
amalga oshirish omillarini tahlil qilishni
hisobga olgan holda oliy o‘quv yurtlarining
bitiruvchilariga nisbatan ish beruvchilarning
talab-ehtiyoji balans hisob-kitoblari ishlab
chiqildi;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy
ma’lumotli mutaxassislar bilan amalda
ta’minlanganligini ekspertizadan o‘tkazib
baholash natijalariga ko‘ra bakalavriat
tayyorlashning 18 ta yangi mutaxassisligi joriy
etilishini nazarda tutuvchi oliy ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ro‘yxatiga
tegishli o‘zgartirishlar kiritildi;
oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlar va
mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilariga
nisbatan istiqbolga mo‘ljallangan talab-
ehtiyojga, shuningdek, bitiruvchilarning
tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashuvi
monitoringi asosida 2016/2017 o‘quv yilida
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
kvotalari shakllantirildi.

2. 2016/2017 o‘quv yili uchun:
bakalavrlarni 57907 nafar, shu jumladan,
davlat grantlari bo‘yicha – 19120 va to‘lov-
kontrakt asosida – 38787 nafar miqdorida 1-
ilovaga muvofiq;
magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat
grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt
asosida – 3452 nafar miqdorida 2-ilovaga
muvofiq;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot
bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limida
bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari
bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi
bo‘limida – 50 nafar, shu jumladan, davlat
grantlari bo‘yicha – 15 nafar va to‘lov-kontrakt
asosida – 35 nafar qabul qilish umumiy
kvotalari 3-ilovaga muvofiq belgilansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markazi, Toshkent tibbiyot
akademiyasining 2016/2017 o‘quv yilidan boshlab
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch
filialiga o‘qishga qabul qilishni to‘xtatish
to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi
yetakchi universitetlar va oliy o‘quv yurtlari
bilan qalin hamkorlik doirasida keng ko‘lamda
ishtirok etgan holda 2016/2017 o‘quv yili
boshlangunga qadar barcha o‘quv rejalari va
dasturlari tubdan qayta ishlab chiqilishini
nihoyasiga yetkazishni ta’minlasin, fanlarni
o‘qitishning eskirgan, umrini o‘tab bo‘lgan
yondashuv va uslublaridan batamom voz kechishni,
bakalavriat va magistraturada jahon fani va
ilg‘or pedagogik texnologiyalarning zamonaviy
yutuqlariga asoslangan yangi o‘quv rejalari va
dasturlarini joriy etishni, shuningdek, ta’lim
jarayonida ularni amalga oshirish hamda oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirish uchun birinchi navbatda fundamental va
texnik mutaxassisliklar bo‘yicha yetakchi xorijiy
olimlar va o‘qituvchilarni jalb etishni nazarda
tutsin;
oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari
faoliyatiga baho berishda va moddiy
rag‘batlantirishda ularning xorijiy tillarni
qay darajada egallaganligiga hamda zamonaviy
pedagogik, multimedia va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonida
qo‘llay olish saviyasiga ahamiyat bersin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015
yil 12 iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga
binoan tashkil qilingan mamlakat oliy o‘quv
yurtlarining 15 ta tayanch markazlarida oliy
ta’lim muassasalarining rahbar va professor-
o‘qituvchilar tarkibini yangi o‘quv dasturlari va
ta’lim uslublari bo‘yicha qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni 2016 yilning 1 iyulidan
tashkil qilishni ta’minlasin, shu maqsadda chet
ellardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining
olimlari va professorlarini keng jalb qilsin.

5. 2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston
Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga
qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi
o‘rinlarda – Davlat komissiyasi)ning tarkibi 4-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat komissiyasiga bakalavriat tayyorlashning
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish
chog‘ida abituriyentlar to‘plagan ballarning
reyting bahosini hisobga olgan holda
bakalavriat va magistraturaga qabul qilishning
belgilangan umumiy kvotalari doirasida oliy
ta’lim muassasalariga qabul qilish
parametrlariga o‘zgartishlar kiritish huquqi
berilsin.

6. O‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari
bo‘lgan vazirlik va idoralar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markazi bilan birgalikda bir
hafta muddatda o‘zlariga qarashli oliy ta’lim
muassasalari doirasida bakalavriat va
magistratura bo‘yicha davlat granti hamda to‘lov-
kontrakt asosida o‘rinlar kvotasini ta’lim
tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni
Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazi bilan birgalikda:
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar
klassifikatoriga yangi kiritilayotgan
bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan tartibda
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin;
shu yilning 1 avgustiga qadar yangi kiritilayotgan
bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va
dasturlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda
tasdiqlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2016/2017 o‘quv yilida davlat grantlari asosida
bakalavriat va magistraturaga qabul qilish
bo‘yicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan
holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini
ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi o‘z tasarrufida oliy ta’lim
muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi bilan
birgalikda:
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu
qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlarining idoraviy me’yoriy-huquqiy
hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin..

Просмотров: 620 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!