Главная » O'zbekiston yangiliklari » Qanday qilib O‘zbekistondagi o‘quv markazida o‘qib, nufuzli xalqaro universitet diplomini qo‘lga kiritish mumkin?

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Qanday qilib O‘zbekistondagi o‘quv markazida o‘qib, nufuzli xalqaro universitet diplomini qo‘lga kiritish mumkin?

2016 » Май » 5



O‘zbekistondagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini har
yili 500 mingdan ortiq o‘quvchi tamomlaydi, biroq ularning
faqat 60 mingga yaqini oliy o‘quv yurtlari talabasiga
aylanadi. Fast and Easy o‘quv markazi mamlakatimizning
qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, o‘z ustida ishlashga
tayyor, eng asosiysi, nufuzli mahalliy va xalqaro
moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarda karyera qilish istagida
bo‘lgan tirishqoq yoshlarni ACCA (Association of
Chartered Certified Accountants) kursini o‘rganish
vositasida Angliyadagi nufuzli Oksford-Bruks universiteti
bakalavr diplomini qo‘lga kiritishga chorlaydi.
O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2015—2018-yillarda
barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni
nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro
moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni
o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan,
keyingi yillar davomida O‘zbekistonda ayniqsa xalqaro
buxgalteriya standartlari yo‘nalishida zarur bilim va
ko‘nikmaga ega mutaxassislarga bo‘lgan talab sezilarli
oshishi kutilmoqda. Fast and Easy o‘quv markazining
joriy taklifi esa ushbu farmonidan kelib chiqqan talablar
ijrosini ta’minlash yo‘lidagi kamtarona bir harakatdir.
1904-yilda asos solingan ACCA (Association of Chartered
Certified Accountants) bugungi kunda professional
doiralarda yuqori maqomga ega oliy toifali
buxgalterlarning eng yirik xalqaro kasbiy tashkiloti bo‘lib,
mazkur — ACCA malakasiga ega bo‘lish xalqaro
miqyosda eng obro‘li ko‘rsatkichlardan biri sanaladi.
Dunyoning qariyb barcha davlatlari tomonidan tan
olinadigan ACCA kursi moliyaviy masalalar bo‘yicha
direktorlar, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar,
moliyaviy tahlilchilar, shuningdek, professional ta’lim olish
niyatida bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan. ACCA kursida
ta’lim olayotganlar va, eng asosiysi, ACCA imtihonlarini
muvvafaqiyatli topshirgan talabalar parallel ravishda
Oksford-Bruks universitetining buxgalteriya hisobi
bo‘yicha bakalavr diplomini ham qo‘lga kiritishi mumkin.
O‘zbekistonlik talabgorlarda Fast and Easy o‘quv
markazida ACCA kurslarini to‘liq o‘qib, Oksford-Bruks
universitetining bakalavr darajasini olish uchun zarur
barcha bilimlarni chuqur egallash imkoniyati mavjud.
Agar talaba ingliz tilini bilsa (IELTS’da 6 dan yuqori ballga
ega bo‘lsa), Oksford-Bruks universiteti diplomi va ACCA
diplomini qo‘lga kiritish uchun 4 yil, agar talaba ingliz
tilida zarur ko‘nikmaga ega bo‘lmasa, 5 yil kerak bo‘ladi
(bunda Fast and Easy ta’limning birinchi yilida talabaga
ingliz tili va matematika bo‘yicha saboq beradi).
Talabgorlar ko‘pligi sabab, Fast and Easy o‘quv markazi 5
yillik dasturga imtihon asosida qabul e’lon qilgan.
ACCA o‘quv kurslarining har bir yo‘nalishi bo‘yicha darslar
yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. 4—
5 yillik o‘quv davri mobaynida kollej bitiruvchisi
hisoblangan talaba 14 ta, universitetni tamomlab, so‘ng
ACCA kurslariga yozilgan tinglovchi esa 9 ta imtihon
topshiradi (imtihonlarning bari masofadan turib,
O‘zbekistonda — British Council vakolatxonasida yoki
Fast and Easy o‘quv markazida topshiriladi), asosiy
imtihon — diplom himoyasi esa Angliyaning bevosita
Oksford-Bruks universiteti professorlari tomonidan
o‘tkaziladi.
Muvaffaqiyatli diplom himoyasi — nufuzli mahalliy va
xalqaro moliya, sug‘urta, buxgalteriya kompaniyalari,
tashkilotlari va banklardagi unumli faoliyat debochasi
uchun asosdir. Fast and Easy o‘quv markazi
mutaxassislari o‘z talabalari faqat va faqat muvaffaqiyatli
diplom himoyasi uchun tayyorlaydi. Asosiysi,
O‘zbekistondagi o‘quv markazida o‘qib, chet eldagi nufuzli
va O‘zbekistonda ham tan olinadigan oliy ta’lim
muassasasi diplomini qo‘lga kiritasiz.

Просмотров: 865 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!