Главная » Dunyo Yangiliklari » Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevga o‘qilgan umrbod qamoq hukmi o‘z kuchida qoldi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevga o‘qilgan umrbod qamoq hukmi o‘z kuchida qoldi

2016 » Июнь » 4




Qirg‘iziston harbiy sudi birinchi instansiyaning
mamlakat sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevni va
uning ukasi Jonibek Bakiyevni umrbod qamoq
jazosiga mahkum qilish to‘g‘risidagi qarorini o‘z
kuchida qoldirdi. Ular 2010-yilning 7-aprelida
qurolsiz xalqni yoppasiga qirg‘in qilishda aybdor deb
topilgan edi, deb eslatmoqda “Interfaks”.

Respublika harbiy sudiga raislik qiluvchi sudya
Nurlan Ashimbekov ikkala Bakiyev qotillikda,
mansabini suiiste’mol qilishda aybdor deb
topilganini, ular umrbod qamoq jazosiga mol-mulkini
musodara qilish bilan hukm etilganini yana bir bor
e’lon qildi.
Bakiyev, shuningdek, 2002-yilning 17-martida,
Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimini egallab turganida
mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etganlikda
hamda 2006-yilda muxolif siyosatchi Omurbek
Tekebayevga qarshi noqonuniy ish ochganlikda
aybdor deb topildi.
Bakiyevlardan tashqari, ularning sheriklari, sobiq
davlat mansabdorlari Doniyor Dunganov va Nurlan
Temirboyevlar 25 yilga ozodlikdan mahrum qilish
jazosiga hukm qilindi. Yana bir qator javobgarlar turli
muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi.
Qarorlar sirtdan qabul qilindi — Bakiyevlar ayni
paytda chet o‘lkada qochqinlikda bo‘lib, hukmni ijro
etish imkoniyati yo‘q.

Просмотров: 306 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!