Главная » Dunyo Yangiliklari » Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev haqida ma'lumot

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev haqida ma'lumot

2016 » Май » 9




Nursulton Abishevich Nazarboyev (6-iyul 1970-yil, Chemolgʻan qishlogʻi, Almati viloyati ) —
Qozogʻiston Respublikasining birinchi va yagona prezidenti. Nazarboyev 1984-1989 yillarda Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi, 1989-1991 yillarda Qozogʻiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi boʻlib ishlagan. U «Millat lideri» unvoni sohibidir.

Bolalik davri
Nursulton Nazarboyev 1940-yil 6-iyulda Almati viloyatining Qaskelen tumanidagi Chemolgʻan qishlogʻida Abish va Aljan Nazarboyevlarning oilasida dunyoga kelgan. Nursulton Nazarboyev
Katta juzning shaprashti urugʻiga kiradi. Unga ota-onasi Nursulton deb ism qoʻygan. Chaqaloqqa ism tanlashning oʻzi bir hikoyaga aylangan. Toʻyga tashrif buyurgan qarindosh-urugʻlar har turli ismlarni taklif qilgan. Eng soʻnggida yangi tugʻilgan oʻgʻilning buvisi Mirzabola shunday degan: „Mening sevimli nevaram ikki ismni olib yursin, uning ismi Nursulton boʻlsin”. Mirzabola nevarasining muvaffaqiyatli inson boʻlib voyaga yetishiga katta hissa qoʻshgan.
Nazarboyevning otasi — Abish 1903-yil Olatov togʻining etaklarida, Nazarboy biyning oilasida dunyoga kelgan. Abish Nazarboyev quvnoq, hurmatli kishi boʻlgan. U nafaqat qozoq tili , balki
rus va bolgar tillarini ham bilgan. Abish Nazarboyev qozoq va rus qoʻshiqlarini ixlos bilan kuylagan. U 1971-yil vafot etgan.
Nazarboyevning onasi — Aljon 1910-yil Jambul viloyati Qoʻrday tumani Qasiq qishlogʻida dunyoga kelgan. Aljon Nazarboyeva 1977-yil olamdan oʻtgan.
Maktabda Nursulton Nazarboyev yaxshi oʻqigan. U faqat oʻz sinfidagina emas, balki maktabdagi eng aʼlochi oʻquvchilardan biri boʻlgan.
Xizmat yoʻli va siyosiy karerasi
1960-yil Dneprodzerjinsk texnik uchilishini, 1967-yil Qaragʻandi metallurgiya kombinatiga qarashli oliy texnik oʻquv yurtini, 1976-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy qoʻmitasiga qarashli Oliy partiya maktabini bitirgan.
Xizmat yoʻlini 1960-yil Temirtau shahridagi Qaragʻandi metallurgiya kombinatida oddiy ishchi boʻlib boshladi va domna sexining katta gazchisi vazifasigacha koʻtarildi.
1960— 1969 y. — Qaragʻandi metallurgiya zavodida ishladi.
1969— 1973 y. — Qaragʻandi viloyati Temirtau shahridagi partiya-komsomol ishlarida maʼsulyatli xizmatlar qildi.
1973— 1977 y. — Qaragʻandi metallurgiya kombinatining portkom kotibi.
1977— 1979 y. — Qaragʻandi viloyat partiya qoʻmitasining kotibi, 2-kotibi.
1979— 1984 y. — Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining kotibi.
1984— 1989 y. — Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi.
1989— 1991 y. — Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi,
1990-yil fevral— aprel orasida Qozoq SSR Oliy Sovetining raisi boʻldi.
Prezidentlik
1990-yilning aprelidan — Qozoq SSR Prezidenti.
1991-yil 1-dekabrda ilk bor Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi boʻlib oʻtdi. Saylov natijasida Nursulton Abishevich Nazarboyev (98,7 wacko ovoz bilan gʻalabaga erishdi.
1995-yil 29-aprelda umumxalq referendum natijasida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning vakolatligi
2000-yilgacha uzaytirildi. 1999-yil 10-yanvarda oʻtgan umumxalq saylovning natijasida N.A.Nazarboyev 79,78 % ovoz yigʻib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qayta saylandi.
2005-yil 4-dekabrda saylovda 91,5 % ovozga ega boʻlib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qaytadan saylandi.

Oppozitsiya Nazarboyevni kelishmovchiliklarda aybladi. U gʻolib boʻlgan prezidentlik saylovi, qozoq oppozitsiyasi va gʻarb nazoratchilarining tanqidiga uchrab, ularning fikricha saylov demokratik standartlarga mos ravishva oʻtmadi deb baholandi.

2011-yil 3-aprelda belgilangan muddatidan oldin boʻlgan prezident saylovida toʻrtinchi bor 95,5 foiz ovoz bilan Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlib, 2016-yilgacha Nursulton Nazarboyev saylandi.

Qozogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qozogʻiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi. Agarda Qozogʻiston Respublikasining toʻngʻich prezidenti boʻlsa, qonunda bunga cheklash qoʻyilmagan.
2011-yil dekabr oyida Mangʻistau viloyatida qatʼiy naroziliklar uyushtirildi. BBCda yozishicha N.A.Nazarboyev boshqaruv vaqtidagi eng katta qatʼiy naroziliklar aksiyasi shu edi.

Oilasi
Xotini — Sara Nazarbayeva — Xalqaro «Boʻbek» bolalar xayriya fondini boshqaradi.
Prezidentning uchta qizi bor:
Darigʻa — siyosiy fanlar doktori, JAV "Xabar" Axborot agentligining direktorlar Kenggashining raisi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti majlisining deputati.
Dinara — N.A.Nazarboyev nomli taʼlim fondiga boshchilik qiladi. Forbes jurnalining maʼlumoti boʻyicha 2011-yilda 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil qiluvchi boyligi bilan Qozogʻistonning eng boy ayoli hisoblanadi (dunyoda № 938 va Qozogʻistonda № 4 oʻrinda). Timur Qulibayevning ayoli.
Aliya — biznes bilan shugʻullanadi, «Elitstroy» qurulish kompaniyasini boshqaradi.
N.A.Nazarboyevning yettita nevarasi va ikkita chevarasi bor.

Kitoblari
N.A.Nazarboyev bir qator ilmiy mehnatlarning, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari va jamoviy-siyosiy mavzu boʻyicha kitoblarning avtori:
«Казахстанский путь»
«Стальной профиль Казахстана»
«Без правых и левых»
«Стратегия ресурсосбережения и переход к рынку»
«Кремлёвский тупик»
«Стратегия становления и развития Казахстана как суверенного государства»
«Рынок и социально-экономическое развитие»
«На пороге XXI века»
«Н. А. Назарбаев. Евразийский союз: идеи, практика, перспективы. 1994—1997»
«Ғасырлар тоғысында» (А., 1996),
«В потоке истории»
«Эпицентр мира»
va boshqalar.

Iqtiboslari
“Qozogʻiston kelajagi — qozoq tilida.”
“Kecha boʻlmaganning bugun boʻlishi mumkin, bugun boʻlganning ertaga boʻlishi mumkin, biroq ona tiliga eʼtibor bermaslikning, uni hurmat qilmasning oʻrni toʻlmas chuqurliklarga olib kelishi shubhasiz.”
“Millat va til masalasiga kelganda, eng asosiysi, milliy ajralmoqdan yiroq boʻlish kerak.”
“Qozoq qozoq bilan qozoqcha gaplashsin.”
“Mustamlaka davrni esga solib, aholining nomusiga zid nomlarni ham, tilning qonuniyatlarini, tabiiy uygʻunlikni buzub turgan nomlarni ham oʻzgartirish kerak".
Nursulton Nazarboyev nomida
Nursulton Nazarboyev nomini turli obektlarga berish haqidagi takliflar qozoq jamoatinining baʼzida noroziligiga sabab boʻladi. Biroq Nursulton Nazarboyev barcha takliflarga rozi ham boʻlmadi. Oʻz nomini taʼlim va fan sohasiga bogʻlashni istagan N.Nazarboyev oʻz nomidagi universiteti va intellektual maktablarining ochilishiga roziligi bildirdi. N.Nazarboyev nomidagi taʼlim markazlarini oʻzining nazoratiga ushlashga harakat qiladi. Nazarboyev nomidagi taʼlim mahkamalari Nazarboyev fondi va Nazarboyev Markazini orqali muvofiqlashtiriladi.

Islohotlari
Yangi mustaqil davlat — Qozogʻiston Respublikasining (16.12.1991) — rivojlanishi, barcha atributlari — milliy havfsizlik, davlat boshqaruvi va hokimiyat butkul tarmoqlarining oʻzaro harkatlanish tizimi — milliy davlatning shakllanishi Nazarboyev nomi bilan chambarchas bogʻliq. Nazarboyev rahnamoligida konstitutsiyaviy takomillashish protsesi yuzaga chiqdi, 1995-yilning avgust oyida Qozogʻiston Respublikasining asosiy Qonunini qabullagan umumxalq referendum asosida nihoyasiga yetdi. Qozogʻistonda demokratik institutlarni bunyod qilish Nazarboyevning eng yaxshi mehnatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Soʻz va nashriyot erkinligi,
saylov va saylanish huquqi, partiyalar va ijtimoiy birlashmalarni tashkil qilish huquqi, din erkinligi kabi fuqoroviy jamoatning barqaror qadriyalari N.Nazarboyevning vaqtidagi konstitutsiyaviy normalarga aylandi. Iqtisodiy siyosatni, demokratik oʻzgarishlarni, rejadagi kabi yuzaga chiqarishga davlat tuzilmalarining, prezidentlik respublika sifatida xalq tanlagan naʼmunasi oʻz samarasini berdi.
1992-yilning boshida N.Nazarboyev „Qozogʻistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanish strategiyasi“ tayyorlab, davlatning ichki va sirtqi siyosatining batafsil yoʻlishini aniqladi.
Shuning natijasida 1997-yilning boshlarida mamlakatda makroiqtisodiy doimiylik joy oldi,
inflyatsiya toʻxtatildi, sanoat jonlanib, moliya-byudjet, soliq tizimi tashkil topdi, xususiylashtirish olib borildi, nafaqa umumlashtirish tizimi yoʻlga qoʻyildi, uy-joy kommunal xoʻjaligini reformalash yuzaga chiqdi.
N.Nazarboyevning „Qozogʻiston-2030“ strategiyasi davlat rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini ochiqladi. 2006-yilgi aholiga Yoʻllashida Qozogʻistonning raqobatbardosh 50 davlatning safiga kirish strategiyasi belgilangan.
N.Nazarboyevning iqtisodchi va siyosatchi sifatidagi shaxsiy obroʻsi, davlatda qulay sarmoyaviy holatning shakllanishiga, koʻplagan davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan, intensiv ravishda iqtisodiy birdamligi aʼlo darajada samarasini berdi. Respublikada qishloqni rivojlantirishga, qashshoqlik bilan kurashishga, uy-joy qurulishini rivojlantirishga va boshqalarga yoʻnaltirilgan yirik ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish boshlandi. N.Nazarboyev industrial-innovatsiyali rivojlantirish strategiyasini tayyorladi, sarmoyaviy va innovatsiyali fondlar tashkil topdi. Dunyo miqyosidagi ekspertlar orasida «Qozogʻiston namunasi» degan termin paydo boʻldi. Qisqa vaqt ichida xalqaro birdamlik tamoyilini shakllantirdi. Uning koʻplagan tashabbuslari keng xalqaro miqyosida oʻz oʻrnini topdi. Masalan, Semey yadroviy poligonini yopishi, yadroviy derjava huquqiy holatidan voz kechdishi, dunyo va mintaqaviy havfsizlikni taʼminlash yoʻnalishdagi izchil faoliyati, v.b. N.Nazarboyev MDH, Bojxona ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Yevrosiyo ittifoqi kabi xalqaro tuzilmalarni amalga chiqarishning tashabbuskori. U BMT Bosh Assambleyasining 47-sessiyasida tashkil etish taklifi bilan chiqqan,
Osiyodagi oʻzaro nufuzi va ishonch choralari haqida kengashi
oʻz faoliyatini boshladi.

Nazarboyevning tashabbusi bilan ochilgan taʼlim muassalari.
Xalqaro axborot texnalogiyalar universiteti
Qozogʻiston menedjment instituti
Iqtisodiyot instituti
Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti
N. Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti
Milliy davlat huquqshunoslik universiteti
Nazarboyev universiteti
Nazarboyev Intellektual Maktabi
litseylar va kollejlar
Prezident «Boʻlashaq» dasturi amalga oshmoqda, u dastur boʻyicha yoshlar dunyo miqyosidagi yirik oʻquv yurtlarida bilim olmoqdalar.
Isteʼdodli bolalar uchun prezidentning «Darin» sovgʻasi tayinlangan.
Boshqa lavozimlari va mansablari
Iqtisodiy fanlar doktori ( 1993)
QR MFA-ning ( 1995) va bundan boʻlak ilmiy muassasalar hamda horijiy taʼlim muassasalarining akademigi
Qozogʻiston xalqi Assambleyasining raisi
Qozogʻiston Qurolli Kuchlarining Bosh Qoʻmandoni
Dunyo qozoqlari uyushmasining raisi
Nur Oʻtan Xalq-demokratik partiyasining raisi
Oʻrta Osiyo davlatlari Doʻstlik fondining hurmatli raisi
YXHT-ning raisi
Birnecha yil Xalqaro Orolni qutqarish fondini boshqardi
Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining, Xalqaro injinerlik akademiyasining va Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy fanlar akademiyasining akademigi. Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetining hurmatli professori. Belarus Fanlar akademiyasining hurmatli aʼzosi. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining hurmatli professori.
N.A.Nazarboyev – Qozogʻistonning eng oliy oʻzgacha namunadagi «Altin Qiran» (Oltin Burgut) ordeni bilan, shuningdek dunyoning koʻplagan davlatlarining, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlarining oliy mukofotlari bilan taqdirlangan.

Partiyaviylik
N.Nazarboyev SSJI parchalangunga qadar SIKP aʼzosi boʻlgan. Qozogʻiston Respublikasning Konstitutsiyasida prezident biron-bir partiya aʼzosi boʻlib ishlashga hamda uni boshqarishga man qilinadi. Lekin u «Nur Oʻtan» siyosiy partiyasini qoʻllab-quvvatladi. 2007-yili Konstitusiyaga oʻzgartirish kiritdi va N.A.Nazarboyev «Nur Oʻtan» partiyasining rasmiy bosh lavozimiga kirishdi.

Faktlar
N.A.Nazarboyev 1989-yildan boshlab davlat boshiga keldi. Sobiq SSJI davlatlari orasida eng yoshi katta rahbarlarning biridir. Faqat Islom Karimovning yoshi undan kattaroq. Oʻzbekiston va Qozogʻiston Sobiq SSJI davlatlari orasida, mustaqillik olgandan buyon davlat rahbarlari almashmay kelayotgan yagona davlatlardir.
N.A.Nazarboyev dunyodagi eng badavlat va qudratli davlat rahbarlari reytinggida 10 oʻrinni egallaydi.
Prezidentning oilasida ikkita millader bor ular: (ikkinhi qizi Dinara Qulibayeva — 1,258 million
dollar va ikkinchi kuyovi Qulibayev Timur — 1,258 million dollar) va bir nechta millionerlari (birinchi qizi Darigʻa Nazarboyeva — 593 million dollar, nevarasi Nurali Aliyev — 200 million dollar), sobiq kuyovi Raxat Aliyev va ukasi Boʻlat Nazarboyevlardir. Nazarboyev urugʻ-aymoqlarining boyligi $7 mlrd baholanadi.

Prezidentning tugʻilgan kuni, davlat bayrami hisoblanmish Poytaxt kuni bilan birga nishonlanadi. 7-may — Prezident katta qizining tugʻilgan kuni va Vatan Himoyachilari Kuni. Har ikkala kun ham dam olish kuni hisoblanadi.
1-dekabr Birinchi Prezident Kuni sifatida nishonlanadi, hamda davlat bayrami va dam olish kuni hisoblanadi.
Nursulton Nazarboyevga atab Almatidagi Prezident parkida, Choʻlpan-Atada,
Astanada , Ukrainada va Anqarada yodgorliklar qoʻyilgan.
Iordaniyada, Turkiyada va Chechenistonda Nursulton Nazarboyev nomi bilan ataluvchi koʻchalar bor. Shunigdek Chechenistonda Nursulton Nazarboyev nomidagi litsey ham bor.

Просмотров: 938 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!