Главная » Dunyo Yangiliklari » Qozog‘istonlik erkak uch egizaklaridan biri DSP bilan tug‘ilgani uchun ularni tashlab ketdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Qozog‘istonlik erkak uch egizaklaridan biri DSP bilan tug‘ilgani uchun ularni tashlab ketdi

2016 » Июнь » 29




Qozog‘istonning Semey shahrida yashovchi
fuqaro rafiqasi Aynur Isainova bilan uch
egizak farzand ko‘rishini bilardi. Ammo
chaqaloqlar dunyoga kelgach, ularning birida
bolalar miya falaji (DSP)kasalligi
aniqlandi. Shundan so‘ng, oila boshlig‘i
o‘g‘lining kasalligini davolatish uchun
ketadigan mablag‘ni topa olmaslikdan
qo‘rqib, ularni tashlab ketdi. Bu haqda
“Nur.kz” nashri xabar bermoqda .

Ayni vaqtda ayol yolg‘iz onalar uchun
mo‘ljallangan maxsus uyda uch egizak
o‘g‘illari bilan yashamoqda. Biroq yaqin
muddat ichida Aynur Ilyos, Dias va Miras
bilan birga bu uyni bo‘shatib berishiga
to‘g‘ri keladi. Ularning esa boradigan
joylari yo‘q.

Chaqaloqlarning otasi bolalar tug‘ilishi
bilan pul ishlab topish maqsadida
poytaxtga ketganicha qaytmagan.
Taxminlarga ko‘ra, u uch o‘g‘ilni katta qilish,
bundan tashqari ularning birida
aniqlangan bolalar miya falaji
kasalligini davolatish javobgarligidan
qo‘rqqan.

“U aliment to‘lamayapti. Sud ijrochilari
uni izlashmayapti ham. Davlat tomonidan
bolalarga to‘lanadigan nafaqa pulini
olish uchun esa, ularning otasi qidiruvda
ekani haqidagi hujjat kerak”, deydi Aynur.
Miras Xitoyda davolanishi kerak. Bolakay
mustaqil ravishda o‘tira olmayapti. U
tirishib qolyapti va bundan azoblanyapti.

Eng avvalo, Aynur uy-joy masalasini hal
qilishi lozim. Ayolning qarindoshlari esa
biror bir yordamni taklif qilishmayapti,
deyiladi xabarda.

“Yaqinda bolalarim 1,5 yoshga to‘lishadi va
biz bu uydan ketishimiz kerak. Biroq ayni
vaqtda qayerga borishimizni bilmayman.

Biz 1 yildan oshiq bu uyda bepul yashab
keldik. Qoidaga ko‘ra, bolalar 1,5 yoshga
to‘lganida biz boshqa oila uchun xonani
bo‘shatib berishimiz lozim. Ishga chiqishim
uchun ularni bog‘chaga berishim kerak,biroq
bolalar hali kichkina, bog‘cha yoshiga
yetmagan,
bundan tashqari, Mirasning ahvoli ham
yaxshi emas. Biroq men egizaklarimni
dunyoga keltirganimga achinmayman.
Kelajakda ular menga yordamchi, suyanchiq
bo‘lishadi, degan umiddaman”, deydi
qo‘shimcha qilib Aynur.

Просмотров: 928 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!