Главная » O'zbekiston yangiliklari » Ramazon Hayiti 6-iyul kuni nishonlanadi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Ramazon Hayiti 6-iyul kuni nishonlanadi

2016 » Июль » 2




2016-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Ramazon hayitini nishonlash
to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjat matni
O‘zAda chop etildi.

Muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizda
ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob
qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyatini
inobatga olib, milliy-diniy an’analarimizni asrab-
avaylash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish
kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-
martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016-yilda
Ramazon hayitining birinchi kuni 6-iyul chorshanba
kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini
e’tiborga olib, 2016-yil 6-iyul dam olish kuni deb
belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng
nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va
boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari
Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada,
xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda
o‘tkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa
ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini
nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish
tavsiya etilsin.

Просмотров: 273 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!