Главная » Shou-biznes yangiliklari » Ruxshona nega o‘zidan kattalarga salom bermaydi?

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Ruxshona nega o‘zidan kattalarga salom bermaydi?

2016 » Июнь » 23




Sevimli gazetangizda yangi loyiha.
«Yulduzlar hamkasblari nishonida» deb
nomlangan ushbu loyiha qahramoni uchun
uning hamkasblari, san’at ahli vakillari
savol beradi. Loyihaning ilk mehmoni
sifatida xonanda Ruxshonani tanladik va
hamkasblari unga o‘zlarining savollar
bilan murojaat qilishdi.

Iroda DILROZ, xonanda:
— Ruxshona, ona bo‘lib ijodga qaytdingiz,
har ikkisini ham baravar olib borish
qiyin emasmi?
— Boshida qiyinchilik bo‘ldi, biroq
baxtimga qaynonam va onam yaqindan
yordam
berib kelishmoqda. Agar ular bo‘lmaganda,
bilmayman, ahvolim qay darajada
bo‘lardi? Ish bilan biror joyga ketadigan
bo‘lsam, qizalog‘imni onajonimga berib
ketaman. Ular qizimga hatto mendan ham
yaxshi qarashadi.

Hilola HAMIDOVA, xonanda:
— Turmushga chiqqaningizdan keyin sizni
ancha og‘ir-bosiq bo‘lib qoldi, deyishdi.
Oldingi shaddodligingiz, e’tibor bersam,
chindan ham yo‘qolibdi. Qaysidir
xarakteringiz sizda saqlanib qoldimi?
— Bu haqiqat, 180 darajaga o‘zgarganimni
tan olaman. Oila qurganimdan keyinoq
o‘zgargandim, biroq ona bo‘lib yana
o‘zgardim. Oila qursam, turmush o‘rtog‘im
xarakterimni shu darajada o‘zgartirib
yuborsinki, og‘ir-bosiq qiz bo‘lay, derdim.
Yaxshi niyat — yarim davlat ekan. Mening eng
oliy maqsadim — oilam bilan tinch bo‘lish.
Yaratgan menga shunday baxt berganidan
xursandman.

— Xarakteringiz o‘zgargani o‘zingizga
yoqyaptimi?
— Ha, bu juda yoqimli. Ayni paytda faqat
oxirini o‘ylab qaror chiqaradigan
bo‘lganman.

Dilfuza ISMOILOVA, xonanda:
— Ruxshona, qiz farzand kutyapsizmi yoki
o‘g‘il?
— Bugun ham doppler va skrining
tekshiruvlariga borib keldik. Eshikdan
kirishimiz bilan shifokorlarga
«Farzandimizning jinsini aytmang», deb
tayinladik. Ikkimiz uchun ham sir bo‘lib
qolishini xohlayapmiz.

— Kelinlik qalay ekan? Qiynalmayapsizmi?
— Yo‘q, qiynalmadim. Lekin kutilmagan
voqealar ko‘p bo‘lib turadi. Oldin
turmushga chiqqan dugonalarim «Uxlab
qolibman» yoki «Ovqatni kuydirib
yuboribman», desa jahlim chiqib ketardi.
Bu ishlar o‘z boshimga tushganidan keyingina
tushundim. Somsa pishirganimda bir necha
marotaba kuyib ketdi, gohida uxlab ham
qoldim. Bilasizmi, shu bilan birga
kelinlik eng shirin davr ham ekan. O‘ziga
xos yaxshi taraflari ko‘p. Shu bilan birga
mas’uliyatli ham.

— Ish yurituvchingiz oila qurganingizdan
keyin o‘zgarib qoldi…
— Bu haqda to‘ydan oldinroq kelishib
olgandik. Turmush o‘rtog‘im «Hamisha men
yoningda bo‘lolmayman va o‘zim ishongan
insonni ma’mur etib tayinlayman»,
deganida rozi bo‘lganman. Yonida bo‘lib,
shogird maqomida yurgan Hasan degan
yigitni ma’mur sifatida qo‘yishdi. Hasan
juda mas’uliyatli va u barcha ishni o‘z
vaqtida qiladi. Uning bugungi
faoliyatidan ko‘nglim to‘lyapti.

KANIZA, xonanda:
— Turmush o‘rtog‘ingiz ham san’atkor. U
bilan duet kuylash niyatingiz yo‘qmi?
— Bu rejamizda yo‘q. To‘g‘ri, turmush
o‘rtog‘imning ovozi juda yaxshi, uyda xirgoyi
qilib yuradi. Biroq u «Men rejissyorman,
hamma o‘z ishini qilgani yaxshi», deb rozi
bo‘lmaydi.

Otabek MUTALXO‘JAYeV, xonanda:
— Avtomobil boshqarishga qiziqasizmi?
Sizga klassik uslubdagi mashinalar
yoqadimi yoki sport uslubidagi?
— Sport uslubidagi mashinalar ko‘proq
yoqadi. Mashina haydashga kelsak, men
ochig‘i
bunga qiziqmayman. Mashina haydash,
fikrimcha, ayol kishining ishi emas. Rul
erkaklar uchun chiqarilgan. To‘g‘ri, ayollar
erkaklardan ko‘ra tartibliroq boshqaradi,
ammo men mashina boshqarishni
istamayman.

Abror BAXTIYoROVICh, «Comedy. uz»
ishtirokchisi:
— Ruxshona, ijodingizda qanday tub
burilishlar bo‘lishi mumkin?
— Yaqinda Alibobo ismli yosh xonanda bilan
duet kuyladik. Tez kunlarda unga ishlangan
klip muxlislarga taqdim etiladi.
Qolaversa, yana yangi uchta qo‘shiq
yozganman.
Navbati bilan efirga beraman.

Feruza SOBITOVA, aktrisa:
— Hayotda nimaning qadriga yetasan-u,
nimaning qadriga yeta olmayapsan?
— Shukrki, oilamning qadriga yetib
kelyapman. Ilohim, oxirigacha shunday bo‘lib
qolsin. Qadriga yeta olmayotganim…
(o‘ylanib) aziz narsalarning barchasining
qadriga yetib kelyapman.

— Farzandlaring tarbiyasi uchun 3-4 yil
san’atdan voz kechgan bo‘larmiding?
— Farzandlarim uchun bo‘lsa, albatta.
Shukrki, ularning mehribon buvilari bor
va ular mendan ham ko‘ra yaxshi qaraydi.
Agar ular bo‘lishmaganda farzandimni
enagaga bermagan bo‘lardim. Chunki ularga
ishonmayman.

Anvar SOBIROV, xonanda:
— Ruxshona, turmush o‘rtog‘ingiz yaratib
bergan barcha imkoniyatlardan to‘liq
foydalanyapman, deb ayta olasizmi?

— Albatta, foydalanyapman. Menga katta
imkoniyatlar yaratib bergan. Oldingiga
qaraganda menga ayni paytda ijod qilish
juda oson. Oldin bitta qo‘shiq yaratish uchun
ham rosa yugurardim. Klip olishda esa har
safar ijodiy guruhni yig‘gunimcha yig‘lab
olardim. Barcha ish o‘zimga qolib ketgandi.
Hozir esa qo‘shig‘imga klip olinishini bir
kun qolganda bilaman. Ungacha turmush
o‘rtog‘im barchasini tayyorlab qo‘yadi.
San’atkor ayolning yonida ijodini qo‘llab-
quvvatlaydigan inson bo‘lgani yaxshi.
Iroda IRALIYeVA, xonanda:
— Ruxshona, nega o‘zingizdan kattalarga
salom bermaysiz? Bunga bir marta emas,
bir necha marotaba guvoh bo‘lganman. Bu
e’tirozni boshqa hamkasblarim ham
tasdiqlashi mumkin…

— Voy, Iroda opa, shu paytgacha barchaga
salom berib kelganman. Yoshi katta
ustozlarimizu hamkasblarimizning
barchasiga qo‘lim ko‘ksimda. Balki, ko‘rmay
qolganim uchun salomlashmagan bo‘lishim
mumkin. Agar shunday vaziyatni o‘tkazib
yuborgan bo‘lsam, barchadan uzr so‘rayman.
Nomini sir tutishimizni so‘ragan xonanda
savoli:
— Ruxshona, oldin to‘yxonaga erkaklardek
shahdam-shahdam qadam qo‘yib kirib
kelardingiz-da, qo‘shig‘ingizni aytib, yana
shu holatda to‘yxonani tark etardingiz.
Bugun esa sizda o‘zgarishlar katta, bu
hammasi oilali bo‘lganingiz ta’sirimi?

— To‘g‘ri, hech kimga qaramasdim va
vazifamni ado etib, ketardim. Bugun esa
men ayolman, onaman. Bu xarakterimda ham
aks etmasdan qolmadi. Bugungi
holatimdagi ta’riflarni eshitish menga
juda yoqimli bo‘lyapti.
Jurnalist savollari:
— Turmush o‘rtog‘ingiz rejissyor. Undan siz
uchun alohida film olishini iltimos
qilib ko‘rganmisiz?

— Yo‘q, lekin filmlarida biror rolni
o‘ynash niyatim borligini aytganman.
Turmushga chiqmasimdan oldin u kishi
suratga olgan «Hay-hay qizaloq»
filmining disklarini olib, uyda qayta-
qayta ko‘rardim. Ammo aynan shu filmni
umr yo‘ldoshim suratga olganidan bexabar
edim. Unda Asal Shodiyeva ham boshqa
ampluadagi rolni o‘ynagan. Ayni paytda u
klip s’yomkalaridan ortmayapti.
Keyinchalik yana filmga qo‘l ursa, albatta,
suratga tushaman.

— Yaqinda ijtimoiy tarmoqda rafiqasiga 7
millionlik gul sovg‘a qilgan
hamyurtimizning bu ishi keng muhokamaga
sabab bo‘ldi. Ayrim ayollar undan ko‘ra
boshqa narsa sovg‘a qilgani yaxshi desa,
ayrimlari bu esda qoladigan sovg‘aligini
ta’kidlashdi. Sizga qaysi biri ko‘proq
yoqqan bo‘lardi?

— Turmushga chiqmasimdan oldin bu savolni
berganingizda gul bergan yaxshi, degan
bo‘lardim. Ammo oilali ayollar ro‘zg‘origa
foyda keltiradigan narsa, misol uchun, kir
yuvish mashinasimi yoki changyutkichmi
sovg‘a
qilgani yaxshi, deyishi aniq. Men ham uning
o‘rniga to‘rtta atirgul bilan bitta yaxshi kir
yuvish mashinasi bergani yaxshi, degan
bo‘lardim.

— Oilada kim ko‘proq tejamkor?
— Ikkimiz ham tejamkor emasmiz (kuladi).
Pul qo‘limizning orasidan qanday chiqib
ketganini bilmay qolamiz.

Просмотров: 547 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!