Главная » Shou-biznes yangiliklari » Shahzoda Muhammedova kimga turmushga chiqayotganini aytdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Shahzoda Muhammedova kimga turmushga chiqayotganini aytdi

2016 » Июль » 27




Aktrisa Shahzoda Muhammedova va yosh aktyor Azamat Ahrorov o‘rtasidagi munosabatlar bir necha oylardan buyon muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

Avvalroq, Muhammedova Ahrorov bilan munosabatlarini yashirib, shunchaki, u suratga olayotgan filmda bosh rolni ijro etayotganini, oralarida hech narsa yo‘qligini aytgan edi.

Ko‘p o‘tmay, Azamat Ahrorov Shahzoda Muhammedovaning qo‘lini so‘ragani, sovg‘a- salomlar bilan unga turmush qurish taklifini bergani ma’lum bo‘ldi. Biroq aktrisa tahririyatimizga bu taklifni hali o‘ylab ko‘rmagani, turmush qurishini o‘zi emas, balki oila a’zolari hal qilishini aytgandi.

Mana, bir necha kundirki, Shahzoda Muhammedova ham, Azamat Ahrorov ham birgalikda tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga joylashshtirib, izoh o‘rnida “yurakcha” qoldirishmoqda. Internet orqali ularni kuzatib boradigan muxlislar esa ikki yosh bir-biriga juda mosligini aytishmoqda.

“Qalampir.uz” munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan bog‘landi.

“Azamat Ahrorov sovchi qo‘ygani haqida avval ham aytgandim. Keyin qo‘limni so‘radi, men esa rozi bo‘ldim”, deydi Muhammedova.

Aktrisaning ma’lum qilishicha, to‘y kuni hozircha aniq emas. “Kattalar o‘zaro kelishib olishgach, to‘yimiz qachon bo‘lishini ma’lum qilamiz”, deydi aktrisa. Ma’lumot o‘rnida, Azamat Ahrorov o‘zini rejissyorlikda ham sinab ko‘rmoqda.

Asli buxorolik bo‘lgan Ahrorov ancha yillardan buyon Toshkentda istiqomat qiladi.

Просмотров: 1234 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!