Главная » Tojikiston yangiliklari » Shavkat Mirziyoev Rog`un GESini qurish bo`yicha imzolangan kelishuv yuzasidan Tojikiston hukumatiga maktub yo`lladi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Shavkat Mirziyoev Rog`un GESini qurish bo`yicha imzolangan kelishuv yuzasidan Tojikiston hukumatiga maktub yo`lladi

2016 » Июль » 20




1 iyul kuni bir qator mamlakatlarning ommaviy
axborot vositalarida “Rog`un GESi” OAV va
Italiyaning “Salini Impregilo S.p.A” kompaniyasi
o`rtasida Rog`un GES qurilishi bo`yicha kelishuv
imzolangani haqida xabarlar tarqaldi.

2016 yilning 19 iyul kuni Tojikiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi orqali O`zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning
Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir
Rasulzodaga quyidagi mazmundagi maktub
jo`natilgan .

Maktubda shunday deyiladi:

«Matbuotda chop etilgan ma`lumotlarga ko`ra,
Tojikiston Respublikasi hukumati Italiyaning
«Salini Impregilo» kompaniyasi bilan Rog`un
GESi qurilishi loyihasini amalga oshirish
maqsadida bitim imzolagan.

Shu munosabat bilan yana bir Sizning
e`tiboringizni ayrim jihatlarga qaratishni zarur
deb hisoblaymiz.

Avvalo, mazkur qurilish maydonida amalga
oshirilgan bir qator izlanishlar, birinchi navbatda
Jahon Banki shafeligida o`tkazilgan xalqaro
kompleks ekspertiza Rog`un GESining qurilishi
Markaziy osiyo mintaqasi uchun ulkan hajmdagi
xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligini
isbotlagan.

O`zbekiston Bosh vazirining maktubida ko`rsatib
o`tilganidek, bu borada qo`shni mamlakatlarning
rahbarlari va ekspertlari bir necha Tojikiston
hukumatiga o`z fikr va mulohazalarini,
xulosalarini ma`lum qilishgan.

Aynan shu sabablarga ko`ra, mazkur loyihaning
yirik miqyosdagi texnogen, ekologik, ijtimoiy va
iqtisodiy oqibatlarini anglagan holda, Jahon
banki Rog`un GESi qurilishini moliyalashtirishdan
voz kechgan edi.

Yana va yana eslatishga to`g`ri keladiki, Rog`un
GESining qayta tiklangan qurilish loyihasi o`tgan
asrning 70-yillarida, hoyu hashamga, salobatga
ruju qo`yilgan sho`ro davrida ishlab chiqarilgan.
Mazkur loyiha bugungi kundagi talab va
tajrpibalardan kelib chiqqan holda, qat`iyan qayta
ko`rib chiqilishi lozim.

Dunyoda muqobili yo`q, 335 metr balandlikdagi
to`g`onga ega bo`lgan ulkan GES loyihasini
tiklash uchun qurilish maydoni sifatida Rixter
shkalasi bo`yicha 9-10 balli zilzilalar yuz berib
turadigan ushbu tog`li hududning tanlanishi jiddiy
shubha va gumonlarni tug`dirishi mumkinligini
qayd etishga hojat ham bo`lmasa kerak deyiladi
maktubda.

Shuningdek, mazkur ob`ekt qurilishining umumiy
smeta qiymati 3,9 milliard AQSh miqdorida
belgilanishi ham bir muncha tushunarsiz. Zero,
mazkur loyiha xarajatlari ko`rsatilgan mablag`dan
ancha oshib ketishi ortiqcha izohga muhtoj
emas. Qolaversa, loyihani hujjatlashtirish ishlari
to`la-to`kis yakuniga etkazilmagan, nufuzli
ekspertlar tomonidan bildirilgan jiddiy e`tirozlar
ham e`tiborga olinmagan.

Tojikiston hukumatining Rog`un GESi qurilishini
har qanday vaziyatda ham davom ettirishga
qat`iyat bilan intilishi, tavakkalga asoslangan
qaror va sa`y-harakatlari natijasida yuzaga
kelishi mumkin bo`lgan xavf-xatar hamda tuzatib
bo`lmas salbiy oqibatlar jiddiy tashvish va
xavotir uyg`otmasligi mumkin emas.

Tojikiston hukumati mamlakatni elektr energiyasi
bilan ta`minlashdek murakkab muammoni kichik
va o`rta hajmlagi GESlar qurish yordamida hal eta
oladi, deb hisoblashimizga barcha asoslar etardi.
Chunki, Tojikiston hududida buning uchun juda
ko`p daryolar va suv resurslari mavjud.
Bizga ma`lumki, Tojikistonda mazkur istiqbolli
dasturlardan allaqachon amalda foydalanib
kelinmoqda deyiladi qo`shni mamlakat Bosh
vaziriga yo`llangan maktubda.

Eslatib o`tamiz: Bir necha yildirki, Tojikiston
hukumati sobiq tuzum yillarida ishlab chiqilgan
Rog`un GESi qurilishi loyihasini qayta tiklashga
harakat qilib kelmoqda. 27 iyun kuni mazkur
loyihani amalga oshirish uchun o`tkazilgan
xalqaro tenterda Italiyaning «Salini Impregilo
S.p.A» kompaniyasi g`olib chiqqan. Shu
munosabat bilan Dushanbeda ushbu kompaniya
bilan qiymati 3,9 mlrd AQSh dollariga teng bitim
imzolangan.»

Просмотров: 1811 | Категория: Tojikiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!