Главная » O'zbekiston yangiliklari » Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA bilan iqtisodiy hamkorlik haqida videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 63
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA bilan iqtisodiy hamkorlik haqida videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazdi

2020 » Июль » 3



Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-iyul, payshanba kuni O‘zbekistonning investitsion va tashqi savdo faoliyati prognoz ko‘rsatkichlarining 2020-yil I yarmidagi ijrosini muhokama qilish, shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ustuvor qo‘shma loyihalarning borishi hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoanjuman tarzidagi yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shu jumladan, investitsiyalarni jalb etish va eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni hamda xorijiy sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga doir takliflar eshitilgan.

Yig‘ilishda global miqyosdagi epidemiologik vaziyat va undan kelib chiqayotgan cheklovlar O‘zbekistonning investitsion va tashqi savdo faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, tadbirkorlar uchun moliyalashtirish, qurilish, ishlab chiqarishda zarur xomashyo va uskunalarni yetkazib berish masalalarida ma’lum to‘siqlar yaratayotgani ta’kidlandi. Jumladan, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va eksportchilarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rilgani, tijorat banklarini yetarli resurslar bilan ta’minlash maqsadida xalqaro moliyaviy institutlarning 1,2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lari jalb etilgani, hisobot davrida umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik 28 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 3,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishilgani aytib o‘tildi.

2020-yilning I yarim yilligi hisobotiga ko‘ra, hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘mlik 2049 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 27 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Bugungi kunda qator tarmoqlarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq xatarlar ta’siri ostida investitsiyalarni o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish kechikayotgani ta’kidlandi. Prezident tomonidan 2020-yil yakuniga ko‘ra ko‘zlangan natijalarga so‘zsiz erishish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining ko‘rsatkichlari va ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan.

“Yil yakuniga kelib O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 9,9 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar — 6,8 milliard, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari — 3,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning muhim drayverlaridan biri sifatida eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.

2020-yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalari tomonidan 6,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ayni paytda eksport faoliyatiga 950 ta yangi korxona jalb etildi, xorijga yangi 85 ta nomdagi mahsulot yetkazib berish o‘zlashtirildi, shuningdek, qo‘shimcha 4 ta davlat bozoriga chiqildi”, — deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda Respublika komissiyasiga jahondagi iqtisodiy vaziyatning beqarorligi hamda global bozordagi talab va taklifning pasayishini e’tiborga olib, 2020-yilning ikkinchi yarmida eksport salohiyatini oshirish maqsadida pandemiya oqibatidagi tashqi omillar O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Chora-tadbirlar majmui ijrosi ta’minlansa, O‘zbekiston eksporti yil yakuniga borib 17,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari muttasil oshib borayotgani, oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan “yo‘l xarita”lari doirasida turli tarmoqlarda yangi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani, investitsion hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekistonda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda geologiya, kimyo va neft-kimyo, bank-moliya, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda umumiy qiymati 5,6 milliard dollarlik 48 ta loyiha amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, HIS kompaniyasi bilan mehmonxona majmualarini qurish, Isuzu va Itochu kompaniyalari bilan SamAvto qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida energetik bloklar barpo etish bo‘yicha va ko‘plab boshqa loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyev aniq iqtisodiy dastur va loyihalarni ilgari surish orqali O‘zbekiston—Yaponiya amaliy hamkorligini kengaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik ham keyingi yillarda ijobiy sur’at bilan rivojlanayotgani, 2020-yilning boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 1 milliard dollarga yetgani, O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida 60 ta yangi korxona tashkil etilib, ularning umumiy soni esa 855 tani tashkil qilayotgani aytildi.

2020-yilda Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi hamda Farg‘ona shahrida O‘zbekiston—Koreya xalqaro universitetini tashkil etish bo‘yicha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani, ular doirasida mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 17-aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini qurish ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida Farmatsevtika texnika universiteti hamda dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligi, AKT, sog‘liqni saqlash, kimyo, yengil, elektrotexnika, farmatsevtika va zargarlik sanoati, ta’lim va innovatsiyalar kabi sohalar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Iqtisodiy taraqqiyot fondi orqali moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlari doirasida umumiy qiymati 750 million dollardan ortiq bo‘lgan 17 ta loyiha, jumladan, Kimyoviy texnologiyalar markazi, yoshi kattalar uchun klinika tashkil etish, yurtimiz tibbiyot va ta’lim muassasalarini jihozlash loyihalari amalga oshirilmoqda.

Yaponiya va Janubiy Koreya bilan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi natijasida jami 1 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Umuman, erishilgan kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmlarini 4,1 milliard dollarga, eksport hajmini esa 1,14 milliard dollarga oshirish imkonini beradi”, — deyilgan Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shuningdek, matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolangan. Energetika, infratuzilma, kimyo va neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq aniq loyihalar ishlab chiqilib, BAA sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 141 tani tashkil etmoqda.

Prezident Amirliklar kompaniyalari bilan kelishuvlar o‘z natijasini berayotganini ta’kidladi.

Xususan, Masdar kompaniyasi Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatiga ega shamol elektr stansiyasi qurilishiga investitsiya kiritayotgani, sarmoyalarning umumiy hajmi esa 500 million dollardan oshishi, Abu-Dabi taraqqiyot fondi ishtirokida e’lon qilingan kapitali 1 milliard dollar bo‘lgan qo‘shma investitsiya kompaniyasi ta’sis etilgani, kompaniya ilk loyihalarni moliyalashtirishni boshlagani, shuningdek, Abu-Dabi taraqqiyot fondi Samarqand shahrining infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etayotgani, BAAning Mubadala davlat investitsion kompaniyasi bilan energetika sohasida hamda uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish va ularni chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqayotgani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Koreya Respublikasi va BAA bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning 2020-yil uchun belgilangan chora-tadbirlarini to‘liq va sifatli bajarish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifa va chora-tadbirlar belgilab berildi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi prezident Mun Chje In 2019-yil aprel oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi.

2019-yil mart oyida Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga borgan, Abu-Dabi shahrida mazkur amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayon, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil dekabr oyida rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga borgan. Prezident u yerda Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan Nagoya universitetida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashgan, mazkur universitetning faxriy doktori bo‘lgan, JETRO, JICA, JABIC, NEDO, JOGMEC, Mitsubishi, Itochu, Sumitomo, Marubeni, Isuzu kabi korporatsiya va kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etgan, Yaponiya parlamenti vakillar palatasi raisi, Yaponiya Maslahatchilar palatasi prezidenti va mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bilan suhbatlar qurgan. Shuningdek, Yaponiya imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

2020-yil 13-aprelda esa Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga safar qilishi rejalashtirilgani xabar qilingan. Avval prezident 2020-yilning fevral oyida Yaponiya va Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Просмотров: 18 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!