Главная » O'zbekiston yangiliklari » Sirdaryoda MIB xodimini kaltaklagan ota-o‘g‘il sudlandi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 63
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Sirdaryoda MIB xodimini kaltaklagan ota-o‘g‘il sudlandi

2020 » Июль » 3



Sirdaryoda MIB xodimini kaltaklagan ota-o‘g‘il sudlandi
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tuman sudida MIB xodimini urib, tan jarohat yetkazgan ota-o‘g‘il sudlandi, deya xabar beradi tuman hokimligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 20-fevral kuni soat 15:30 larda Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi davlat ijrochilari S.Q. va A.K. fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 2019-yil 18-iyundagi ijro varaqasiga ko‘ra, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro L.J.ning 5 million 500 ming so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorligini undirish maqsadida yashash xonadoniga kelgan.

L.J.ning turmush o‘rtog‘i B.R. va o‘g‘li Z.M. qarzdorlikni undira olmasligini aytib, ijro hujjatini S.Q.ni qo‘lidan olib qo‘yib, g‘ijimlab otib yuborgan. So‘ngra hokimiyat vakiliga faol qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, urib, tan jarohati yetkazilgan.

B.R. va Z.M.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilini qanday shaklda bo‘lmasin, o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Sud jinoyat ishidagi to‘plangan dalillar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalariga baho berib, taraflarning muzokaralari hamda sudlanuvchilarning oxirgi so‘zlarini tinglab, sudlanuvchilar B.R. va Z.M. hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish jinoyatini qasddan sodir qilgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi tomonidan sudlanuvchilarga nisbatan qonuniy jazo tayinlangan.

Avvalroq Samarqand viloyatida MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayol qo‘lga olinib, unga sud hukmi o‘qilgan edi.

Просмотров: 19 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!