Главная » O'zbekiston yangiliklari » Sirdaryoda militsiya xodimlari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Sirdaryoda militsiya xodimlari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

2016 » Июнь » 15




Joriy yil 3 iyun kuni Sirdaryo viloyati
Guliston tuman prokuraturasi
tomonidan viloyatning Boyovut tuman
ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar
bilan ishlash bo‘yicha noziri, katta
leytenant L. S. hamda uchastka noziri
va militsiya safdori bo‘lgan ularning
jinoiy sherigiga nisbatan O‘zbekiston
Jinoyat kodeksning 118-moddasi 3-
qismi “v” bandi (Bir guruh shaxslar
tomonidan nomusga tegish) bo‘yicha
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, militsiya
xodimlari 2016 yilning 13 may kuni
Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Yulduz”
qo‘rg‘onida joylashgan Kasb-hunar
kollejining 2-bosqich o‘quvchisi, voyaga
yetmagan D. A.ning nomusiga tegib, jinoyat
majmuasining o‘ta og‘ir jinoyatlaridan
birini sodir etishgan. Jinsiy tajovuzda
ayblangan militsiya xodimlari ehtiyot
chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ozodlikning Sirdaryo viloyat ichki ishlar
boshqarmasidagi manbalaridan biriga
ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs nomusiga
tekkan militsiya xodimlarining ikki nafari
militsiya zobitlari bo‘lib, ularning
uchinchisi oddiy safdordir.

Prokuratura idorasi tomonidan jinoiy
ishga oid tergov harakatlari boshlangach,
zo‘ravon militsiya xodimlari Sirdaryo
viloyat ichki ishlar boshqarmasi
ma’muriyati tomonidan “Ichki ishlar
idoralarida xizmatni o‘tashga oid
Muvaqqat Nizom”ning 69-moddasi bilan
ishdan chetlatilgan.

- Odatda, o‘zbekchilikda nomusi toptalgan
qiz yoki juvon zo‘ravon shaxs bilan
keyinchalik turmush rishtalarini bog‘laydi,
bu ko‘p marta kuzatilgan. Afsuski, bu yerda
vaziyat o‘zgacha, ya’ni voyaga yetmagan
shaxsni guruh bo‘lib zo‘rlash holati kuzatilgan. Shubboisdan militsiya xodimlarini
javobgarlikka tortishdan boshqa chora yo‘q.
Tegishli ekspertizalar jinoyat sodir
etilganini to‘liq isbotlagan. Guvohlarning
ko‘rsatmalari ham yetarli. Bu jinoyat uchun
albatta Boyovut militsiyasi, hatto Sirdaryo
viloyat militsiyasi rahbarlari ham
intizomiy javobgarlikka tortiladi, -
deydi Ozodlik manbasi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tuman ichki ishlar
bo‘limining uch nafar xodimiga nisbatan
qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi o‘z isbotini topsa,
mamlakat jinoiy qonunchiligiga muvofiq,
ular yetti yildan o‘n yilgacha muddatga
ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
O‘zbekistonda militsiya xodimlari
tomonidan xotin-qizlarni zo‘rlash
holatlari uchrab turadi.

O‘tgan yil avgustida Qoraqalpog‘istonning
Shumanay tumanida istiqomat qilgan
militsiya xodimi tomonidan zo‘rlangan qiz
o‘z joniga qasd qilgandi. Sirka ichgan
qizning hayoti kasalxonada saqlab
qolingan.

Ayollar koloniyasida ikki yildan ko‘proq
o‘tirgan qo‘qonlik Muhayyo Odilova 2011
yili Ozodlikka tergov chog‘ida o‘zini
zo‘rlaganlarning jazolanishi uchun
kurashayotganini aytgandi.

2009 yili Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek
tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov
hibsxonasida surxondaryolik Rayhon
Soatova militsionerlar tomonidan
zo‘rlangani haqida Ozodlikka uning
singlisi Xosiyat hikoya qilib bergandi.

Просмотров: 1705 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!