Главная » Tojikiston yangiliklari » Tojikistonda qarindoshlarning o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июль 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Tojikistonda qarindoshlarning o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

2016 » Июль » 2




Kecha, 1 iyul kuni Tojikiston Respublikasida qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohni qat’iy man qilishga doir qonun kuchga kirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlovchi qonun bilan birga har bir turmush qurayotgan juftlikning shartli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi to‘g‘risidagi qonun ham kuchga kirdi.

“Tojikistonning fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bundan keyin bir qorin nari tog‘avachchalar, amakivachchalar, xolavachchalar, ammavachchalar hamda ularning farzandlari o‘rtasida nikoh qurishga ruxsat etilmaydi. Shu bilan birga, nikohdan o‘tishdan avval turmush qurayotgan juftliklar majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shartligi belgilandi. FHDYo organlari tibbiy ma’lumotlar taqdim etilmagan holatlarda, nikohni qayd etish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Bundan tashqari, qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, chet eldan vataniga qaytayotgan tojikistonlik migrantlarga ham tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri Nusratullo Salimzoda 2015 yilda mamlakatda 30 ming nafar nogiron bolalar ro‘yxatga olingani, ularning aksariyati yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohda dunyoga kelgani haqida bayonot qilgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning taqiqlanishi mamlakatda nogiron bolalarning dunyoga kelishini va nizo kelib chiqqan taqdirda, qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketishining oldini oladi.

Просмотров: 308 | Категория: Tojikiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!