Главная » Tojikiston yangiliklari » Tojikistonning Xo‘jand shahrida qamoqxona noziri o‘ldirildi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Tojikistonning Xo‘jand shahrida qamoqxona noziri o‘ldirildi

2016 » Июнь » 18




Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahar
jazoni o‘tash koloniyasidan uch mahkum
qochishga harakat qilgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ulardan biri
qochish jarayonida otib o‘ldirilgan.

Rasmiy xabarlarda aytilishicha, qamoqxona
nozirlaridan biri polkovnik Yormamad
Alimamadovni qamoqxonadan qochganlar
pichoqlashgan.

Polkovning ko‘p o‘tmay kasalxonada jon
bergani aytilmoqda.

Aziya plyus xabar agentligi Tojikiston
huquq-tartibot idoralaridagi
manbalariga tayanib yozishicha, uch mahkum
IShID saflariga qo‘shilish niyatida
qamoqxonadan qochish rejasini ishlab
chiqqan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, qochoq
mahkumlar kamida ikki nozirni o‘ldirib,
ularning qurollarini ham olib qochishgan.
Ammo Aziya Plyus agentligining o‘z
manbasiga tayanib yozishicha, uch
mahkumdan biri qamoqxonaning simtikanli devoridan oshib o‘tayotganida otib o‘ldirilgan.
Ikkinchisi esa yarador bo‘lgan va qo‘lga
olingan.

Uchinchi mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan
va hozirda tezkor qidiruv ishlari
o‘tkazilmoqda.

Aynan qo‘lga olingan va jarohatlangan
mahkum uchovlonning IShIDga qo‘shilish
rejalari haqida gapirib bergani
aytilmoqda.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra,
qochish jarayonida otib o‘ldirilgan Mirzo
Qayumov o‘tgan yil Iroqdagi janglarda
qatnashgani va jihod qilishga odam
yollagani uchun 14 yillik qamoq jazosiga
hukm qilingan bo‘lgan.

Jarohatlangan mahkumning esa qotillik
aybi bilan qamoq 20 yillik qamoq
jazosini o‘tayotgani aytiladi.

Qochishga muvaffaq bo‘lgan mahkum esa
Pokistonning Vaziriston mintaqasidagi
janglarda ishtiroki, odam yollagani uchun
2013 yilda 20 yillik qamoq jazosiga hukm
etilgan.

Hozirda butun mamlakat bo‘ylab tezkor
qidiruv amallari o‘tkazilmoqda.

Huquq-tartibot xodimlariga hujumlar
Tojikistonda huquq-tartibot idoralari
va xodimlariga qarshi hujumlar mamlakat
mustaqillik yillarida bir emas, bir necha
bor ro‘y bergani ma’lum.

2013 yilda Konibodom shahrida noma’lum
shaxslarning politsiya xodimlariga qurolli
hujumi natijasida bir politsiyachi halok
bo‘lgan va yana bir nafari yaralangan edi.
2010 yilda esa So‘g‘d viloyati Ichki ishlar
binosi yonida xudkushlik hujumi
uyushtirilgandi. Bunda uch nafar militsiya
xodimi qurbon bo‘lgan edi.
Ayni paytda tahlilchilar Tojikiston
hukumatining ichki so‘nggi siyosatidan
norozilik ortib borayotganiga e’tibor
qaratishadi.

Aholi orasida radikallashuv omillari
hukumatning har qanday muxolifatni kuch
bilan yo‘q qilish harakati, misli
ko‘rilmagan poraxo‘rlik va ishsizlik ekani
urg‘ulanadi.

Tojikiston hukumati o‘tgan yili
mamlakatda rasman faoliyatda bo‘lgan
Islom Uyg‘onish partiyasini terrorchi guruh
deb e’lon qilar, partiyaning yuzlab
a’zolarini qamoqqa olar ekan,
jurnalistlarga ko‘ra, prezident Imomali
Rahmon va uning atrofidagilarga ishonch
yana ham ozaygan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yaqin Sharqqa
jihodchilar orasida jang qilayotganlar
soni mingdan oshib ketgan.

Tojikiston rasmiylarining aytishlaricha,
780 kishiga qidiruv e’lon qilingan, 38
tojikistonlik IShID saflariga qo‘shilish
uchun Tojikistondan chetga chiqishga uringan
paytda qo‘lga olingani xabar qilingan.
IShID saflarida jang qilgan 166
tojikistonlik ustidan jinoyat ishi
ochilgan, deya ma’lum qilgan Tojikiston
Bosh prokurori Rahmon Yusuf.
Janob Rahmon Yusufga ko‘ra, ulardan
aksariyati Tojikistonda faoliyati
taqiqlangan “Salafiya” oqimi
tarafdorlari bo‘lishgan.

O‘tgan yil may oyida Tojikiston Ichki
Ishlar vazirligi maxsus bo‘linmasi(OMON)
ning qo‘mondoni, polkovnik Gulmurod
Halimov IShID saflariga qo‘shilgan va
butun Markaziy Osiyo davlatlari nazarda
tutilganda ham, bu ishga qaror qilgan eng
yuqori martabali davlat harbiysi
bo‘lgandi.

Просмотров: 530 | Категория: Tojikiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!